OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Muyassar Daliyeva

Muyassar Daliyeva (Lutfullayeva) 1984 yilda Namangan shahrida tavallud topgan. Hozirda Namangan davlat universitetining talabasi. Bo‘sh vaqtlarida kitob o'qishga, maqolalar va she'rlar yozishga qiziqadi.

Hayotdagi shiori: Sen birovni emas birov seni maqtasin.

Kelajakdagi orzusi: Yetuk tarjimon bo'lish.

Muyassar: Men barcha ziyo-uz saytining muxlis va muxlisalariga omad baxt, o'qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Ularning xonadonlarida doimo
ziyo nuri charaqlab tursin!

NEGA SIZDAN KECHIB BO‘LMAYDI

Kechish mumkin bahordan kuzdan
Nega baxtga yetib bo‘lmaydi.
Mayli kechay oy-u, yulduzdan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Oshiq bulbul gulga to‘ymaydi,
Kim sevganda yonib sevmaydi,
Ishqli so‘zlar dilda qolmaydi,
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Kechdim! 
Kechdim bugun hatto ertamdan,
Nahot ko‘ngil sizga yetmaydi.
Men kecharman mayli o‘zimdan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Nigohlarim unsiz so‘zlaydi,
Orzularga yetib bo‘lmaydi.
Kechdim hatto dunyo dardidan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Sog‘intirib sevdirganim o‘zingiz,
Sizga bir so‘z aytib bo‘lmaydi.
Sevish mumkin o‘zgani lekin, 
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

SIZNI SEVAMAN

Zolimlar sizni yomon desalar 
Sizni izlab dunyo kezaman. 
Meni sizdan ayirsalar ham, 
Biling faqat sizni sevaman.

Shamollar sochingiz silaganida 
O‘zimni xayolan yolg‘iz sezaman. 
Muhabbat y‘llari berk bo‘lganda ham 
Biling faqat sizni sevaman.

Yolg‘izlikda qolsam nogahon, 
Go‘yo dengiz uzra suzaman. 
Mensiz yashay ololsangiz ham 
Biling faqat sizni sevaman.


MEN SEVGAN QIZ DIL BOZORDA SEVGI SOTAR

Yuragimda armon bo‘lib sevgi yotar, 
Qalblarimga toshdek bo‘lib sevgi botar,
Muhabbatning yo‘llaridan ko‘ngil ketar,
Men sevgan qiz dil bozorda sevgi sotar.

Qarolmayman endi uning ko‘zlariga,
Sog‘inch bo‘lib ko‘zlari ham dilga yoqar.
Azob berib ketgan o‘shal bevafo yor,
Men sevgan qiz dil bozorda sevgi sotar.

Aldab ketib bag‘ri tosh yor dilni o‘rtar, 
U siz mening kunlarim ham sekin o‘tar.
Sevgimni ham baxtsiz qilib ketdi toptab,
Men sevgan qiz dil bozorda sevgi sotar.

AYT QACHON ULGURDING JONIM BO‘LISHGA

Sensiz kunlarimda yo‘qdir nurli on,
Sen bilan bo‘lganda qalbimda quvonch.
Nahot arzitmading yorim deyishga
Ayt qachon ulgurding jonim bo‘lishga.

Sensiz yashash azobdir menga
Mensiz yashay olasanmi ayt.
Nahot ustamisan ko‘ngil olishga
Ayt qachon ulgurding jonim bo‘lishga.

Men seni sevaman bilasan buni,
Nahot beparvosan mening sevgimga.
Yoshlarim to‘kilar jonsiz bo‘lishga
Ayt qachon ulgurding jonim bo‘lishga.

QALBIM O‘RTAB BUNCHA YIG‘LAMA

Men keturman sendan yiroqlab,
O‘rtab dillarimni qalbim tig‘lama.
Taqdir ekan bizning sevgimiz,
Ayriliq dardida kuyib yig‘lama.

Ko‘z yoshingni ko‘rmayin jonim,
Meni ham azobda ezib qiynama.
Nima qilay hayot ekan, bu
Qalbim tilib buncha yig‘lama.

Senga baxtlar bera olmadim,
Endi meni sevib sizlama.
Sensiz yashash qiyin, bilaman, 
Qalbim tilib buncha yig‘lama.

Yo‘llarimiz boshqa-boshqadir,
O‘z-o‘zingni o‘zing qiynama.
To‘kilgan yoshlarda ezib meni ham 
Qalbim o‘rtab buncha yig‘lama.

KECHIR MENI, SEVISHIMNI AYTOLMADIM

Seni dedim ko‘zlaringga qarolmadim,
Hatto sendan hol ahvoling so‘rolmadim,
Sog‘inib men yonginagga borolmadim,
Kechir meni, sevishimni aytolmadim.

Ko‘z yosh bilan yonginamga kelar eding, 
Hol ahvolim so‘rab zimdan kular eding, 
Sog‘inganim ko‘zlarimdan bilar eding, 
Kechir meni sevishimni aytolmadim.

Menga bunday nigoh bilan boqma endi,
Dilginamga o‘t-olovlar yoqma endi,
Baxtsizman deb o‘z-o‘zingni so‘kma endi, 
Kechir meni sevishimni aytolmadim.

Sevdim ammo yuragimda asrab keldim, 
Qalblarimda, og‘ushimda saqlab keldim, 
Ostonangga bordim ammo qaytib keldim, 
Kechir meni sevishimni aytolmadim.

QO‘LLARIM YETMAGAN MUHABBATGINAM

Bilaman ko‘ngillar olisdir endi,
O‘zgalarga tortiq bo‘lgan yorginam.
Intizor nigohlar qoldi yo‘lingda,
Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam.

Berib qo‘ydim seni birovga,
O‘rtanib azobda yonar dilginam. 
Qayerlardan izlay shirin so‘zingni,
Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam.

Meni sevaman deb ayta olmading,
Qalbimga yaqinim sen erkaginam.
Men uchun armonga aylanding endi,
Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam.

Nigohlarim izlaydi qaro ko‘zlaring,
Ezilar sensiz bu tor yurakkginam.
Men uchun sen aziz bo‘lding-ku ammo, 
Qo‘llarim etmagan muhabbatginam.

MEN SIZNI SOG‘INIB YASHAYVERAMAN

Hijron sog‘inchlarga otsa yuragim,
Ro‘yoga aylansa ma’sum tilagim,
O‘zga qo‘l tutmoqchi bo‘lsa bilagim,
Men sizni sog‘inib yashayveraman.

Bog‘ingizda ochilsa gulim,
Vayron bo‘lib o‘rtansa dilim,
Menga to‘g‘ri kelganda o‘lim,
Men sizni sog‘inib yashayveraman.

Sizga atalgandir butun vujudim,
Sizning uchun yaralgan jonim,
Garchi tutashmasa siz bilan qonim,
Men sizni sog‘inib yashayveraman.

Menga intizordir, bilaman ko‘zlar,
Tillarda qoldi-ku, aytilmas so‘zlar,
Endi nigohimis bir birin izlar,
Men sizni sog‘inib yashayveraman.

AYTILMAGAN SO‘ZLARIM QOLDI

O‘rtab vayron qilding yurakni,
Hayotimda baxtim yo‘qoldi.
Sevdim seni ko‘ngilda, ammo,
Aytilmagan so‘zlarim qoldi.

Dilim vayron etgan bevafo,
Intizor ko‘z yo‘lingda qoldi.
Sog‘ingandan senga termuldim ammo
Aytilmagan so‘zlarim qoldi.

Meni tashlab ketishing mumkin,
Azobing qalbimga ozorin soldi.
Men seni qanchalik sevmayin, ammo,
Aytilmagan so‘zlarim qoldi.

O‘rtab vayron qilding yurakni,
Sog‘inchli nigohlar ko‘ngilda qoldi.
Sevdim seni chin dildan, ammo,
Aytilmagan so‘zlarim qoldi.

BUNCHA EZMA YURAGIM

Nima qilay oshiqman senga,
Balki senga yo‘qdir keragim.
Ko‘nglimga mayli ozorlar bergin,
Ammo buncha ezma yuragim.

Tunlar bedor o`ylayman seni,
Qalbimda qoldi-ku orzu tilagim.
Menga mayli sevaman dema,
Ammo buncha ezma yuragim.

Men seni sog‘inib borsam yonigga,
Holingni ko‘rib kelar so‘ragim.
Menga beparvo bo‘lasan nechun,
Faqat buncha ezma yuragim.

AYT O`ZI BORMI SENGA KERAGIM

Meni shaydo etgan go‘zal qiz,
Hazonlar hukmida sevgim yig‘laydi.
Menga bundan og‘ir jazo yo‘q, 
Ko‘zlaring tunlari qalbim tig‘laydi.

Mayus bo'lgan kunlaringni ko'rsam endi
Sog'inchdan entikib ketar yuragim.
Meni ham yodga olarmisan hech,
Ayt o`zi bormi senga keragim.

Men yashayman orzular bilan,
Sen haqingda orzudan kelar so'ragim.
Lek javobsiz qolar so'zlarim,
Ayt o`zi bormi senga keragim.

Sevaman deb bir bor menga aytolmaysan,
Hamisha baxtli bo`lgin tilagim. 
Javobsiz qolmoqda muhabbatim ham 
Ayt o`zi bormi senga keragim.

Kulasan jonimni olgudek go`yo,
Orzular bag`rida qoldi yuragim.
O`rtaysan qiynab bir so`z aytmaysan
Ayt o`zi bormi senga keragim.

LEK YASHAYIN BIR ZUMGINA TILAGINGDA

Bilolmadim sevdim yoki sevildim,
Kuydim ishqli olovlangan yuragingda.
Mayli meni yulib tashla hayotingdan, 
Lek yashayin bir zumgina tilagingda.

Orzu bo`lib qolding menga ushalmagan,
Seva oldim hayotimga keragingda.
Sen mendan ketarsan bugun olislab,
Ammo yashay bir zumgina tilagingda.

Unutmasman seni umrbod
Asra meni kichikkina yuragingda.
Balki endi uchrashmasmiz sevgilim biz,
Lek yashayin bir zumgina tilagingda.

YORIM O`ZGA YORNI YOR ETDI

Keng dunyoni menga tor etib,
Dilginamni o‘rtadi ketdi.
Sog‘inchlarni qoldirib menga
Yorim o‘zga yorni yor etdi.

Ko‘zlarimga ko‘rinmay yoshim,
Armonlarni tashladi ketdi.
Yuragimga hijronlar solib
Yorim o‘zga yorni yor etdi.

Sevaman deb aytardi har gal,
Nahot barin unutdi ketdi.
Aybim nima bilolmay qoldim,
Yorim uzga yorni yor etdi.

So‘rolmadim ko‘ziga boqib,
Nahot ohim xudoga yetdi.
Nima qilay qalbimda armon
Yorim o‘zga yorni yor etdi...

YIG‘LAMAYMAN

Yig‘lamayman ketsangiz agar,
Bag‘ritoshim meni tark etib.
Men ham bir kun bilingiz shuni
Ketarman umrbod sizni unutib.

Yig‘lamayman ketsangiz agar
Olib keting mayli siz borim.
Qalblarimda qolarsiz mangu
Men bilan yashaydi qalbli ozorim.

Yig‘lamayman ketsangiz agar
Mensiz baxtli bo‘lib sevgilim.
Nahot muhabbatsiz yashamoq qiyin
O‘rtab buncha ezmangiz dilim.

O‘KINCH

Ey voh, sen ketarsan, qolar bir yurak,
So‘nggi bor nigohing etmayin tortiq.
Uvvos solib yig‘lar ortingdan tilak
Azoblar bormikin bundan-da ortiq.

Ey voh, sen ketarsan, ko‘zlarim mahzun
Ayriliq hijronga berolmasman dosh.
Bilaman qadrimga yetarsan bir kun
Xor etar ko‘zimdan to‘kilgan har yosh.

Ey voh, sen ketarsan, diydalaring tosh,
Go‘dakday aldanib qoldi-ku ko‘nglim.
Ruhimga men endi tilayman bardosh
O‘zga tutashmasin sen bilan yo‘lim

Ey voh, sen ketarsan, aldoqchi erkam
Men qalbim xotirdan bitgancha libos
Barcha umidimni yondirdi bu dam
Ro‘yodek o‘tkinchi hirsu ehtiros.

Ey voh, sen ketarsan shaxdim sindirib
Tinch turgan oxir etib xam
Sen jonimni olding kulib kuldirib
Quruq ketma, olgin yuragimni ham.

ILTIJO

Men sizni sevaman, sevaman degil
Bu mayus diydamga tabassum qo‘nsin.
Qulingman shu so‘zni sadaqa etgil
Xokisor qalbimda bir giyoh unsin.

Qara qarog‘imda yig‘laydi tilak,
Yasharman sukutning zahrini yutib.
Hatto ohlarimdan bezovta falak
Besamar kun utar g‘aflatga botib.

Men sizni sevaman, sevaman degil,
Ushbu so‘z sehridan ochilar ko‘zim.
So‘ngra mayli dilni ayovsiz tilgil
Roziman zaminda uchsa ham izim.

Ko‘z yoshim sho‘rlari yaramga oqar
Nahot yolg‘on dunyo g‘am ila sitam.
Armonning tig‘lari yurakka botar,
Omadlar ziqna-yub kulfatlar motam.

Men sizni sevaman, sevaman degil
Yuragim qovurib qo‘lingga tutay
Shu so‘zni aytginu, kafanlar bitgil
Unga o‘ralgancha dunyodan ketay.

QACHON MENI SEVMAY QO’YDING

Yo’nginamda bo’larding doim,
Ishqimda sen yonib kuyding.
Bilolmayman jonim ne bo’ldi
Qachon meni sevmay qo’yding.

O’rtanadi hijronda qalbim
Muhabbatim hazilga yo’yding
Aybim nima bilolmay qo’ldim
Qachon meni sevmay qo’yding.

Sevar edim jonim men seni 
Sen ham meni erkalab suyding
Endi meni hijronga tashlab 
Qachon meni sevmay qo’yding.

SENI SEVIB YASHAYVERAMAN

Yondirib meni parvo qilmaysan
Armonlar kuyida qaqshayveraman
Qanchalik mendan olis bo’lmagin
Men seni sevib yashayveraman.

Sog`inib sog`inchim ayta olmasam
O’zgalardan seni so’rayveraman
Menga qancha beparvo bo’lma
Men seni sevib yashayveraman.

Kulib ko’zlaringga boqqim keladi
Sen tomon nigoh-la bo’zlayveraman
Menga begona bo’lsang ham jonim 
Men seni sevib yashayveraman.

KO’ZLARIMGA BOQMANG FAQAT

Sevaman deb aytishingiz kuttim jonim
Yuragimda uygondi-ku sizga nafrat
Meni emas o’zgani yo’r etibsiz siz
Keting mayli ko’zlarimga boqmang faqat.

Ishongandim sizni har bir so’zingizga 
Go’yo sizla go’zal edi bu muhabbat
Nahot menga begona bo’lasiz siz
Keting mayli ko’zlarimga boqmang faqat.

Ishonmayman endi sizni so’zingizga
Men ham sizga qilmasman shavqat
Endi sizni sevmayman biling
Keting mayli ko’zlarimga bo’qmang faqat.

ZOLIM

Sevaman deb aldading nechun
Nahot meni bilmading holim
Yana kelma yo’nimga qaytib
Azobda qiynaman sen meni zolim.

O’rtab yuragimni rohatlanasan
Sen eding hayotda yagona jonim
Yaramni yangilab yo’nimga kelib
Vayron etgan dilni qiynama zolim.

BILARMISAN YO BILGING KELMAS

Dunyo’larni seni deb kezgan
Muhabbatin his qilib sezgan 
Yo’lgonlardan juyganu bezgan
Bir qiz yashar bilarmisan yo.

Bilging kelmas…

Goh qizgonib seni hammadan
Aytolmagan ko’ngil dardini
Ko’zlaringga tikilgan har dam
Bir qiz yashar bilarmisan yo.

Bilging kelmas…

Yo’lgiz qolib o’ylagan seni
Soginch bilan ismingni aytgan
Senga yetmay hijronda qolib
Bir qiz yashar bilarmisan yo.

Bilging kelmas…

QALB NOLASI

Sog`inaman negadir seni
Sen esa beparvo buni sezmaysan
Izlaganim yagonam o’zing
Yoki sezib parvo qilmaysan.

Ko’rgim kelar negadir seni
Qalbim esa senga intizor
Agar dunyo bagrini ochsa
Bo’lar edik bizlar baxtiyor.

Qizg`onaman negadir seni
Otash nigohlaring halovat bermas
Hayotsan men uchun jonginam netay
Go’zal ruhsoring hayoldan ketmas.

Yonimda ko’raman negadir seni
Quvonchda o’zimga sigmayman go’yo
Men seni bahtli qilaman ishon
Go’yo sen bilan go’zaldek dunyo.

AYT QACHON SEVGIMGA ISHONASAN YOR

Men seni jonimdan ortiqroq sevdim
Hayo’tim sen bilan edi betakror
Soginch sirtmogida bo’ldim men ado
Ayt qachon sevgimga ishonasan yor.

Sensiz kunduzlarim o’hshamas tunga
Dillarim faqat senga intizor
Yo’lgizlikda yasholmam bir zum
Ayt qachon sevgimga ishonasan yor.

Buncha azob ne uchun aytgin
Sevgimni shuncha qilarmisan zo’r
Men esa faqat sevaman seni
Ayt qachon sevgimga ishonasan yor.

YODGA SOLAR

Yodga solar seni u gullar,
Hayolimni o'g'irlab ketding
Qay manzilni ko'zlading bilmam
Qay dillarni huzrbahsh etding.

Yodga soldi seni o'shal kun
O'sha osmon o'sha yulduzlar.
Bilmam endi qaylarda qoldi
Baxt qasriga to'la orzular.

Yodga soldi seni mahzun kuy,
Ozorlaring qalbimni yoqdi.
Menga boqqan bu qaro ko'zlar
Bilmam qasdi dilga o't yoqdi.

Yodga soldi uning ovozi,
Go'yo bulbul honish ayladi.
Yurak endi o'zga bir yorni
Qalbga dildor etib sayladi.

FAQAT SENI SO'GINAMAN

Ozor berib charchamaysan dilginamga
Seni sevgan yuragimga achinaman.
Bilmam nega ozor bersang ham
Jon dilimdan faqat seni sog'inaman.

Yetib bo'lmas osmonliging sezar ko'nglim,
Qalbim bilan jonim senga talpinaman.
Hatto menga armon bo'lsang ham
Jon dilimdan faqat seni sog'inaman.

Hayolimdan ketmas sira nigohlaring
Sen haqingda o'ylab tunlar qayg'uraman.
Mayli meni sevmagin ammo
Jon dilimdan faqat seni sog'inaman.

SEVIB BO'LMAYDI

So’zlaringiz yurakka malham
Husningizga ko’zim to’ymaydi.
Nega bilmam nega azizim
Sizni shunchaki sevib bo’lmaydi.

Xatiningizda dil to’la ma'no
Qalbim faqat siz-la bo’zlaydi
Hayol uzra doim o’zingiz
Sizni shunchaki sevib bo’lmaydi.

O’zgalarga bermasman sizni
Ko’ngil sira sira qo’ymaydi
Mayli mendan bo’lingiz yiroq
Sizni shunchaki sevib bo’lmaydi.

ESLA MENI

Ochilganda g'unchalar
Sog'inganda shunchalar
Ko’rging kelsa qanchalar
Shu onda esla meni.

Sog'inganda o’zimni
Qandu asal so’zimni
Kelsa ko’rging ko’zimni
Shu onda esla meni.

Siqilganda yuraging
Shirin bo’lsin tilaging
Joiz bo’lsa keragim
Shu onda esla meni.

Qalbingga botganda g'am
Garchi cheksang g'am alam
Ko’ra olmasangiz ham
Shu onda esla meni.

Bo’lsam hayotingda kam
Ko’zlaringda ko’rmay nam
Ko’risha olmasak ham
Shu onda esla meni.

Eslayman sizni yorim
Ko’rolmay og'rir jonim
Desang gar meni borim
Shu onda esla meni.

KO'RGIM KELMOQDA

Eng yaqin do'stim, olisdagi qadrdonim Xurshid Daliyevga

Olisdagi yaqinim mening
Mehringizni qalbim sezmoqda.
Garchi sizni k'organ bo'lsam ham
Sizni yana ko'rgim kelmoqda.

Sog'inchimni aytayin sizga
Sog'inch dilga ozor bermoqda
Ovozingiz qalbimda har dam
Sizni yana ko'rgim kelmoqda.

Uchrasharmiz taqdir yana uchrashtirsa
Hatto kunlar yeldek o'tmoqda
Mehringizni sezib tursam ham
Sizni yana ko'rgim kelmoqda.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.