OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yashirilgan tosh

Zolim bir askar bor edi. Har zamon o‘ngu so‘lga teginib turardi. Bir kuni tinchigina ketayotgan odamga qitmirlik qildi. Odamni jonini chiqarib yubordi. Yana boshiga bir tosh bilan urdi. Odamning o‘ch olishga kuchi yetmadi. “Bir kun kelib xirmon o‘rarman...” – deb qo‘ydi. Boshiga urilgan toshni olib yonida saqlab qo‘ydi. 
Nihoyat, kutgan xabari keldi. Uni tosh bilan urgan askar bir jinoyati uchun xibsga olinib zindonga tashlanganligini eshitdi. Shu zahoti toshni qo‘liga oldi-da,  to‘g‘ri zindonga  bordi. Izn olib ichkariga kirdi. Va askarning oldiga kelib yashirib qo‘ygan toshi bilan uning boshiga  urdi. Askar hayron bo‘lib so‘radi:
– Sen kimsan? Nega bu tosh bilan kallamga urding? 
Odam:
– Men falonchaman, – dedi. – Bu ham falon paytda boshimga otilgan tosh bo‘ladi. 
    Zolim askar:
–  Xo‘p, shu paytgacha qaerda eding? – deb so‘radi. Odam:
– Sening holatingdan, askarligingdan andisha qilardim. Ammo, hozir seni zindondaligingni g‘animat bildim, – dedi. 

Hikmat 


Har narsaning o‘z vaqti bor. Kutilgan fursat yetib kelmay qilingan ish, muvaffaqiyat qozonolmaydi. Chunki kerakli shartlar hali bajarilmagan bo‘ladi.

"Guliston"dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.