OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Oliyjanob shoh va qul

Oyog‘i-toyib ketib kosadagi oshni shohning kosadek boshiga to‘kib yuborgan va olijanob shoh oldida o‘z oshini pishirgan bir qul hikoyasi


Saxiy bir podshoh bor edi. Saxiyligidan xalqi uni hurmat qilar edi. Uning bir quli bor edi, xizmat darajasi bakovullik edi.
Kunlardan bir kuni uning bazmida ovqat vaqtida, podshohning ham ishtaxasi yaxshi bo‘lib turganda, falokat bosib, falokat uning oyog‘iga tosh urdi: issiq oshni podshohning boshiga to‘kib yubordi. Odamlar:
- Podshoh endi uni o‘ldiradi. Gunohiga loyiq jazo shudir! - deyishdi.
Shoh esa qulning xafaligini ko‘rib, kechirdi ham ozod qilib yubordi. Vazir dedi:
- Ey saxiylikda beg‘araz shoh, unga tig‘dan boshqa narsa loyiq emas edi-ku? Shoh esa zavq qilib, lutf bilan dedi:
- Xijolat o‘zi uni o‘ldirib bo‘ldi. Hech kim o‘lgan o‘likni boshqatdan o‘ldirmagan; boshiga esajazo tig‘in tortmagan. Xalq ichida kim eng gunohkor bo‘lsa, o‘sha afv va inoya’tga eng ko‘p sazovordir.

Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.