Bir savdogar uyida ovozi yoqimli, gapiradigan, quvnoq to‘giqushni parvarish qilar va u bilan ko‘nglini yozardi.
Bir kuni tijorat uchun Hindistonga yo‘l tadorigini ko‘ribdi. Uydagilarning har biridan alohida alohida: "Aytinglar Hindistondan sizga nimalar olib kelayin? Nima xohlaysiz?" deb so‘rabdi. Har kim o‘z istagan narsasini aytibdi va navbat to‘tiqushga kelibdi.'" Savdogar:
— Ey go‘zal to‘tiqushim, so‘yla, nima istaysan, keltiraman istagan narsangni, debdi.
To‘tiqush bo‘ynini xam qilib:
— Madomiki Hindistonga ketayotgan ekansan, u yerdagi to‘tiqushlarni ko‘rsang, mening holimni atroflicha tushuntir. Aytginki, sizning hasratingizda yongan bir to‘tiqushim bor. Bizning uyda qafasga solingan. Sizga salom aytdi va sizdan yordam istadi. Qismat ekan, men bu yerda, g‘urbat yerlarda hasrat chekayotirman, siz esa yashil manzaralar, daraxtlar orasida gul bog‘lar qo‘ynida, sayr etayotirsiz. Do‘stlar vafosi shunday bo‘ladimi, deb ayt, debdi.
Savdogar:
— Yaxshi, aytganlaringni yetkazaman, deb yo‘lga tushibdi. Hindiston hududiga kirishi bilan daraxt shoxlarida bir gala to‘tiqushni ko‘ribdi. Otini qo‘yib, ularga to‘tiqushi aytgan gapni oqizmay tomizmay yetkazibdi. Bu gaplarni eshitgan to‘tiqushlardan biri titrashni boshlabdi. Birozdan so‘ng nafasi qaytib, yiqilib o‘libdi. Savdogar bu holdan qattiq iztirobga tushibdi:
— Afsus, bir jonning boshiga yetdim. U har holda mening to‘tiqushimni sevgilisi yoki qarindoshi edi. Koshki gapirmasaydim, xabar bermasaydim. Bechoraning joniga zavol bo‘ldim, deb o‘ylabdi. Shu zaylda Hindistonga kiribdi va tijorat ishlarini bajarib, sovg‘alarni olibdi. So‘ng mamlakatiga qaytibdi.
Uydagilariga hadyalarni tarqatar ekan, to‘giqush ovoz chiqarib so‘rabdi:
— Men bechoraga hech qanday sovg‘ang yo‘qmi? Hindistonda nimalar ko‘rding, u yerdagi to‘tiqushlarga nelar so‘zlading?
Savdogar, garchand ko‘rganlarini aytishni xohdamasada, to‘giqushi undan qayta qayta so‘rayvergach:
— Ayta olmayman. Ahmoqlik qilib qo‘ydim, sendan ularga xabar yetkazdim, endi esa bu ishimdan qattiq afsusdaman, debdi.
—Xo‘sh, nega afsusdasan? Bu tashvishingning sababi nima? Iltimos, so‘zla...
"Voqeani eshitgach, to‘tiqushim qanday holga tusharkin?" deb o‘ylabdi savdogar va oxir oqibat majburan so‘zlashni boshlabdi:
Sening holingni ularga yetkazdim. Ulardan birining joniga jabr etdim. Oralaridan biri so‘zlarymni eshitgach, titrab yiqildi va jon taslim qildi. Hozir men qattiq afsusdaman. Vijdon azobida qoldim. Lekin bo‘lar ish bo‘ldi...
To‘giqush bu so‘zlarni eshitgach, titray boshlabdi. Birozdan so‘ng dami qaytibdi. Savdogar bu holni ko‘rar ko‘rmas: "E voh!" debdi. "Ey go‘zal to‘giqushim, ey yoqimli ovozligim, ey qalbim nash’asi, senga nima bo‘ldi? Eh, afsus", deb nola chekibdi.
To‘giqushni qafasdan chiqaribdi. Shunda to‘giqush banogoh qanot yozib uchib ketibdi. Savdogar hayron bo‘lib to‘tiqushga debdi: "Ey bu ne hol? Nimalar bo‘lyapti?" To‘tiqush quvnoq ohangda javob beribdi: "Hindistondagi to‘tiqush o‘z harakati bilan menga nasihat berdi. Aytdiki: gapirishni, sayrashni qo‘y. Chunki sen qafasdasan. So‘ng o‘zingni o‘lganga solib, Men qilgan ishni qil. Men kabi o‘zingni o‘lganga solsang, qafasdan qutulasan", demoqchi bo‘lgan". To‘tiqush shu gaplarni aytib, uchib ketibdi.
To‘tiqushning hiylasi
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan