OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Aziz Said. XX asrning eng yaxshi asarlari

http://ziyouz.uz/images/aziz_said.jpgAziz Said — shoir.

1. XX asr jahon adabiyotining 10 eng yaxshi asari deb qaysi asarlarni tilga olasiz?

Ushbu ro‘yxat «Faqat shular» degan ma’noda emas, dastlab xayolga kelgan nomlar va asarlar, xolos.  
XX asrda kuchaygan shafqatsizlik, muhabbatsizlik va qalb kirlanuvi jahon adabiyotining ohangiga, mavzular va uslubiga qattiq ta’sir qildi. Eng yomoni, romantizm robitalari deyarli uzib tashlandi. Shunday bo‘lsa ham...

1. Frans Kafka. «Jarayon» (roman).
2. Jeyms Joys. «Uliss» (roman).
3. Chingiz Aytmatov. «Jamila» (qissa), «Alvido, Gulsari» (qissa).
4. Bertolt Brext. «Kuraj ona va uning bolalari» (pesa).
5. Astrid Lindgren. «Bolakay va Karlson» (qissa).
6. Ernest Xeminguey. «Alvido, qurol» (roman).
7. Nozim Hikmat. «Inson manzaralari» (doston).
8. Gabriel Garsia Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili» (roman).
9. Mixail Bulgakov. «Usta va Margarita» (roman).
10. Tomas Mann. «Doktor Faustus» (roman).

2. XX asr o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 10 asarni tilga oling.

1. Cho‘lpon. «Kecha va kunduz» (roman), she’rlari.
2. Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar» (roman).
3. Oybek. «Navoiy» (roman).
4. Yavdat Ilyosov. «So‘g‘diyona» (roman).
5. G‘afur G‘ulom. «Shum bola» (qissa).
6. Abdulla Qahhor hikoyalari.
7. Abdulla Oripov. «Yuzma-yuz» (she’r).
8. Rauf Parfi. «Sabr daraxti» kitobi.

Bugun jiddiy adabiyot mutolaasi xususida gapirish kulgili bo‘lib tuyulish tavakkali bilan teng bo‘lib qoldi. Badiiy adabiyotni deyarli o‘qimaydigan va uning ko‘ngilni poklaydigan ne’matlaridan bebahra avlod shakllanmoqda. Sabablari esa ko‘p: hisob-kitobli tashvishlar yamlayotgan vaqt, TV, maktab va oliy o‘quv dargohlaridagi ta’lim SAVIYaSI, qog‘oz narxlari, qalam va ta’lim haqlari, kitob ehtiyoji va imkoniyat...
«Kalila va Dimna»ni, «Zarbulmasal»ni o‘qimagan, Navoiy va Boburning biror baytini yod bilmaydigan farzandlarimizning serial va «video»lar ko‘rib pishayotgan ko‘zlariga qarab hayronmiz. Domakl qilichi yanglig‘ osilib turgan «Nima qilmoq kerak?» degan savol ostidan yoshlarimizning til o‘rganayotgani, diplomlar olayotgani kabi yupanchlarni soyabon tutib o‘tib qaytmoqdamiz...

Manba: «Hurriyat» gazetasi, 1999 yil, 12-18 may soni.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.