Bir podshoh vazirini huzuriga chorlab, unga bir narsalar dedi. Atrofdagi bir qancha kishi, buni bilolmay, ichlari qizidi. Darhol podshoh huzuridan chiqqan vazirning yoniga borib:
–Sulton bugun falon ish haqida senga nima dedi? – deb so‘rashdi.
Dono vazir:
–Sizga ham yashirin qolmaydi,siz ham o‘rganasiz, – dedi.
Odamlar: – Ammo, sen mamlakatning bosh vazirisan! – dedilar. Senga aytilganlarni bizlarga ochishingni to‘g‘ri topmaydi sulton.
Shunda vazir odamlarga qarab:
–Sulton menga sirini hech kimga ochmasligimni bilgani uchun ham ishonadi. Shunday ekan, siz nega so‘raysiz, mendan? – dedi.
Bo‘lar bo‘lmasga ishonilmaydigan kishilarga sir ochilmaydi. Ochilsa, u ham boshqasiga yetkazadi. Uchinchi kishilar eshitganida, ba’zi bir ishlarga yo‘l ochiladi.
Kavsar Shodiyeva tarjimasi