OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dunyoning eng mehnatsevar mamlakatlari - Forbes 2008

Forbes iqtisodiy jurnali tadqiqotlariga ko'ra, Janubiy Koreyaliklar dunyoning eng mehnatsevar kishilari deb e'lon qilindi. Janubiy Koreyaliklarga birinchilikni taqdim etgan holat ularning yiliga 2 ming 357 soat ish vaqtiga ega bo'lganliklaridir. Bu yerda 6 kunlik ish haftasi ko'pchilik kompaniyalar uchun normadir. Ko'pchlik tashkilotlarda esa ta'til muddati yiliga atigi 3 kundir. 

Forbes jurnali yozishicha, janubiy koreyalik 39 yoshli Li qishloq va baliq xo'jaligi vazirligida ishlaydi. U har kuni ertalab 5.30 da turadi. Yuvinib, kiyinib bo'lgach yo'lga chiqadi, poyezdda 2 soat yo'l yurib, Seuldagi ishxonasiga yetib keladi. 8.30 da ish stoliga o'tirgan qahramonimiz kechqurun 21.00 dagina ishdan bo'shaydi. Yana ikki soat poyezdda yo'l bosib, uyiga yetib keladi. yana yuvinib, uyquga ketadi. Ertasi kuni ham xuddi shu holat takrorlanadi. Li uylangan bo'lib, 3 nafar farzandi ham bor. "Men farzandlarim uchun haftasiga atigi 15 minut ajrata olaman, xolos. Faqatgina yakshanba kuni oilam bilan birga bo'la olaman", deydi Li. Yil bo'yi xuddi shu rejimda mehnat qilgan Li yiliga atigi 3 kungina ta'tilga chiqadi. Ha, atigi 3 kun.

Xuddi shu holatni yengillatish maqsadida Janubiy Koreyada hozirda birqancha qonuniy hujjatlar tayyorlanmoqda. Ish soatini kamaytirish va dam olish kunlarini ko'paytirish maqsadida 2004 yildan maktablarda va ishchilari soni 1000 dan ko'p bo'lgan kompaniyalarda 5 kunlik mehnat haftasiga o'tildi. Ammo eski "avtoritar madaniyat" davri an'analariga ko'nikib qolgan koreyslar uchun bu yangi tamoyil faqatgina qog'ozda qolib ketadi, deya ta'kidlamoqdalar mutaxassislar.

Mehnatsevar osiyoliklardan keyingi o'rinni yevropalik yiliga 2 ming 52 ish soati bilan greklar egallaganlar. Faxrli 3-5 o'rinlarni Sharqiy Yevropa davlatlari vakillari egallaganlar - Chexiya, Vengriya va Polsha. Uchala davlatda ham yillik mehnat ta'tili 20 kunni tashkil etadi. Vengriyada 45 yoshdan so'ng mehnat ta'tili 30 kunga yetsa, Polshada 10 yillik ish stajidan so'nggina yillik ta'til 26 kunni tashkil etadi.

Qardoshlarimiz mehnatsevar turkiyaliklarning yillik ish soatlari 1918 soatni tashkil etadi. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, turklarning 1,2 million nafari boshqa horijiy davlatlarda ishlashadi.

Reytingda AQShliklar 9-o'rinni egallashgan. AQShda yiliga 10 kun ta'til bo'lgani holda, yillik ish vaqti 1797 soatni tashkil etadi.

Buyuk Britaniya esa ro'yxatda 20-o'rinni egallagan. Norvegiya, Germaniya, Gollandiya davlatlari esa yiliga taxminan 1 ming 390 soat ish vaqti bilan ro'yxatning so'nggi pog'onalaridan o'rin olgan.

 

Dunyoning eng mehnatsevar mamlakatlari - Forbes 2008

 

N Davlat Ish soati Ta'til kuni/yiliga Bayramlar Yalpi ischki mahsulot/kishi boshiga YaIM sohalar bo'yicha Aholisi Ishchi aholi
1 Janubiy Koreya 2357 10 11 24,600 $ Q/x 3,2%, sanoat 39,6%, Xizmat ko'rsatish 57,2% 49,23 mln 23,99 mln
2 Gretsiya 2052 20 12 30,500 $ Q/x 3,2%, sanoat 20,6%, x/k 76,3% 10,72 mln 4,94 mln
3 Chexiya 1997 20 12 24,400 $ Q/x 2,4%, sanoat 39,7%, x/k 57,9% 10,22 mln 5,35 mln
4 Vengriya 1989 20 (45 yoshdan so'ng 30 kun) 10 19,500 $ Q/x 3,3%, sanoat 32,4%, x/k 64,2% 9,93 mln 4,19 mln
5 Polsha 1985 20 (10 yil ishlagandan so'ng 26 kun) 12 16,200 $ Q/x 4,1%, sanoat 31,9%, x/k 64% 38,5 mln 17,0 mln
6 Turkiya 1918 14-26 7 9,400 $ Q/x 8,9%, sanoat 30,8%, x/k 59,3% 71,89 mln 25,27 mln
7 Meksika 1883 8-16 14 12,500 $ Q/x 3,9%, sanoat 26,3%, x/k 69,9% 109,96 mln 45,38 mln
8 Italiya 1800 20-32 12 31,100 $ Q/x 1,9%, sanoat 28,8%, x/k 69,3% 58,15 mln 24,86 mln
9 AQSh 1797 10 8 46,000 $ Q/x 0,9%, sanoat 20,6%, x/k 78,5% 303,82 mln 153,1 mln
10 Islandiya 1794 24 12 39,400 $ Q/x 5,3%, sanoat 26,3%, x/k 68,4% 304367 180000

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.