OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Shumer maqollari (16)

Shumerlar, shumeriylar — Janubiy Mesopotamiya (hoz. Iroq)da yashagan qadimiy xalq. Oz sonli lingvistik va toponimik ma’lumotlarga ko‘ra, Shumerlar mamlakatning tub joy aholisi bo‘lmagan. Ular bu hududga kamida miloddan avvalgi 4-ming yillikda kelishgan. Antropologik jihatdan yevropeoid bo‘lishgan. S.P. Tolstovning fikricha, Shumer tili ko‘p jihatdan Oltoy til guruhiga mansub turkiy tillarga o‘xshash bo‘lgan.


• Erkalatilgan it kuchukka aylanadi.
• Qo‘mondonsiz qo‘shin ― dehqonsiz dala.
• Dushmanning yerini haydasang, dushman senikini egallaydi.
• To‘g‘ri qurgan uyni makkor buzadi.
• Vaqtinchalik do‘stlik ― mangu qullikdir.
• Sen o‘zingga ehtiyot bo‘lsang, Xudo sen bilan.
• Ikki yomondan tanlash imkoni yo‘q.
• Kambag‘alning noni bo‘lganda tuzi bo‘lmaydi, tuzi bo‘lganda noni.
• Kim ko‘p yesa, uxlay olmaydi.
• Kim uyatni his qilsa, qarzni ham his qiladi.
• Sharob ichib maza qilgan yo‘lda uxlab qoladi.
• Yomonlik qilmasang ― doim qo‘rqmaysan.
• Cho‘pon dehqon bo‘lishga harakat qilmaydi.
• Kuchli va mag‘rur chiqisha olmaydi.
• Yolg‘on gapirib, so‘ng rostini aytsang-da, senga ishonishmaydi.
• Baxt topiladi, yomonlik unutiladi.

D.Tojialiyev tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.