Baxtga intilish bo‘lmagan joyda umuman intilish ham yo‘q. Baxtga intilish intilishlarning intilishidir.
L. FEYERBAX
Insonga baxt kerak, uning bunga haqqi bor, nechog‘li qiyin bo‘lmasin, inson baxtga erishishi darkor.
N. A. DOBROLYUB0V
Har bir kishi baxtli bo‘lgisi keladi, u baxtli bo‘lishi kerak va baxtli bo‘lishga huquqlidir.
N. V. SHELGUNOV
Baxtli bo‘lish huquqi inson huquqining ajralmas tarkibiy qismidir.
K. D. USHINSKIY
Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
V. G. KOROLENKO
Inson o‘zini muhofaza etishga hamda baxtiyor bo‘lishga intiluvchi ta’sirchan, sezgir, aqlli va fikr yurituvchi mavjudotdir.
P. GOLBAX
Baxt bizga to‘la-to‘kis nasib bo‘luvchi yuksak darajadagi huzur-halovat, baxtsizlik esa yuksak darajadagi musibatdir.
J. LOKK
Baxtsizlikni yaxshi maktab deydilar, balki shundaydir. Lekin eng yaxshi dorilfunun baxtda mujassam. U ezgulik va go‘zallikka qodir qalb tarbiyatini nihoyasiga yetkazadi.
A. S. PUSHKIN
Faylasuflar emas, balki lo‘ttibozlargina inson o‘z istagicha yashasa baxtlidir, deya gap sotadilar: bu g‘irt yolgon. Jinoiy istaklar eng manfur badbaxtlikdir. Jinoiy istakdan ko‘ra istaganingga yeta olmasliging ancha durustdir.
SITSERON
O‘z shaxsiy baxtini yaratishni istagan har bir kishi barcha ishchi va dehqonlar baxtining toblovchisi, bunyodkori bo‘lmog‘i kerak, qachonki u barchani baxtiyor qilsa, o‘z shaxsiy baxtini ham toblagan bo‘ladi.
M. I. KALININ
Jamiyatning maqsadi hammani baxtiyor qilishdir.
G. BABEF
Hamma uchun baxt — hammaning ahil mehnati bilan yaratiladi.
G. IBSEN
Do‘stlar bilan baham ko‘rilmagan, faqat o‘zimiz bahra olgan har qanday turmush farog‘ati bizga ham unchalik botmaydi.
ERAZM ROTTERDAMSKIY
Kishi boshqalarga qancha shodlik va baxt ulashsa, u faqat o‘shancha shodlik va baxtga da’vogar bo‘lishi mumkin.
E. FEYXTERSLEBEN
Boshqalarning baxtini o‘ylab, o‘z baxtimizni ham topamiz.
AFLOTUN
Ezgulik faqat insonga xos xususiyat, binobarin, birov-birovning baxti va rohati uchun xizmat qilsa, bu yana ham insoniy xususiyatdir.
TOMAS MOR
Kishi dunyoda boy bo‘lish uchun emas, balki baxtli bo‘lish uchun yashaydi.
STENDAL
Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki, bunday qanoat uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi.
SUQROT
Farosatsiz odamning omadi yurishsa ham u aqlsiz bo‘lgani uchun uning to‘qligi surbetlikka aylanadi.
FEOGNID
Hayotda baxtli bo‘lishning birdan-bir yo‘li: jahonga va ayniqsa o‘z Vataniga foydali bo‘lishdir.
N. M. KARAMZIN
Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt hadya qilgan kishi eng baxtiyor kishidir.
D. DIDRO
...Iloji boricha ko‘proq odamlarga baxt keltirgan kishini tajriba eng baxtiyor kishi sifatida ta’riflaydi.
K. MARKS
Boshqalarning qayg‘usini o‘z qayg‘usi deb bilgani uchun ham inson barcha jonzotlar orasida azizu mukarram bo‘ldi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Umrini boshqalarning baxti to‘g‘risida gamxo‘rlik qilish bilan o‘tkazgan kishlar eng ajoyib va ayni vaqtda eng baxtiyor kishilardir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Eng yuksak shaxsiy baxt shaxsiy manfaatlardan ham ahamiyatliroq maqsadlar uchun kurashmoqlikdir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Kishi o‘z baxtini boshqalarga keltirgan baxtiga qarab o‘lchaydi.
I. BENTAM
Umum farovonligi yo‘lida xizmat qilish ishtiyoqi qalb ehtiyoji va shaxsiy baxt garovi bo‘lmog‘i lozim.
A. P. CHEXOV
Boshqalarning baxtisiz shaxsiy baxt ham bo‘lmaydi.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Hayotda faqat birgina chinakam baxt bor, u ham bo‘lsa boshqalar uchun yashamoqlikdir.
L. N. TOLSTOY
Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
I. GYOTE
Baxt boshqalar bilan baham ko‘rilgandagina barqaror bo‘ladi.
J. LAMETRI
Boylik yaratmay turib undan foydalanishga haqqimiz bo‘lmaganidsk, baxt keltirmay turib uni baham ko‘rishga ham haqimiz yo‘q.
B. SHOU
Shaxsiy farog‘at to‘g‘risida o‘ylash tabiiydir, buni e’tiborga olish kerak. Lekin el-yurt baxt-saodati va butun insoniyat jamiyati muhofazasidan ko‘z yumib, faqat shaxsiy farog‘at haqida o‘ylansa, hayot chirkinlashadi, maydalashadi, ochig‘ini aytganda — tuban bir holga tushadi.
R. ROLLAN
Kishi o‘zicha shug‘ullanganda u juda kam hollarda va shunda ham o‘zi va boshqalar uchun foyda keltirmay o‘zining baxt sari intilishini qondirishi mumkin. U o‘z ehtiyojlarini qondirish vositalari bo‘lgan tashqi dunyodagi: oziq-ovqat, boshqa jins individi, kitoblar, dam olish, munozaralar, faoliyat, iste’mol va mehnat buyumlari bilan muomalada bo‘lishi kerak.
F. ENGELS
Baxtga — bu masalada har bir odamga alohida-alohida yondashish zarurligidan qat’iy nazar,— odamning eng zarur moddiy ehtiyojlarini qondirgandagina yetishish mumkin.
N. A. DOBROLYUBOV
Boylik — shunday narsaki, usiz ham baxtli yashash mumkin. Ammo farovonlik — baxtiyor yashash uchun zarur shart.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Yashamoq va baxtiyor bo‘lmoq huquqiga qurbi yetmaydigai odam shunchaki bir sharpadir.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Inson baxtli bo‘lishi kerak. Agar u baxtsiz ekan, uning o‘zi aybdor. Binobarin, u shu noqulaylik yoki nohaqlikni bartaraf etmaguncha o‘zi uchun kuyib-pishib harakat qilmog‘i lozim.
L. N. TOLSTOY
Baxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak.
L. N. TOLSTOY
Baxtli bo‘lish uchun doimo shu baxtga intilmoq va uni anglamoq zarur. Baxt vaziyatga emas, kishining o‘ziga bog‘liq.
L. N. TOLSTOY
Baxt saxovatli odamning qo‘lidan tayyor holda olinmaydi, u kurash orqali qo‘lga kiritiladi va shakllanadi.
D. I. PISAREV
Baxt havoda esmaydi, mehnatdan keladi.
RUDAKIY
Baxt ko‘p mehnat qilganga nasib bo‘ladi.
LEONARDO DA VINCHI
Har bir kishi — o‘z baxt-saodatining ijodkori.
R. STIL
...Baxt sotilmas va kimki agar
Ter to‘kishga bo‘lolsa molik,—
Shunda tole bo‘lur jilvagar,
Shurda shodlik qilur oshnolik.
MIRZA SHAFIY
Noshud! kishilarga baxtning nafi tepfyidi.
SOFOKL
Omadimiz — vaziyatning muvozanati xolos, binobarin, kutilmagan baxtsizlik shu muvozanatni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, donolik mana shunda.
R. BRIJES
Na bo‘ysunishga, na o‘zining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun buyruq berishga ehtiyoji yo‘q kishigina chinakam baxtiyor va ulug‘vordir.
I. GYOTE
O‘z ehtirosiga monand yashaydigan kishi baxtiyordir, lekin o‘z ehtirosini har qanday og‘ir sharoitga ham moslashtira biladigan kishi undan ham baxtlidir.
D. YUM
Siz agar baxt orqasidan quvib qachondir unga yetishsangiz, ko‘zoynagini axtargan kampir singari, baxt doim burningiz ostida yurganini sezib qolasiz.
B. SHOU
Izlaganimiz ajoyib narsa yonimizda bo‘lganligini biz doim kechikib tushunamiz.
A. BLOK
Yuraksizlarga baxt yor bo‘lmaydi.
SOFOKL
Baxt har doim mard odam tomonida.
P. I. BAGRATION
Odamni baxtli bo‘lishga o‘rgatishning iloji yo‘q, lekin uni baxtiyor bo‘la oladigan darajada tarbiyalash mumkin.
A. S. MAKARENKO
Besaranjom odam chinakam baxtli bo‘lolmaydi; chinakam baxt osoyishta, yoz faslidagi dengiz singari vazmin bo‘ladi.
A. I. GERTSEN
Baxtiyor bo‘lishimizga shaxsiy xislatlarimizdan eng ko‘proq foyda beradigani quvnoqligimizdir.
A. I. SHOPENGAUER
Kim doimo quvnoq bo‘lsa u baxtiyordir, kim baxtiyor ekan, u yaxshi insondir.
V. G. BELINSKIY
Tashvishsiz va g‘amsiz hayot -baxt emas, baxt — ko‘ngilning besaranjomligi.
F. E. DZERJINSKIY
Kimgadir baxtli ko‘ringan emas, balki o‘zini baxtli sezgan odam baxtlidir.
PUBLILIY SIR
O‘zini baxtli deb biladigan odam baxtlidir.
G. FILDING
O‘zini baxtli deb hisoblamaguncha hech bir odam baxtli emas.
MARK AVRELIY
Odamning baxt haqida tasavvuri qanday bo‘lsa, o‘zi ham shunday.
V. A. SUXOMLINSKIY
Agar siz o‘zingizni baxtli deb bilsangiz, baxtingizni tekshirmang: bu — nafis kapalakning go‘zalligini yaxshiroq ko‘rish niyatida uni burdalab tashlash bilan barobar.
P. MANTEGASSO
Baxt sog‘liqqa o‘xshaydi: u bor bo‘lsa, payqamaysan.
I. S. TURGENEV
Ba’zilar o‘zlari bilmaganlari holda baxtli yashaydilar.
L. VOVENARG
Bizning his etish qobiliyatimiz hududiga ham sig‘maydigan kuchli baxt va qayg‘ular bo‘ladi.
F. LAROSHFUKO
Baxt yoki alamdan g‘ofil kishi dushman bilan duch kelmagan soldat singari dunyodan o‘tadi.
F. KLINGER
Agar faqat baxtli bo‘lishgina maqsad qilib qo‘yilsa, bunga tezda erishish mumkin. Lekin odamlar ko‘pincha boshqalardan ko‘ra baxtliroq bo‘lishni istay-dilarki, buning deyarli iloji yo‘q, chunki aslida bizga o‘zgalarning baxti hamisha ko‘proq bo‘lib ko‘rinadi.
Sh. MONTESKYE
Shunday odamlar borki, ular doim nolish va diqqatbozlikdan xuzur qiladiganga o‘xshaydilar va undan mahrum bo‘lmaslik uchun baxtsizlikni izlashga ham tayyor turgandek tuyuladilar.
P. KALDERON
Baxt baxtsizlikni nafratlashdan, kishini tasqara qilib, uni buzadigan jamiki narsalarga fiziologik jirkanch bilan qarashdan, tarix bo‘roni tufayli yanada vayron bo‘layotgan soxta farovonlik xususida oh urgan, ingragan, noligan notavonlardan chinakamiga voz kechishdan boshlanadi.
M. GORKIY
...Ko‘plar o‘z hayotlarini arzimagan narsalar bilan hech qan-day asossiz buzayotganlarini ko‘rganimda men o‘zimni baxtiyor his etaman, negaki men ruhimning bukilmas tetikligini saqlab qolganman va har qanday bo‘lmag‘ur narsalar ustidan kulaman.
F. ENGELS
Quvonch va umidga moyillik chinakam baxtdir; hadiksirash va ruhiy tushkunlikka berilish —haqiqiy baxtsizlik.
D. YUM
Baxt qushi boshga qo‘nganda undan foydalana bilmagan odam u qo‘lidan ketganda nolimasligi kerak.
M. SERVANTES
Hayotdagi qariyb hamma baxtsizliklar ishimizning yurishmayotgani xususidagi soxta tasavvurlarimizdan kelib chiqadi. Binobarin, odamlarni yaxshi bilish va voqealar haqida sog‘lom fikr yuritish bizni baxtga yetaklaydi.
STENDAL
To‘g‘ri, qiyin daqiqalar ham bo‘ladi, ammo unga bo‘yin egma — yomon narsadan yuzini o‘girdi, shunda ko‘ngling bahori seni qo‘llab-quvvatlaydi. Hatto kek-salik ham tun zulmati sovug‘idan hamma vaqt yengilib qolavermaydi.
LUKRETSIY
Baxt besabr odamlarga ko‘p narsalarni pullab qoladi-yu, sabrlilarga ularni tekinga beradi.
F. BEKON
Bir qadar aziyat qo‘shilmagan sof baxt bo‘lmaydi.
V. SHEKSPIR
Illatsiz baxt bo‘lmaydi.
GORATSIY
Erimaydigan muz bo‘lmagani kabi abadiy baxt ham yo‘q.
A. I. GERTSEN
Bizning baxtimiz hech nar-ani orzu qilmaydigan holga tushib,butun istaklarning to‘la qondirilishidan iborat emas va bunday bo‘lmasligi kerak, chunki bu aqlimizning o‘tmaslashuviga olib kelgan bo‘lur edi. Yangi-yangi rohat-farog‘atlarga va yangidan-yangi mukammallik-arga beto‘xtov intilish — baxt shudir.
G. LEYBNITS
Insonni chinakam baxtiyor qila oladigan ikki xil xohish bor,— odamlarga naf keltirish va sof vijdonli bo‘lish.
L. N. TOLSTOY
Istagan huzur-halovat hambaxt emas, u huzur-halovatlar halol va pok bo‘lmog‘i kerak.
TOMAS MOR
Baxt pushaymonsiz huzur qilish demakdir.
L. N. TOLSTOY
Baxtning zarur tarkibiy qismi — bu to‘g‘ri yashayotganingga, ortingda xudbinlik, qallob-lik, makkorlik, zararkunanda-lik va yana shunga o‘xshash boshqa bir razilliklar yo‘qligiga qat’iy ishonishingdir.
A. S. MAKARENKO