Sulton saroyida xitoy rassomlari:
— Biz turk rassomlaridan ancha ilgor va mohirmiz, deb iddao qildilar. Bunga javoban turk rassomlari:
— Yo‘q, biz ulardan ustunroqmiz. Bizning san’atimiz yuksak, deb bu da’voga qarshi chiqdilar. Bu bahsdan xabar topgan sulton rassomlarni imtihon qilishga qaror berdi.
Har ikki mamlakat rassomlari tayyorlansin, bir biriga qaragan ikki xonaga chiqarilsinlar!
Xitoy rassomlari o‘zlariga berilgan xona devorlarini turli rangli rasmlar bilan bezadilar. Turk rassomlari esa xona qarshisidagi o‘z xonalarining devorlarini faqat jilolab, oyna kabi yaltiratdilar. Shunda xitoy rassomlarining chizgan rasmlari turk rassomlari xonalarining devorlarida yanada yaltiroq bir ko‘rinish bilan aks etdi.
Sulton oldin xitoylik rassomlar xonasiga kirdi, ularning ishlari yoqdi. Oxirida turk rassomlarining xonasiga kirgan payt ,xuddi ulug' shamlarni ancha yorqin, ancha go‘zal ko‘rib, turk rassomlarini taqirladi.
Shu zaylda, turk rassomlari rasm chizmasdan, faqat xitoy rassomlarining asarlarini ming bir hunar bilan jilolantirganlari devorda aks etgirganlari uchun juda mohir deb tan olindilar.
Ko‘ngil oynasi
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan