Oldinda quvonadigan narsasi bo‘lmasa, kishi dunyoda yashay olmaydi.
A. S. MAKARENKO
Hayot uzluksiz quvonchga aylanishi kerak va shunday bo‘lishi mumkin.
L. N. TOLSTOY
Inson doim quvnoq yashashi kerak. Agar quvonching tugasa,nimada yanglishganingni axtar.
L. N. TOLSTOY
Agar hayot senga beqiyos baxtiyorlik bo‘lib tuyulmasa, bu faqat aqlning adashganidan dalolat.
L. N. TOLSTOY
Atrofimizdagilar emas, balki bizning ularga bo‘lgan munosabatimiz bizga shodlik keltiradi.
F. LAROSHFUKO
Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
I. GYOTE
Ko‘ngil quvonchi uning kuchliligidan dalolat beradi.
R. EMERSON
Hayotning eng zo‘r huzur-halovati, eng yuksak quvonchi o‘zingni odamlarga kerakli va yaqin deb his qilishingdir!
M. GORKIY
Hayotni quvonchsiz, deyish yolg‘on, unda faqat jarohatu ohu nola, alam va ko‘z yoshidan boshqa narsa yo‘q, deyish ham yolg‘on!.. Hayotda inson istagan hamma narsa bor, insonda esa hayotda yo‘q yaratuvchilik qudrati mavjud.
M. GORKIY
Quvonchga peshvoz chiqishning o‘zi quvonch.
G. LESSING
Tanho shodlanish ko‘ngilsizdir.
G. LESSING
G‘amga bir kishi chidashi mumkin, lekin quvonchni ikki kishi baham ko‘rishi kerak.
E. XABBARD
Baham ko‘rilgan quvonch ko‘pga tatiydi.
J. XOLLEND
Esda qolmaydigan quvonchlar haqiqiy quvonch emas.
F. ZANDERS
Ko‘pincha bizga sevinch qanotida qayg‘u ham uchib keladi.
E. KAPIYEV
Xafa bo‘lishni bilmaydigan odam quvonishni ham bilmaydigan yoki kulgini tushunmaydigan odamdek nochordir. Shu xususiyatlardan birontasining yetishmasligi o‘taketgan ma’naviy cheklanganlikdan dalolat beradi.
K. G. PAUSTOVSKIY
Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u esa hech vaqt unutilmaydi.
M. Yu. LERMONTOV
G‘am — qattol hukmdor.
M. Yu. LERMONTOV
Qattiq alam va behad quvonch kishiga qariyb bir xil ta’sir ko‘rsatadi, ular to‘satdan bizga yopirilganda shunday dovdiratib va hovliqtirib qo‘yishi mumkinki, natijada ko‘pincha o‘zimizning hamma qabiliyatlarimizdan mahrum bo‘lib qolamiz.
G. FILDING
Qayg‘u — bu yo‘qotilgan, ammo hali ancha rohatini surish mumkin bo‘lgan baxt haqida o‘ylash oqibatidagi ruhiy bezovtalikdir yoki hozirgi daqiqada cheki-layotgan alamdan iztirobga tushishdir.
G. LEYBNITS
Qiziq, sevinch ba’zan ko‘p jihatdan qayg‘uga o‘xshab ketadi-yu, lekin, afsuski, qayg‘u hech qachon sevinchga o‘xshamaydi.
P. V. VALUYEV
Qayg‘u dardmanning og‘zini bir me’yorda yumishi ham, ochib yuborishi ham mumkin.
M. SERVANTES
Arzimagan g‘am-g‘ussalar darrov tilga chiqadi, chuqur qayg‘u esa unsizdir.
SENEKA
Sukut — inson qayg‘usining butun zahmatini chekkan oddiy qalbga boshpana misol.
V. GYUGO
Quvonch gashtini surish oson, yaxshisi, boshingga tashvish tush-ganda bardam bo‘l!
Sh. RUSTAVELI
Barcha tuyg‘ularimiz ichidagi eng esdan chiqmaydigani — qayg‘u.
O.BALZAK
Men boshga tashvish tushganda tabassum qiladigan, qayg‘uni yenga turib kuch oladigan va tafakkurni mardlik manbai hisoblaydiganlarni e’zozlayman.
T. PEYN
Inson uchun g‘amdan yomoni yo‘q.
MENANDR
Qayg‘u yengilayotgan odamni ko‘rsa, battar kuchga kiradi.
V. SHEKSPIR
Qayg‘uda ham ulug‘vorlik bo‘ladi. Ko‘z yoshi to‘kishning ham me’yori bor, faqat aqlsiz odamlar sevingan paytlarida ham, kulfatli damlarda ham hovliqib qoladilar.
SENEKA
Qalb iztiroblari kishini har qanday ishdan ham ko‘iroq charchatadi.
O‘. KAMOL
Kulfat damlaridagi eng yax-shi malham ruhiy bosiqlikdir.
PLAVT
Haqiqiy qayg‘u andishali bo‘ladi.
E. GEBBEL
Har qanday qayg‘udan ham uning dahshati zo‘rroq.
I. SHOKKE
Eng bedavo qayg‘u — uni hadeb o‘ylayverishdir.
M. EBNER-ESHENBAX
Kulfatdan xavotirlanish kulfatning o‘zidan ko‘ra doimo dahshatliroq va og‘irroqdir.
D. I. PISAREV
Tunu kun qo‘rqinchda yashagandan ko‘ra yovuz qismat ham durust.
F. SHILLER
Ba’zan biz judolikning o‘zidan ham taskin topamiz, ba’zan esa orttirgan narsamizdan achchiq-achchiq yig‘laymiz.
V. SHEKSPIR
Baxtsizliklarimizning ko‘pi ular to‘g‘risida do‘stlarimiz beradigan taskindan ko‘ra yengilroqdir.
K. KOLTON
O‘zgalarning baxtsizligiga chidash masalasiga kelganda bizlarning har birimiz yetarli kuchga egamiz.
F. LAROSHFUKO
Doimo baxtsizlar aybdor:yashaganlari uchun ham, gapirganlari uchun ham, boshqalarga muhtoj bo‘lganlari va ularga ko‘maklasholmaganlari uchun ham aybdordirlar.
O.MIRABO
Inson hech qachon o‘ziga tuyulganchalik baxtli yoki baxtsiz bo‘lolmaydi.
F. LAROSHFUKO
O‘z ahvolingdan qanoatlanishing uchun o‘zingni o‘zgalarning og‘irroq ahvoli bilan solishtirib ko‘r.
B. FRANKLIN
Boshingga qayg‘u tushganda atrofingga qarab, o‘zingni bos: senga qaraganda qismati og‘irroq kishilar ham bor.
EZOP
Dilingni yorsang, ko‘pincha darding yoziladi.
P. KORNEL
Odamlar boshlariga qayg‘u tushganda taqdirdan, xudolardan va boshqa istagan narsalardan zorlanadilaru, ammo o‘zlaridan sira zorlanmaydilar.
AFLOTUN
Beparvolik ming turli sitamlarning sababchisidir.
A. JOMIY
Baxtsizlik faqat kurash bilan yengiladi.
A. SHENE
Olamda yo‘q tuganmas qayg‘u Va yo‘qdir davasiz g‘ussa ham.
A. K. TOLSTOY
Hamma narsa, hatto g‘am-alam ham eskiradi.
G. FLOBER
Vaqt hamma jarohatlarni davolaydi.
MENANDR
Aql tufayli va vaqt o‘tishi bilan yumshamaydigan musibat yo‘q.
F. ROXAS
Qayg‘u vaqt qanotida uchib ketadi.
J. LAFONTEN
Qat’iy e’tiqod va g‘ayrat kerak — muhimi shu, umidsizlik esa faqat faoliyatsizlikka olib boradi.
N. P. OGAREV
Ko‘ngil iztiroblariga kurashsiz bo‘ysunish — yengilmay turib jang maydonini tashlab ketish bilan barobar.
E. TELMAN
Ko‘ngil jarohatlari vaqt o‘tishi va yana ish bilan tuzaladi. Bilakda kuch bor ekan, ishlash kerak! Yurakka bundan ortiq davo yo‘q.
J. FABR
Ko‘ngil iztiroblaridan qutulishning birdan bir yo‘li mehnatdir.
P. I. CHAYKOVSKIY
Kulfatdan hayiqma, uning ustiga to‘g‘ri bostirib bor.
VERGILIY