OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

So’fiy va Bag’doddagi asalfurush hikoyati

Bir so‘fiy Bag‘dod qo‘chalaridan o‘tardi, shunda bir odamning:
- Asalim bor, arzonga sotaman, - degan ovozini eshitdi. 
So‘fiy uning oldiga borib dedi: 
- Ey falon, hech narsani hech narsaga berasanmi? 
Asalchi dedi: 
- Nari tur, sen devonamisan, hech jahonda hech narsaga bir narsa beradimi?
G’oyibdan ovoz keldi: 
- Ey so‘fiy, turgan joyingdan bir qadam pastga tushib, xonaga kir, men hech narsa uchun istagan narsangni beraman. Allohning rahmati munavvar quyoshdir, u barcha zarralarni yoritadi. Uning rahmatini ko‘rkim, bir kofir kishi uchun Payg‘ambar bilan ham e’tirozga bordi.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.