OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Badqovoq boy

Mo‘ysafid darveshlardan biri hech ehtiyojlarini qoplay olmas  edi; juda tang ahvolda qoldi. Uning bu holini ko‘rganlardan biri:
–Falonchi juda boy, hisobsiz mol-mulki bor. Agar ahvolingni bilsa, jim qarab turmas deb o‘ylayman, – dedi. 
Darvesh:
–Men uni tanimayman; manzilini ham bilmayman, – dedi. 
Odam: 
–Tanish tanimasliging muhimmas. Men senga yo‘l ko‘rsataman, – deya uni boyning uyiga olib bordi. 
    Darvesh eshikni taqillatib ichkariga kirdi. Uni lablari  burishgan, qoshlari chimirilgan, aftidan badqavoq bir odamning yoniga etdilar. O’ta kibrli ekanligi har bir harakatidan ma’lum edi. Darvesh uning basharasini ko‘riboq, hech nima demasdan tashqariga chiqib ketdi. Tashqarida kutib turgan hamrohining oldiga keldi. Odam:
–Xo‘sh, nima bo‘ldi? – deb so‘radi. Darvesh:
–Uning lutfini yuziga bag‘ishladim! – dedi. Hamrohi:
–Nima deganing bu? – dedi. Darvesh javob berdi:
 –Badqavoqdan bir narsa istama, yo‘qsa uning yomon tabiatidan zahar ichasan. “Ko‘nglingdagini shunday odamga aytginki, yuzini ko‘rar ko‘rmas shodlinsin!”

Hikmat


Insonning yuzi ichining oynasidir. Ichida yomonlik yoki yaxshilik yotgan kishining tuyg‘ulari yuzida aks etadi. Chehrasini ochiq va go‘zal qilganning tabiati ham go‘zal, chirkin qilganning tabiati ham chirkindir.

"Guliston"dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.