Aqlli bir yigit bo‘lib, uning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi nihoyatda baland edi. Va bu qiziqish ortidan turli xil ilmlarni o‘rgandi. Yigit ayni chog‘da go‘zal bir tabiatga sohib edi. Juda ko‘p majlisda qatnashar, ammo bo‘lar-bo‘lmas gaplarga qo‘shilmasdi. Qaerda, qachon, qanday gapirishga e’tibor berardi.
Yana bir majlisga yig‘ildilar. Otasi ham yonida edi. Juda uzun suhbat bo‘ldi, ammo yigit gapga aralashmadi. Bu holat otasi e’tiborini tortdi. Majlis tugashi bilan o‘g‘liga:
–O’g‘lim! – dedi. Sen ham bilgan narsalaring bilan nega bahsga qo‘shilmading?
Yigit javob berdi:
–Qo‘rquvdan, otajonim. Bilmaganlarimni so‘rab qolishsa juda uyalaman! Donolarning, “Sen gapirmaguningcha hech kimning sen bilan ishi yo‘qdir. Ammo, gapirishing bilan so‘zingni dalilini keltirishing kerak bo‘ladi”, – deganlarini eshitmaganmidingiz?
Gapirish foydali va chiroyli narsa bo‘la oladi. Ammo, sukut undan yaxshidir. Chunki, gap inson boshiga bir talay ishlarni soladi.
Kavsar Shodiyeva tarjimasi