background
logotype

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (2101-2200)

2101. Hadicha onamizdan so‘ng Rasululloh SAVga xotin bo‘lgan birinchi ayol kim edi?
Javob: Savda binti Zam’a r.a. Hadicha onamizdan so’ng Rasululloh SAVga xotin bo’lgan birinchi ayol edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2102. Hafsa binti Umar r.a.ning onalari kim edi?
Javob: Hafsa binti Umar r.a.ning onalari Zaynab binti Maz’un sahoba Usmon ibn Maz’un r.a.ning singlisidir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2103. Hafsa binti Umar r.a.ning birinchi erlari kim edi?
Javob: Hafsa binti Umar r.a.ning birinchi erlari ilk musulmonlardan Hunays ibn Huzofa r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2104. Hafsa binti Umar r.a.ning birinchi erlari qachon vafot etdilar? Janozalarini kim o‘qidi? Kimning yoniga dafn qilindilar?
Javob: Hafsa binti Umar r.a.ning birinchi erlari Hunays ibn Huzofa r.a. Badr g’azotidagi jarohati tufayli vafot etdilar. Janozani Rasululloh SAV o’qidilar, Baqi’ga, Usmon ibn Maz’unning yoniga dafn qilindilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2105. Savda binti Zam’a r.a. onamiz Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat etganlar?
Javob: Savda binti Zam’a r.a. onamiz Rasululloh SAVdan 5 ta hadis rivoyat etganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2106. Rasululloh SAV qaysi ummul-mo‘miniynni bir marta taloq qildilar?
Javob: Rasululloh SAV Hafsa binti Umar r.a. onamizni bir marta taloq qildilar, so’ng Alloh taoloning amri bilan unga raj’at qildilar (qaytdilar). (Abu Dovud rivoyati)

2107. Rasululloh SAV: "u solih odamdir", deb aytganlaridan so‘ng, tahajjud namozini kanda qilmagan sahoba kim?
Javob: Rasululloh SAV: «Abdulloh solih odamdir», deb aytganlaridan so’ng, Abdulloh ibn Umar r.a. tahajjud namozini kanda qilmagan ekanlar. (Buxoriy rivoyati)

2108. Juvayriya binti Horis r.a. onamizning avvalgi nomlari nima edi?
Javob: Juvayriya binti Horis r.a. onamizning avvalgi nomlari Barra edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2109. Juvayriya binti Horis r.a. avvalgi erlari kim edi?
Javob: Juvayriya binti Horis r.a. avvalgi erlari Musofe’ ibn Safvon bo’lib, u Bani Mustaliq jangida o’ldirilgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2110. Hafsa binti Umar r.a. tul qolgach, Hazrati Umar r.a. uni dastlab kimga tavsiya etdilar?
Javob: Hafsa binti Umar r.a. tul qolgach, Hazrati Umar r.a. uni dastlab Usmon r.a.ga, so’ng Abu Bakr siddiq r.a.ga tavsiya etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2111. Oyisha onamiz kim haqida: "Men undan ko‘ra o‘z qavmiga barakasi ko‘proq ayolni bilmayman" "« deganlar?
Javob: Oyisha onamiz Juvayriya binti Horis r.a. haqida: «Men undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman» - deganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2112. Hafsa onamiz Rasululloh SAVdan hadis rivoyat qilish bo‘yicha ummuml-mo‘miniynlar orasida nechanchi o‘rinda turadilar. U kishi nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Hafsa onamiz Rasululloh SAVdan hadis rivoyat qilish bo’yicha Oyisha, Ummu Salama va Maymuna onamizdan so’ng 4-o’rinda turadilar. U kishi 60 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2113. Hafsa binti Umar r.a. qachon, necha yoshlarida vafot etdilar?
Javob: Hafsa binti Umar r.a. 45-hijriyning sha’bon oyida, 60 yoshlarida vafot etadilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2114. Hafsa binti Umar r.a. onamizning janozalarini kim o‘qigan?
Javob: Hafsa binti Umar r.a. onamizning janozalarini Madina amiri Marvon ibn Hakam o’qigan. Baqi’ qabristoniga qo’yilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2115. Bani Mustaliq g‘azotida mujohidlarga asirlar taqsimlanganda Juvayriya binti Horis r.a. kimga tushdi?
Javob: Bani Mustaliq g’azotida mujohidlarga asirlar taqsimlanganda Juvayriya binti Horis r.a. Sobit ibn Qaysga tushdi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2116. Juvayriya binti Horis r.a. onamiz Rasululloh SAV bilan turmush qurganlarida yoshlari nechada edi?
Javob: Juvayriya binti Horis r.a. onamiz Rasululloh SAV bilan turmush qurganlarida yoshlari 20 da edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2117. Juvayriya binti Horis r.a. onamiz qachon, necha yoshlarida vafot etdilar?
Javob: Juvayriya binti Horis r.a. onamiz 50-hijriyda, 65 yoshlarida vafot etdilar. Baqi’ qabristoniga qo’yildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2118. Hujralarida vahiy nozil bo‘lish sharafiga noil bo‘lgan ikki mo‘minlar onasi kim?
Javob: Oyisha va Ummu Salama onamiz hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2119. Rasululloh SAV vafotlaridan so‘ng umrlarining oxirigacha haj qilmagan ikki mo’minlar onasi kim?
Javob: Zaynab binti Jahsh va Savda binti Zam’a onamiz Rasululloh SAV vafotlaridan so’ng umrlarining oxirigacha haj qilmadilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2120. Rasululloh SAVning zavjai mutahharotlari ichida U zotdan so'ng birinchi bo‘lib vafot etgan kim?
Javob: Zaynab binti Jahsh Rasululloh SAVning zavjai mutahharotlari ichida u zotdan so’ng birinchi bo’lib, 20-hijriyda, 53 yoshlarida vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2121. Mo‘minlar onalari ichida eng so‘ng vafot etganlari kim?
Javob: Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etganlari - Ummu Salama r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2122. Jabroil alayhissalomni Dihyatul Kalbiy r.a. suratlarida ko‘rgan mo‘minlar onasi kim?
Javob: Ummu Salama onamiz Jabroil alayhissalomni Dihyatul Kalbiy r.a. suratlarida ko’rganlar. (Muslim rivoyati)

2123. Doimo o‘zlari bilan Rasululloh SAVning hinolangan bir necha dona soch tolalarini olib yurgan mo‘minlar onasi kim?
Javob: Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVning hinolangan bir necha dona soch tolalarini olib yurganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2124. Rasululloh SAV qaysi ummulmo‘miniynga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo‘lgan?
Javob: Rasululloh SAV Zaynab binti Jahsh onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2125. Rasululloh SAV kim haqida: "Sen Nabiyning qizisan. Sening amaking ham nabiydir va sening erring ham nabiy" deganlar?
Javob: Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ga shunday dedilar: «Sen Nabiyning qizisan (u zotning nasablari Horun a.s.ga borardi). Sening amaking ham nabiydir (Muso alayhissalom) va sening erring ham nabiy (Muhammad SAV).» («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2126. Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: "Sizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan", deydigan ummulmo‘miniyn kim edi?
Javob: Zaynab binti Jahsh r.a. Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: «Sizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan», der edilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2127. Qaysi mo‘minlar onasi teri oshlar, tikar va Allohning yo‘lida sadaqa qilar edilar?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2128. Usti yopiq anbarda ko‘tarilgan birinchi ayol kim?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamiz usti yopiq anbarda ko’tarilgan birinchi ayol bo’ldilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2129. Kimning qabri Baqi’da ustiga chodir tortilgan birinchi qabr bo‘ldi?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamizning qabrlari Baqi’da ustiga chodir tortilgan birinchi qabr bo’ldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2130. Madinaga birinchi hijrat qilib borgan ayol kim?
Javob: Madinaga birinchi hijrat qilib borgan ayol Omir ibn Robia r.a.ning xotini Laylo binti Xasma r.a.dir. Ummu Salama r.a. ikkinchilardir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2131. Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko‘p mahr olgan onamiz kim?
Javob: Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz - Ramla binti Abu Sufyon r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2132. Ja’far ibn Abu Tolib boshliq muhojirlar Habashistonda necha yil istiqomat qilishdi?
Javob: Ja’far ibn Abu Tolib boshliq muhojirlar Habashistonda 15 yil istiqomat qilishdi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2133. Makkada Hadija binti Xuvaylid r.a.dan so‘ng islomga kirgan ayol kim?
Javob: Makkada hadija binti Xuvaylid r.a.dan so’ng islomga kirgan ayol - Abbos ibn Abdulmuttolibning xotini - Luboba binti Horis r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2134. Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol kim edi?
Javob: Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol - Maymuna binti Horis r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2135. o‘z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol kim?
Javob: Ummu Sulaym r.a. o’z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol bo’ldi. Erlari Abu Tolha Islomni qabul qilish bilan Ummu Sulaymni xotinlikka oldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2136. Madinaga birinchi hijrat qilgan musulmon kim?
Javob: Madinaga birinchi hijrat qilgan musulmon - Zaynab binti Jahsh onamizning akalari - Abdulloh ibn Jahsh r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2137. Habashistonda murtad bo‘lib o‘lgan kim?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamizning yana bir akalari Ubaydulloh ibn Jahsh Habashistonda murtad bo’lib o’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2138. Rasululloh SAV: "Sizlarning menga tezroq yetib oladiganlaringiz qo‘li uzuningizdir", deganlarida kimni nazarda tutganlar?
Javob: Rasululloh SAV: «Sizlarning menga tezroq yetib oladiganlaringiz qo’li uzuningizdir», deganlarida Zaynab binti Jahsh onamizni nazarda tutganlar, chunki u kishi qo’llari bilan ko’p sadaqa qilardilar. (Muslim va Buxoriy rivoyati)

2139. Payg‘ambar SAV vafot etganlarida u zotning nechta xotinlari bor edi?
Javob: Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning 9 ta xotinlari bor edi. (Imom Nasaiy rivoyati)

2140. Makkada musulmon ota-onadan tug‘ilgan birinchi farzand kim?
Javob: Makkada musulmon ota-onadan tug’ilgan birinchi farzand Ummu Ayman va Zayd ibn Horisa r.a.ning o’g’illari - Usoma ibn Zayddir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2141. Bani Qurayza g‘azotida xiyonat qilgan Abu Lubobaning tavbasi qabul qilingani xabarini Abu Lubobaga yetkazgan?
Javob: Bani Qurayza g’azotida xiyonat qilgan Abu Lubobaning tavbasi qabul qilingani xabarini Ummu Salama onamiz yetkazganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2142. Oyisha r.a.dan "Odamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?" deb so‘ralganida, kimni aytganlar?
Javob: Oyisha r.a.dan «Odamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?» deb so’ralganida, «Fotima edi» - dedilar. (Termiziy rivoyati)

2143. Ummu Salama onamizning asl ismlari nima?
Javob: Ummu Salama onamizning asl ismlari Hind binti Abu Umomadir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2144. Ummu Salama onamizning avvalgi erlari kim edi?
Javob: Ummu Salama onamizning avvalgi erlari ilk musulmonlardan Abdulloh ibn Abdul Asad edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2145. Ummu Salama onamizning avvalgi erlari Islomni qabul qilganlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda turadilar?
Javob: Ummu Salama onamizning avvalgi erlari Abdulloh ibn Abdul Asad Islomni qabul qilgan 11-musulmondir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2146. Ummu Salama r.a. va Abu Salamaning birinchi fazandlari ismi nima edi?
Javob: Ummu Salama r.a. va Abdulloh ibn AbdulAsadning birinchi fazandlari ismi Zaynab, ikkichilarining ismi Salama edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»

2147. Ummu Salama r.a. Madinaga hijrat qilganlarida u kishiga kim hamrohlik qilgan?
Javob: Ummu Salama r.a. Madinaga hijrat qilganlarida u kishiga bani abduddorlik Usmon ibn Talha hamrohlik qilgan. Ummu Salama r.a. u haqda: «Allohga qasamki, arablardan undan ko’ra karamliroq kishiga hamsafar bo’lmaganman» deb aytganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2148. Abu Salama r.a.ning janozalarini kim o‘qigan?
Javob: Abu Salama r.a.ning janozalarini Rasululloh SAV 9 takbir bilan o’qidilar. Buning sababini so’raganlarida, «Abu Salamaning ming takbirga ham loyiqligini» aytdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2149. Ummu Salama onamizga nubuvvat xonadoni uchun kim sovchi bo‘lib kelgan?
Javob: Ummu Salama onamizga Rasululloh SAVning o’zlari sovchi bo’lib kelganlar. (Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyati)

2150. Ummu Salama onamiz qaysi qullarini Rasululloh SAVga doimiy xizmat qilish sharti bilan ozod qildilar?
Javob: Ummu Salama onamiz Safina ismli qullarini Rasululloh SAVga doimiy xizmat qilish sharti bilan ozod qildilar. Safina u zotga doimiy xizmatda bo’ldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2151. Ummu Salama onamiz Rasululloh SAV bilan birga qaysi safarlarda birga bo‘lganlar?
Javob: Ummu Salama onamiz Rasululloh SAV bilan birga Hudaybiya g’azotida, Makka fathida, Toif g’azotida va Hajjatul vado’da birga bo’lganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2152. Ummu Salama onamiz Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Ummu Salama onamiz Rasululloh SAVdan 378 ta hadis rivoyat qilganlar. Bu borada ummulmo’miniynlar orasida Oyisha onamizdan so’ng ikkinchi o’rinda turadilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2153. Ummu Salama onamiz qachon vafot etdilar?
Javob: Ummu Salama onamiz 59-hijriyda, 84 yoshlarida vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2154. Ummu Salama onamizning janozalarini kim o‘qigan?
Javob: Ummu Salama onamizning janozalarini vasiyatlariga ko’ra, Abu Hurayra r.a. o’qiganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2155. Zaynab binti Jahsh r.a.ning onalari Rasululloh SAVga kim edi?
Javob: Zaynab binti Jahsh r.a.ning onalari Umayma binti Abdulmuttolib Rasululloh SAVning ammalari edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2156. Zaynab binti Jahsh r.a.ning kunyalari nima edi?
Javob: Zaynab binti Jahsh r.a.ning kunyalari Ummu Hakam bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2157. Zaynab binti Jahsh onamizning singillari, Abdurahmon ibn Avf r.a.ning xotinlari kim?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamizning singillari Ummu Habiba binti Jahsh r.a. Abdurahmon ibn Avf r.a.ning xotinlari edi.  («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2158. Zayd ibn Horisa r.a.ning nomidan Zaynab binti Jahsh r.a.ga kim sovchilikka borgan?
Javob: Rasululloh SAV Zayd ibn Horisa r.a.ning nomidan Zaynab binti Jahsh r.a.ga sovchilikka bordilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2159. Zaynab binti Jahsh onamizning mahrlari nima bo‘lgan?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamizni Rasululloh SAVga Allohning o’zi nikohlagan. Bu yerda valiy ham, mahr ham, guvoh ham bo’lmagan, faqatgina Allohning amri bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2160. Rasululloh SAV va Zaynab binti Jahsh onamizning valiymalariga kim hiys (taom) pishirib jo‘natgan?
Javob: Rasululloh SAV va Zaynab binti Jahsh onamizning valiymalariga Anas ibn Molik r.a.ning onalari Ummu Sulaym r.a. hiys (taom) pishirib jo’natganlar. (Imom Muslim rivoyati)

2161. Rasululloh SAV va Zaynab binti Jahsh onamizning valiymalarida necha kishi ishtirok etgan?
Javob: Rasululloh SAV va Zaynab binti Jahsh onamizning valiymalarida 300 kishi ishtirok etgan. Rasululloh SAVning mo’jizalari tufayli 1 tavr (idish)dagi ovqat barchalariga yetib, ortib ham qolgan. (Imom Muslim rivoyati)

2162. Zaynab binti Jahsh onamiz Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamiz Rasululloh SAVdan 11 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2163. Zaynab binti Jahsh onamizning janozalarini kim o‘qidi?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamizning janozalarini Hazrati Umar r.a. o’qidilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2164. Sofiya binti Xuyay r.a.ning avvalgi erlari kim edi?
Javob: Sofiya binti Xuyay r.a.ning eri Kinona ibn Robi’ Xaybardagi xiyonati uchun qatl qilingan edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2165. Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni kimdan sotib oldilar?
Javob: Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni Dihyatul Kalbiy r.a.ga 7 oros pul berib sotib oldilar.  («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2166. Sofiya binti Xuyay r.a.ning mahrlari nima edi?
Javob: Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni ozod qilib, ozodlikni mahr qildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2167. Sofiya binti Xuyay onamiz Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Sofiya binti Xuyay onamiz Rasululloh SAVdan 10 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2168. Sofiya binti Xuyay onamiz qachon vafot etdilar? Qayerga dafn qilindilar?
Javob: Sofiya binti Xuyay onamiz Madinada, 50-hijriyda vafot etdilar. Baqi’ga, mo’minlar onalari yoniga dafn qilindilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2169. Ramla binti Abu Sufyon r.a.ning avvalgi erlari kim edi?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a.ning avvalgi erlari - Ubaydulloh ibn Jahsh edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2170. Ramla binti Abu Sufyon r.a.ning kunyalari nima edi?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a.ning kunyalari Ummu Habiba edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2171. Rasululloh SAVning Ramla binti Abu Sufyon r.a.ga valiylari va sovchilari kim bo‘ldi?
Javob: Rasululloh SAVning Ramla binti Abu Sufyon r.a.ga valiylari va sovchilari - Habashiston podshosi Najoshiy bo’ldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2172. Ramla binti Abu Sufyon r.a. Rasululloh SAV bilan nikohlariga kimni vakil qildilar?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a. Xolid ibn Saidni nikohga vakil qildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2173. Ramla binti Abu Sufyon r.a. Rasulullohning nikohlari haqidagi xushxabarni kim yetkazdi?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a. Rasulullohning nikohlari haqidagi xushxabarni Najoshiyning joriyasi Abraha yetkazdi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2174. Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini kim o‘qidi?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini Najoshiy o’qidi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2175. Ramla binti Abu Sufyon r.a.ning mahrlari qancha edi?
Javob: Rasululloh SAVning vakillari o’laroq, Habashiston podshosi Najoshiy Ramla binti Abu Sufyon r.a.ga 400 dinor tillo mahr berdi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2176. Ummu Habiba onamiz Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Ummu Habiba onamiz Rasululloh SAVdan 65 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2177. Ummu Habiba onamiz qachon vafot edilar?
Javob: Ummu Habiba onamiz 44-hijriyda vafot edilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2178. Maymuna onamizning asl ismlari nima edi?
Javob: Maymuna onamizning asl ismlari - Barra binti Horisdir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2179. Maymuna onamizning mahrlari qancha edi?
Javob: Maymuna onamizning mahrlari 400 dirham bo’ldi. Sovchilari Ja’far ibn Abu Tolib bo’ldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2180. Maymuna onamiz Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida yoshlari nechada edi?
Javob: Maymuna onamiz Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida yoshlari 26 da edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2181. Maymuna onamiz Rasuli akram s.a.v.dan nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Maymuna onamiz Rasuli akram s.a.v.dan 76 ta hadis rivoyat qilganlar. Hadis rivoyat qilish bo’yicha Oyisha onamiz va Ummu Salama onamizdan so’ng 3-o’rinda turadilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2182. Maymuna onamiz qachon va qayerda vafot etdilar?
Javob: Maymuna onamiz 51-hijriyda Rasululloh SAV bilan birinchi marta birga bo’lgan joylari Sarifda vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2183. Maymuna binti Horis onamizning janozalarini kim o‘qidi?
Javob: Maymuna binti Horis onamizning janozalarini Abdulloh ibn Abbos r.a. o’qidilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2184. Dovud va Sulaymon a.s.ning nechta xotinlari bo‘lgan?
Javob: Rasululloh SAVdan avvalgi payg’ambarlarda ham ko’pxotinlik bo’lgan. Dovud a.s.ning 100 ta, Sulaymon a.s.ning 300 ta xotinlari bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2185. Zaynab binti Rasululloh s.a.v. xolalarining o‘g‘li Abul Oss ibn Robe’ga turmushga chiqqanlarida yoshlari nechada edi?
Javob: Zaynab binti Rasululloh s.a.v. xolalarining o’g’li Abul Oss ibn Robe’ga turmushga chiqqanlarida yoshlari 10 ga to’lib-to’lmagan edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2186. Abul Oss ibn Robi’ni Badrda kim asirga olgan edi?
Javob: Abul Oss ibn Robi’ni Badrda Abdulloh ibn Jubayr r.a. asir oldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2187. Zaynab binti Rasululloh r.a.ga Madinaga hijratlarida kim hamrohlik qildi?
Javob: Zaynab binti Rasululloh r.a.ga Madinaga hijratlarida Kinona ibn Robe’ hamrohlik qildi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2188. Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada necha yil yashadilar?
Javob: Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada 6 yil yashadilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2189. Zaynab binti Rasululloh r.a. qachon vafot etdilar?
Javob: Zaynab binti Rasululloh r.a. 8-hijriy Madinada vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2190. Zaynab binti Rasululloh r.a.ning janozalarini kim o‘qidi?
Javob: Zaynab binti Rasululloh r.a.ning janozalarini Rasululloh SAV o’qidilar, Baqi’ qabristoniga dafn etildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2191. Abul Oss ibn Robe’ Zaynab binti Rasululloh r.a. vafotlaridan necha yil keyin vafot etdilar?
Javob: Zaynab binti Rasululloh r.a. vafotlaridan 4 yil keyin Abul Oss ibn Robe’ ham vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2192. Hazrati Ali r.a. Fotima r.a.ga uylanish uchun sovutlarini kimga sotdilar?
Javob: Hazrati Ali r.a. Fotima r.a.ga uylanish uchun sovutlarini Usmon ibn Affonga 470 dirhamga sotdilar. Bu pullar kelinga kerakli narsalarga sarflandi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2193. Rasululloh SAV qizlari Fotimani Ali r.a.ga qancha mahr bilan nikohlab berdilar?
Javob: Rasululloh SAV qizlari Fotimani Ali r.a.ga 400 misqol kumush mahr bilan nikohlab berdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2194. Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida Ali ibn Abu Tolib va Fotima r.a. necha yoshda edilar?
Javob: Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda edilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2195. Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi farzand qachon dunyoga keldi? Unga nima ism berishdi?
Javob: 3-hijriyning Ramazon oyida Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi o’g’il - Hasan ibn Ali r.a. dunyoga keldilar. Shu kungacha bu ismni hech kim qo’ymagan edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2196. Fotima r.a. qachon vafot etdilar?
Javob: Rasululloh SAV vafotlaridan 6 oy o’tib-o’tmay, 11-hijriyning Ramazon oyidan uch kun o’tgach, seshanba kuni Fotima r.a. vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2197. Fotima r.a.ning janozalarini kim o‘qidi?
Javob: Fotima r.a.ning janozalarini Ali ibn Abu Tolib r.a. o’qidilar, Baqi’ga dafn etildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2198. Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan 18 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2199. Hazrati Umar r.a. vafot etganlarida, kim "Bugun Islom zaif bo‘ldi" "« degan?
Javob: Hazrati Umar r.a. vafot etganida, Ummu Ayman r.a.: «Bugun Islom zaif bo’ldi» - degan ekanlar. O’zlari ham Umar r.a.dan 20 kun keyin vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2200. Ummu Sulaym r.a. Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Ummu Sulaym r.a. Rasululloh SAVdan 14 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.