OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Matlub meros

Misr hukmdori Rum hukmdori bilan kelishib, oralaridagi adovatni bartaraf qildilar. Do’stlik ahdini tuzdilar. Do’stliklarini kuchaytirib abadiylashtirish uchun Misr hukmdori o’z qizini Rum hukmdorining o’g’liga berdi. Rum hukmdori ham o’z qizini uning o’g’liga nikohladi. Shunday qilib har ikki hukmdor bir-birlariga qarshi quda bo’ldilar. Bu oshnolik tufayli har ikki tomondan elchi va maktub bot-bot borib-kelib turdi, har ikkisi bir-biri bilan maslahatlashib ish olib bordilar. Bir kuni Misr hukmdori qudasi Rum hukmdoriga shu mazmunda xat yozib yubordi:
—    Ko’zlarimizning nurlari bo’lgan farzandlarimizning vafotimizdan keyin ham rohat va farog’atda yashashlari uchun shu topdan boshlab chora ko’rishimiz kerak. Men o’g’lim uchun juda ko’p mol-dunyo jamladim. Chiroyli bog’ va imorat vujudga keltirdim. Siz ham kuyovim bo’lgan o’g’lingiz uchun shunday qilgan bo’lsangiz kerak.
Rum hukmdori qudasi Misr hukmdorining xatini o’qib, tabassum qildi va shu mazmunda maktub bitdi:
—    Men sizdan ko’ra boshqacharoq yo’l tutdim. Vafosiz mol-dunyo, matolarga iltifot etmayman. Shuning uchun men o’g’limga mol-u dunyo to’plamay, uni ilm-hunarli, odob-axloqli qilib o’stirdim, adab jilosi bilan uni bezadim, yaxshi xislatlarni o’g’lim uchun meros etib qo’ydim. Mol-dunyoga zavol yetadi, ammo odobga zavol yetmaydi.
Misr hukmdori qudasining xatini o’qigach, uning so’zini ma'qullab:
—    Qudam to’g’ri aytadi, odob, axloq — oltindan ham qimmatli, — dedi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.