background
logotype

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1501-1600)

1501. Tizza bo’g’imlari 4 ta bo’lgan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Fil.

1502. Tomas Edison kolleksiyasida qaysi qushlardan 5000tasi bo’lgan?
Javob: To’tiqush.

1503. Ekvador davlatinnig eng g’arbiy provinsiyasi qaysi hayvon nomi bilan ataladi?
Javob: Galapagos, toshbaqa.

1504. Bulemiya qanday kasallik?
Javob: Ochofatlik kasalligi.

1505. Futbol bo’yicha 2002 yilgi JCHda eng tezkor gol gol muallifi?
Javob: Bu gol Hakan Shukur tomonidan jahon chempionatida Koreya-Turkiya uchrashuvida Koreya darvozasiga 11 sekundda kiritilgan.

1506. Tanasiga nisbatan eng katta miya qaysi jonivorga tegishli?
Javob: Chumoli.

1507. Qaysi jonivorda rakka nisbatan immunitet mavjud?
Javob: Akula.

1508. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Ko’rshapalak.

1509. Oynada o’zini taniy oladigan yagona hayvon qaysi?
Javob: Shimpanze.

1510. Miyaning 80 foizi nimadan tashkil topgan?
Javob: Suv.

1511. Janoza namozi necha rakaat?
Javob: Janoza namozi tikka turib o’qiladi. 4 takbirlidir.

1512. Islomning shartlari nechta?
Javob: 5 ta: Kalimai shahodat, namoz, ro’za, haj va zakot.

1513. Tahoratning farzlari qaysilar?
Javob: 4 ta: Qo’lini tirsaklarigacha yuvish, yuzini yuvish, boshning to’rtdan biriga mash tortish, oyoqni topuqlarigacha yuvish.

1514. G’uslning farzlari nimalar?
Javob: 3 ta: Mazmaza (o’g’izga suv olib chayish), istinshoq (burunga suv olib chayish), badanning hamma joyiga suv tegizish.

1515. Payg’ambarimiz Muhammad SAVning ikkita qizlariga uylangan kim?
Javob: Hazrati usmon r.a.

1516. Rasululloh SAVga hijrat payti cho’lda yo’l ko’rsatuvchi bo’lgan shaxs kim?
Javob: Suroqa ibn Molik.

1517. Me’roj nima va bu kechada Payg’ambarimiz SAVning markablari nima edi?
Javob: Payg’ambarimiznng bir kechada uylaridan Masjidul aqsoga, so’ng samoga chiqqan kunlari. Markablari Buroq otidir.

1518. Azonni tushida o’rgangan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Zayd.

1519. Badr g’azotida musulmonlar qo’shini nechta edi va necha kishi shahid bo’lgan?
Javob: Musulmonlar qo’shini 300 ta edi, 14 kishi shahid bo’lgan.

1520. Badr g’azotida mushriklar qo’shini qancha edi va qancha kofir o’ldirilgan?
Javob: Mushriklar qo’shini 1000 nafar edi, 70 kofir o’ldirilgan.

1521. Islomda nechta mazhab bor va qaysilar?
Javob: 2 ta: E’tiqodda va amalda mazhab.

1522. E’tiqodda mazhab imomlari kimlar?
Javob: Imom Abu Mansur Moturidiy va Imom Abul Hasanil Ashariy.

1523. Amalda mazhab nechta va ular qaysilar?
Javob: 4 ta: Hanafiy, Shofeiy, Molikiy, Hanbaliy.

1524. E’tiqodda mazhabi nima?
Javob: Ahli sunna val jamoa mazhablari.

1525. Amalda mazhab imomlari ismlari nima?
Javob: Imomi A’zam Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal.

1526. Ilk juma namozi qayerda o’qilgan?
Javob: Raruna vodiysida o’qilgan.

1527. Musofirlik paytida va undan tashqari mashning muddati qancha?
Javob: Musofir holida uch kun, boshqa paytda bir kun.

1528. Imomi A’zam Abu Hanifaning asl ismlari nima?
Javob: No’mon ibn Sobit.

1529. Sahoba va tobeinlar kimlar?
Javob: Sahobalar Rasululloh SAVni ko’rib, suhbatda bo’lgan mo’minlar. Tabeinlar sahobalarni ko’rgan va ularning suhbatlaridan bo’lganlar.

1530. Rasululloh SAV davrlarida chiqqan yolg’onchi payg’ambar kim?
Javob: Musaylama kazzob.

1531. "Daloili shariyya" (shar’iy dalillar) nechta?
Javob: 4 ta: Kitob, sunnat, ijmo’ va qiyos.

1532. Rasul deb kimga aytiladi?
Javob: Alloh huzuridan yangi bir din keltirgan zotga rasul deyiladi.

1533. Payg’ambarlarning vasflari qaysilar?
Javob: Sidq (to’g’rilik), omonat (ishonch), fatonat (zako va yuksak aql), ismat (gunohsizlik), tablig’.

1534. Qaysi kitoblar qaysi payg’ambarlarga tushgan?
Javob: Muso a.s.ga Tavrot, Dovud a.s.ga Zabur, Iso a.s.ga Injil, Muhammad a.s.ga Qur’oni karim nozil bo’lgan.

1535. Hazrati Osiyo kimning xotini edi?
Javob: Kofir Fir’avnning xotini.

1536. O’zi ilk rasul bo’lgan va og’illaridan biri iymonga kelmagan payg’ambar kim? Bu payg’ambar qavmini necha yil da’vat qilgan?
Javob: Nuh a.s. Qavmini 950 yil da’vat qilgan.

1537. Qaysi payg’ambarlarning xotinlari iymonga kelmay halok bo’ladi?
Javob: Lut va Nuh a.s.ning xotinlari.

1538. Tug’iliboq gapirgan va ko’rlarning ko’zini ochish mo’jizasi berilgan payg’ambar kim?
Javob: Iso a.s.

1539. Tupuklaridan zamzam otilib chiqqan, o’zini pichoq kesmagan bola kim?
Javob: Ismoil a.s.

1540. Fir’avn saroyida o’sgan Payg’ambar kim va u kim bilan musofir bo’lgan?
Javob: Muso a.s. Hizr a.s. bilan safarga chiqqanlar.

1541. Umri davomida bir kun ro’za tutib, bir kun iftor qilgan payg’ambar kim va bu payg’ambarning kasbi nima edi?
Javob: Dovud a.s. kasblari temirchilik edi.

1542. Nuh alayhissalomning qavmi qanday halok bo’lgan?
Javob: To’fondan halok bo’lgan.

1543. Jannatdan kelgan toshning nomi nima?
Javob: Hajarul asvad.

1544. Yer yuzidagi ilk masjid qaysi va u kim tomonidan qurilgan?
Javob: Ka’ba. Allohning amri bilan Ibrohim va Ismoil a.s.lar qurganlar.

1545. Yer yuzidagi ikkinchi masjid qaysi, uni kim qurgan va u qayerda?
Javob: Masjidul Aqso. Ya’qub alayhissalom qurganlar. Quddusda joylashgan.

1546. Qaysi tepalar rasida hojilar say qiladilar. Ilk bor bu tepada kim say qilgan?
Javob: Safo va Marva orasida. Ilk bor hazrati Hojar onamiz say qilganlar.

1547. Ulul-azm deyilgan payg’ambarlar kim?
Javob: Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad alayhissalomlar.

1548. Ashobi kahf necha yil uxlashgan?
Javob: 309 yil.

1549. Abbosiylar davlati qachon tashkil topdi, qachon barham topdi. Bu davlatni kim yiqitdi?
Javob: Hijriy 132 yili tashkil topdi. Hijriy 656 yili barham topdi. Bu davlatni mo’g’ullar yiqitdi.

1550. Ispaniyada qurilgan musulmon davlatining nomi nima edi?
Javob: Andalus ummaviy davlati.

1551. Tarixdagi ilk musulmon turk davlati qaysi, qayerda va qachon tashkil topgan?
Javob: Qoraxoniylar davlati. Melodiy 840 yili Turkistonda tashkil topgan.

1552. Rasululloh SAVning shoiri va muazzini kim?
Javob: Shoirlari: Hasan ibn Sobit. Muazzinlari: Hazrati Bilol.

1553. Hazrati Abu Bakr (r.a.) necha yil halifalik qildilar?
Javob: 2 yil, 3 oy, sakkiz kun.

1554. G’azotga qatnashmagani uchun ular haqda oyat tushgan uch sahoba kim?
Javob: Ka’b ibn Molik, Murora ibn Robi’, Hilol ibn Umayya.

1555. Madinada ilk qurilgan masjid qaysi?
Javob: Qubo masjidi.

1556. Qur’oni karim necha yilda nozil bo’ldi? Qur’oni karimda necha juz’ va sura bor?
Javob: 23 yilda nozil bo’ldi. Qur’oni karimda 30 ju’z va 114 sura bor.

1557. Qur’onda eng ko’p zikr etilgan kalima qaysi? Bu kalima qaysi suraning har oyatida kelgan? Bu kalima Qur’oni karimda necha marta zikr etilgan?
Javob: Alloh kalimasi "Mujodala" surasining har oyatida keladi, 2697 marta zikr etilgan.

1558. Qur’oni karimning necha joyida tilovat sajdasi bor?
Javob: 14 joyida bor.

1559. Makkada qur’oni karimni ilk marta oshkora o’qigan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1560. Qaysi oyatlar makkiy va qaysilari madaniy deyiladi? Hukm oyatlari makkiymi yo madaniymi?
Javob: Hijratdan oldin nozil bo’lgan oyatlar makkiy, keyingilari madaniy deyiladi. Hukm oyatlari Madinada nozil bo’lgani uchun madaniy oyatlardir.

1561. Qur’oni karimga ko’ra insonlar va jinlar nima uchun yaratildi? Yer yuzida inson Allohning nimasidir?
Javob: Insonlar va jinlar yolg’iz Allohga qulliq qilmoq uchun yaratilgan va inson Allohning yerdagi halifasidir.

1562. Qaysi suraning boshida basmala yo’q va qaysi surada ikkita basmala bor?
Javob: Tavba surasida yo’q, Naml surasida 2 ta.

1563. Sanad va matiniya nima?
Javob: Hadis rivoyat etgan kishilar zanjiri sanad deyiladi, sanaddan keyingi payg’ambarimizning so’zlarini matin deyiladi.

1564. Roviy kimdir?
Javob: Payg’ambarimiz s.a.v.ning so’zlari yoki fe’llarini rivoyat etgan kishilar roviy deyiladi.

1565. Sahobalardan eng ko’p hadis rivoyat qilgan erkak va ayol sahoba kim?
Javob: Ayol sahoba Hazrati Oyisha, erkak sahoba Abu Hurayra r.a.

1566. Muttafaqun alayh nima degani. Ikki buyuk hadis kitobi qaysilar?
Javob: Buxoriy va Muslimning bir hadisdagi ittifoqi. Ikki buyuk hadis kitobi, Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslimdir.

1567. Mavzu hadis nima degani?
Javob: Payg’ambarimiz tillaridan deb to’qilgan va haqiqat bo’lmagan hadislar.

1568. Muhammad SAV necha yoshda uylandilar va necha yoshda payg’ambar bo’ldilar?
Javob: 25 yoshlarida uylandilar, 40 yoshlarida payg’ambar bo’ldilar.

1569. Payg’ambarimiz SAVga ilk vahiy qayerda kelgan? Muhammad alayhissalom da’vatni necha yil yashirin olib bordilar va ilk marta qachon va qayerda payg’ambarliklarini ochiqcha aytdilar?
Javob: Ilk vahiy Hiro tog’ida kelgan. 3 yil islomni yashirin da’vat qildilar va Safo tepasida payg’ambarliklarini e’lon qildilar.

1570. Hazrati Bilolni dindan qaytarish uchun qizigan tosh bilan bosgan kim? Uni kim, qayerda o’ldirdi?
Javob: Umayya ibn Halaf. Uni Badr g’azotida Hazrati Bilol o’ldirgan.

1571. Ko’rgan qiyinchiliklari sabab musulmonlar qayerlarga hijrat qilganlar?
Javob: Habashiston va Madinaga.

1572. Madinaga hijrat qachon amalga oshirildi? Ilk hijrat qilgan sahoba kim?
Javob: 622 yili. Ilk hijrat qilgan Abu Salama ibn Abdul Asad.

1573. Payg’ambarimiz Muhammad SAV Madinaga kim bilan birga hijrat etdilar? Ular yashiringan g’orning nomi nima edi? Ularga yashirincha taom tashigan va kofirlarning harakatlari haqida xabar bergan kim edi?
Javob: Abu Bakr siddiq bilan birgalikda hijrat etdilar. Ular yashiringan g’orning nomi Savr g’otidir. Ularga taom keltirgan shu yerda qo’ylarini o’tlatadigan Amir ibn Fyhayra edi. Abu Bakr siddiqning o’g’li Abdulloh xabar yetkazar edi.

1574. Rasululloh SAV Madinada ilk marta kimning uyida mehmon bo’ldilar va u yerda qancha qoldilar?
Javob: Abu Ayyub al-Ansoriyning uyida mehmon bo’ldilar va u yerda 7 oyga yaqin qoldilar.

1575. Payg’ambarimiz SAVning so’nggi g’azotlari qaysi edi va u qachon bo’lgan?
Javob: Tabuk g’azoti. Milodiy 630 yili bo’lgan.

1576. Hazrati Payg’ambarimizning nechta farzandlari bo’lgan? Ularning ismlari nima edi?
Javob: 7 ta: Qosim, Ibrohim, Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum, Fotima, Abdulloh.

1577. Payg’ambarimiz SAV ning sut onalari va sut qardoshlarining ismi nima edi?
Javob: Sut onalari ismi - Halima. Sut qardoshlari ismi - Shayma.

1578. Payg’ambarimiz SAV tomonidan jannatga necha kishi bashorat qilindi? Ularni kimlar deyiladi? Ular kimlar?
Javob: 10 kishi. Ash’arai mubashshara deb nom;anadi. Ular: Abu Bakr siddiq, Umar ibn Hattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Sa’d ibn Zayd, Abu Ubayda, Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhular.

1579. Aqoba bay’ati nima? 1- va 2-Aqoba bay’atida necha kishi bo’lgan?
Javob: Payg’ambarimiz bilan madinaliklarning hijratdan avval qilgan kelishuvlari. 1-sida 12 kishi, 2-chisida 75 kishi bay’at qilgan.

1580. G’azot va sariyya nima?
Javob: G’azot - payg’ambarimiz o’zlari ishtirok etgan urush, sariyya - Rasululloh s.a.v. amri bilan,lekin payg’ambarimiz o’zlari ishtorok etmagan urush.

1581. Handaq g’azoti qachon bo’lgan va bu g’azotda handaq qazishni kim taklif qilgan?
Javob: Hijriy 5-yili bo’lgan. Handaq qazishni Salmon Forsiy taklif qilgan.

1582. Ahli suffa kimlar?
Javob: Hijratdan so’ng rasululloh SAVning hovlisda qolib, ilm o’rgangan kambag’al musulmonlar.

1583. Ravzai mutahhara qayer?
Javob: Payg’ambarimizning qabrlari va minbarlari orasidagi joy.

1584. Saodat asri nima degani?
Javob: Rasulullog SAV yashagan davr, ya’ni saodat, baxtiyorlik davri.

1585. Mehrob va minbar nima?
Javob: Mehrob - masjidda imom namoz o’qiydigan joy, Minbar - jome’ masjidda xutba o’qiladigan joy.

1586. Yahudiylarga qarshi eng katta g’azot qaysi edi va bu qachon bo’lgan?
Javob: Haybar g’azoti. Hijratning 7-yilida bo’lgan.

1587. Bu dunyoga kelib ketgan eng xayrli 4 ayol kim?
Javob: Hazrati Maryam, Hazrati Osiyo, Hazrati Hadicha, Hazrati Fotima.

1588. Islomda muqaddas sanalgan uch masjid qaysi?
Javob: Masjidul haram, Masjidun nabaviy, Masjidul aqso.

1589. Xulafoi roshidiyn kimlar va bulardan qaysilari vahiy kotibi bo’lganlar?
Javob: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali r.a.lar. Ularning hammasi vahiy kotibligi qilganlar.

1590. Ummaviy davlati qachon tashkil topgan va qachon barham topgan? Musulmonlarning 5-halifasi nomini olgan ummaviy halifasi kim?
Javob: Hijriy 41 yilda tashkil topdi, 132 yili barham topdi. Ummaviy halifasi Umar ibn Abdulaziz.

1591. Fotiha surasida bayon qilingan g’azabga uchragan va adashganlar kimlar?
Javob: G’azabga uchraganlar - yahudiylar, adashganlar - xristianlardir.

1592. Lut alayhissalom payg’ambar qilib yuborilgan shahar qaysi?
Javob: Sadum.

1593. Nechta muqaddas kecha bor va ular qaysilar?
Javob: 5 ta: Qadr kechasi, Mavlud kechasi, Rajab kechasi, Meroj kechasi,  Baroat kechasi.

1594. Qadr kechasida nima bo’lgan?
Javob: Qur’oni karim Alloh dargohidan Payg’ambarimiz SAVga tushirila boshlangan kecha.

1595. Mavlud kechasi nima?
Javob: Payg’ambarimiz SAV  tug’ilgan kecha.

1596. Rajab kechasi nima va u qachon?
Javob: Omina onamizning payg’ambarimizga homilador bo’lgan kecha. Rajab oyining ilk juma kechasi.

1597. Me’roj nima? Me’roj kechasi qachon bo’ladi?
Javob: Payg’ambarimiznng bir kechada uylaridan Masjidul aqsoga, so’ng samoga chiqqan kecha. Rajab oyining 27-kechasi.

1598. Baroat nima va bu kecha qachon?
Javob: Qur’oni karimning Lavhul mahfuzdan dunyo samosiga tushirilgan kecha. Bu kecha sh’abon oyining 14-chidan 15-chisiga o’tar kechasidir.

1599. Mukallaf nima degani?
Javob: Bolalikdan o’tib, erkaklik va ayollik davriga o’tgan har bir musulmon mukallafdir.

1600. Af’oli mukallafiyn nechta va qaysilar?
Javob: 8 ta: Farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, makruh, mufsid

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.