OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Majnun jon tuyasiga mingan edi

Laylining ishqi bilan yonib yurgan Majnunga bir xabar yetkazishadi:
— Layli saharda bu qishloqtan anavi qishloqqa ketyapti. Majnun vaqt yo‘qotmasdan ortidan tushsa, unga etadi, tezda harakat qilsin...
Majnun tuyasini hozirlab yo‘lga tushdi. Tuyaning yangi tug‘ilgan bir bo‘talog‘i bor edi. Onasiga yetolmasdan orqada qolayotgan edi. Tuyaning fikri zikri ortda qolgan bo‘talog‘ida edi. Majnun nixtalab haydaganda tuya orqaga qarab qarab qo‘yardi. Majnunning xayoli esa Laylida. Majnun o‘zidan kechib, xayolga cho‘mganda tuya iziga qarab olardi; Majnun o‘ziga kelgan vaqtda oldinga yurardi. Shunday qilib oqshomga qadar yo‘l yurildi. Majnun bir orqasiga qaradiki, yo‘lga tushgan joyidan hatto bir farsah ham uzoqlashmabdilar. Shu payt tuyaga bu so'zlarni aytdi:
— O tuya  ikkimiz ham oshiqmiz. Men Layliga, sen bo‘taloqqa. Ishqlarimiz teskari bizning... Bir birimizni yo‘ldan qoldiryapmiz. Biz bu yo‘lda yo‘ldosh bo‘lolmaymiz. Sen tanga oshiqsan, men  jonga. Ayrilishimiz kerak...

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.