OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

16.02.2005. REZDEN BOMBARDIMONLARDAN SO‘NG (arxiv)

Qirg‘inlar bilan insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan Ikkinchi jahon urushi tugaganiga ham yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi. Lekin bu mudhish voqea qoldirgan jafolar hech qachon unut bыlmasa kerak. Kuni kecha Germaniyaning Drezden shahrida Sovet Ittifoqi havo kuchlari tomonidan bombardimon qilinganiga 60 yili to‘lishi munosabati bilan keng miqyosda tadbirlar o‘tkazildi.

1945 yil 11 fevral kuni Gitlerga qarshi koalitsion hukumat rahbarlarining Yalta konferentsiyasi yakunlandi. 13 fevral kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchil Sevastopol ostonasida o‘tayotgan Qrim jang maydonlarida bo‘ldi va shu kuni kechga tomon ittifoq havo kuchlari Drezden shahrini bombardimon qilishni boshladi.

Ittifoqchilar Berlin, Drezden, Leyptsig va Xemnits shaharlariga havodan hujum qilish g‘arbdan sharqqa tomon sovet qo‘shinlariga qarshi harakta qilayotgan nemis armiyasiga kuchli zarba bo‘ladi, deb hisoblashgandi. Og‘ir bombardimonlar Germaniya fuqarolari orasida qo‘rquv uyg‘otish va transport yo‘llarini yo‘q qilishga qaratilgandi. Nihoyat, Ukraina frontining 1-harbiy qismi va Polsha armiyasining 2-harbiy qismi og‘ir janglardan so‘ng, 1945 yilning 8 mayida Drezdenni olishga muvaffaq bo‘ldi.

1940 yilning kuzida Angliya uchun kechgan jangda bor-yo‘g‘i 200 nafar Lyuftvaff bombardimonchi samalyotlari qatnashgan edi. Britaniya qirolligi harbiy havo kuchlari ma’lumotiga qaraganda, birinchi bombardimonda 796 ta “Lankaster” va 9 ta “Moskito” samolyotlari hujumda ishtirok etgan. Havo hujumi 13 fevral kuni mahalliy vaqt bilan kech soat 22.00 da boshlandi. Saksoniya poytaxtiga qariyb bir yarim ming tonna qo‘poruvchi va bir ming ikki yuz tonnacha kuydiruvchi bombalar yog‘dirildi.

Bombardimonlarning keyingi to‘lqini uch soat o‘tgach, 14 fevral kuni Drezden shahriga havodan bombalar yog‘dirish bilan boshlandi. AQSh HHK birinchi bo‘lib Drezden ustidan bombalar yomg‘irini yog‘dirishi lozim edi. Ammo 13 fevral kuni Amerika samolyotlari ucha olmaganligi bois 14 fevral kuni, so‘ngra 15 fevral va 2 mart kunlari 311 ta Bi-17 rusumli bombardimonchi samolyotlar Drezden ustidan bombalar tashlab o‘tdi.

Ser Artur “Bombera” Xaris va general Karl Spaattsa havo aviatsiya floti Drezdenni ostin-ustin qilib tashladi. Ikkinchi jahon urushi oxirida atom bombalari tashlangan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlaridan keyin Drezden shahri havodan eng og‘ir zarbalar olgan shahar sifatida tarixda qoldi.

Bombardimonlar chog‘ida halok bo‘lganlarning soni hech qachon aniq bo‘lmasa kerak. Britaniya qirolligi HHK tarixiy bo‘limining rasmiy ma’lumotida halok bo‘lganlar soni 50 ming kishi, deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqa yana eng ayrim manbalarda esa 120-150 va hatto 500 ming deb ham ko‘rsatilgan. Drezdenda halok bo‘lganlar orasida nafaqat nemislar, balki harbiy asirlar, zavod va fabrikalarda majburan ishlatilayotgan xorijiy ishchilardan tashkil topgan boshqa millat vakillari ham bor edi.

Nemis hukumati harbiy asirlarni, murdalarni bir joyga to‘plashga va yoqib yuborishga mujbur qilishadi. Britaniya qirolligi HHK tarix bo‘limi voqealarni shunday izohlaydi: “Asosiy maqsad, g‘arbdan rus qo‘shinlarga qarshi nemis armiyasiga qo‘shimcha kuch kelishiga qarshilik ko‘rsatish edi. 4 fevral kuni Yalta konferentsiyasida ruslar havodan kerakli zarbalar berishni so‘rashdi. Aviatsiya vazirligi Cherchildan Drezden, Xemnits va Leyptsig shaharlarini havodan bombardimon qilish orqali ko‘mak berishini so‘rab talabnoma yubordi va shu tariqa katta harbiy operatsiya boshlandi”.

AQSh HHK tarix bo‘limi “1945 yil 14-15 fevral kunlar Drezdenni bombardimon qilish borasida tarixiy tahlil” hisobotini tayyorladi. Amerika varianti bo‘yicha, sovet tomoni bilan hamkorlikda nemis hududlarini bombardimon qilish muddati va ob’ektlari 1994 yilning oxirida qizil armiya Germaniya chegarasidan chiqqan vaqtdayoq ishlab chiqilgandi.

Hujjatda aytilishicha, shaharda 110 ta harbiy maqsadlar yo‘lida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod mavjud bo‘lib, berilgan zarbalar natijasida shaharning 23% ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va 53% ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan, 50% yashash uchun mo‘ljallangan binolari va barcha transport tizimi xarobaga aylantirildi. AQSh HHK tarix bo‘limi xarobaga aylantirish va qirg‘inlarga asosan Britaniya havo kuchlari hissasi katta bo‘lganini ta’kidlaydi.

Ko‘p tortishuvlar XX asr 60-yillari boshida Devid Irvingning “Drezdenni buzish” kitobi chop etilgandan so‘ng boshlandi. Uning yozishicha, Yevropa tarixida eng ko‘p qurbonlarga olib kelgan bombardimon insoniyatni tiz cho‘ktirish va unga qarshi qaratilgan eng vahshiy harakatlardan biri bo‘lgan.

2004 yilda chop etilgan Frederik Teylorning “Drezden. 13 fevral 1945 yil” deb nomlangan kitobi ham bir qancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Teylorning fikricha, Drezden harbiy siyosiy nuqtai nazardan “qonuniy maqsad” bo‘lgan, lekin shunda ham shaharni vayron qilish va uning aholisini qirg‘in qilishni oqlab bo‘lmaydi. 
Teylor o‘z ishini Britaniya, Amerika va nemis arxivlarini o‘rganish, odamlar bilan muloqotda bo‘lish va bombardimonda ishtirok etgan uchuvchilar guvohliklariga asoslanib yaratdi.

Yanvar oyida shahar ma’muriyati oldidagi chiqishi vaqtida Drezden politsiyasi Teylor xavfsizligini ta’minlashiga to‘g‘ri keldi. Uning chiqishini o‘nlab yangi natsistlar to‘xtatishga urinishdi. Mahalliy nashrlardan hisoblanmish «Bild» gazetasi uni “shov-shuvli muallif”, deb atadi.

Nihoyat, qirolicha Yelizavetta II o‘tgan yili Germaniyaga tashrifi chog‘ida «Bild» gazetasi undan Drezden uchun kechirim so‘rashini talab qildi. Qirolicha britaniyalik ajdodlari qilgan xatoni oz bo‘lsa-da yuvish maqsadida Drezdendagi “Frauenkirx” obidasini tiklash uchun pul mablag‘i hadya qildi.

Drezden hozirga qadar neonatsistlarning Germaniyadagi targ‘ibot quroliga aylanib qolgan. Bu mavzu nafaqat Drezden, balki Gamburg, Lyubeka, Berlin shaharlari bombardimon qilingan kunlarini nishonlash arafasida ham kun tartibiga chiqadi. 
Londonning “Deyli telegraf” gazetasi nemis tarixchisi Matias Grettsshelning “1945 yil fevralda Drezdenga qaratilgan zarbalarni Nyu- York va Vashington shaharlarida 2001 yil 11 sentyabrda “Al-Qoida” terrorchilik guruhi tomonidan sodir etilgan qo‘poruvchilikka qiyoslasa ham bo‘ladi”, degan fikrini keltirib o‘tadi.

“Hurriyat” gazetasidan olindi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.