O’tgan zamonlarda Salomon degan kishining bir ota va bir onadan tug‘ishgan ukasi bor edi. Salomon ukasini o‘z o‘g‘liday tarbiyaladi va yurish-turishida nojo‘yalik topmay, unga odamlar biladigan va o‘rgatadigan hamma fanlardan ta’lim berdi.
Tangri unga go‘zal ko‘rk va shaydoyi husn berdi. Bola balog‘atga yetgach, shayton yangasining ko‘zini unga burib yubordi, ketidan ko‘nglini ham unga bog‘ladi. Xotin unga oshiq bo‘lib qoldiyu, o‘z dardini nchiga sig‘dirishga chiday olmadi.
Bnr kuni Salomonga xotini shunday dedi:
— Ukang Ibsol, so‘zsiz, olijanob bola, u senga o‘z farzandingdek yaqin. Uning dinu diyonati ustivor, yaxshi xulqli qilib yetishtirding. Endi, uni mening oldimda, bolalaringga qo‘shib qo‘ygin, ularga xulqu odob va yaxshi fe’l-atvorlardan o‘rgatsin.
Salomon, xo‘b, sen aytganday bo‘ladi, dedi.
Keyin Salomon Ibsolga har bir payshanba va juma kunlari yanga qasrga kelib turishni tayinladi. Bunda Ibsol biror shumlik borligini sezib qoladi va Salomonga shunday deydi:
— E, aka, men qayoqdayu, qasrdagi xotinlar qayoqda! Men bu ishni ko‘ngildagidek bajo keltirolmayman. Bolalaringga o‘zing bosh bo‘lib, nazorat qilib tursang, zarur bo‘lganda men ulardan xabar olib tursam, bu durustroq va yaxshiroq bo‘lardi.
Ukasining bu gaplarini eshitgan Salomon ukasiga:
— Bu gaping durustku-ya, lekin yangang sen bilan xursand bo‘ladi,— dedi,— ochiq yuz bilan uning oldiga kirib tursang, u buni xush ko‘radi. Shunday qilsang, senga u yaxshi iltifotlar qiladi, sendan xursand bo‘ladi. Ko‘ngli ko‘tarilib, senga sovg‘alar beradi. Sen ham endi sho‘rtumshuqlik qilib, yangangdan o‘zingni olib qochmagin-da. Axir u seni o‘z bag‘rida katta qildi, sen bola eding, u senga onalik ko‘zi bilan qaradi. Sen ham endi qo‘lingdan keladigan yordamingni ayamay, uni xursand qilgin-da.
Shunday qilib, voqea aytganday bo‘lib, Ibsol yangasining xonasiga kirgach, qanchadan-qancha tillayu qnmmatbaho narsalar sochilib yotganini ko‘rdi. Shayton xotinning bolaga bo‘lgan muhabbatini yana ham oshirib yuborgan edi, xotin qaynisiga ustma-ust gavhar va durlar qadalgan ipaklik sarupolar qo‘ydi.
Ayol o‘zini Ibsolga eng yaqin qilib ko‘rsatib, bu harakatiga uni ishontirmoq uchun o‘zini vazmin tutib turdi, tiliga erk bermadi, zo‘rma-zo‘raki bo‘lsa ham o‘zini tutib turishga urindi. Natijada Ibsol o‘zining aldanganiga farosati yetmay, xotinning xatti-harakatini samimiy deb bildi, unga mehribonlik qilayotganligiga shubha qilmadi.
Nnhoyat xotin uni bir necha marta shunday sinab ko‘rib, xotirjam bo‘lib, ko‘ngli joyiga tushgach, xilvatda unga dilidagi sirini ochib shunday dedi:
— E, Ibsol, tangrining taqdir qilgani bo‘ladi, men va sen yaratilishimizdan oldin, men seni sevishim belgilanib qo‘yilgan. Tangri taoloning taqdir qilgani shu. Rabb ul-olaminning taqdiridan qochib qutuladigan odam ham, qochadigan joy ham yo‘q.
Yangadan bu gaplarni eshitgan Ibsol hayron bo‘lganicha, boshini quyi soldi. Qo‘lini tangridan berilgan va shu holga tushishga sabab bo‘lgan chiroyli yuziga urib, endi nima qilsamikin, deb chuqur o‘yga cho‘mnb qoldi.
Keyin u o‘zicha o‘ylanib qolib aytdi: «Agar men uning talabiga ochiq-oydin buysunmasam, mendan burungi rostgo‘ylarga xotinlar makr qilganidek, bu ham menga makr qilishi mumkin. Agar tangrim va akam ra’yiga qarshi ish qilib, xotinga shnrin so‘zlarimni aytsam, amalga oshmaydigan va’da ustidan chiqqan bo‘lishimdan qo‘rqaman. E, tangrim, menga o‘zing yo‘l ko‘rsat, kushoyish ber!»
Xotinning oldiga kirishni Ibsolning ko‘ngliga soldik. Shundan keyin xotin oldiga kirish fikri Ibsol xayolidan kechdi. Keyin Ibsol o‘ziga-o‘zi shunday dedi: «Taqdir shu ekan, endi peshonamda yozilganidan bo‘lak hech narsa bo‘lmaydi».
Keyin xotinga qarab, tangrining taqdirini kutgin, balki u sendan bu fikrni kaytarar yoki boshqa biror ish qilishga menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar, dedi. E, tangrim, o‘zing kushoyish ber, o‘zing yarlaqa. U o‘zicha aytdi:
«E, tangrim, qalbimni ixtiyoringga topshirdim, uni o‘zing rozi bo‘lgan narsaga barqaror qil. Bu dunyo va oxiratda mening yagona vakilimsan, iloyim sen xotinlarni mening ustimdan xo‘jayinlik qilishiga yo‘l qo‘yma!»
Ibsolning yuqorida, tangri taqdirini kutpb tur, deb xotinga aytgan gapi uning o‘ylab qo‘ygan hiylayu makrini buzgach, xotin birmuncha qizishdi va yig‘lamsirab qizargan ko‘zlarini undan o‘girdi. Xotin qaynisndan arazladi. Ibsol tag‘in xotin dod-voy solmasin uchun bu gap bilan o‘z muddaosini yashirdi va vaqti-vaqti bilan uning huzuriga kirib turadngan bo‘ldi. Buning natijasida xotnn bir qancha vaqt sabr qilib yurib, unga qaytib ginaxonlik qilmay qo‘ydi. Bu bilan xotin go‘yo Ibsoldan tiyilganday bo‘ldi. Ibsol bo‘lsa shunday bo‘lganidan xursand bo‘lib, tangriga shukurlar qilardi.
Ko‘p o‘tmasdanoq xotin qalbn isyon qilib, Ibsol ishqi uni yana o‘ziga tortayotganday bo‘ldi. Shu paytda, uning ko‘ngli chopib, Ibsol bo‘yniga qo‘lini tashladi. Shunda Ibsol xotinni jerkib berdi; shu bilan Ibsol xotindan yuz o‘girdi, xotin esa o‘z ishqida jafo chekib yurdi. Shu tariqa Ibsol xotindan bir oz uzoqlashdi, xotin esa noqulay holatga tushib katta-katta qasamlar ichdi va shunday dedi:
— Rostini aytsam, seni sinab ko‘rmoqchi edim, undan bo‘lak maqsadim ham yo‘q edi, yigitlikning eng avj paytida bo‘la turib qilayotgan taqvoyingning sababini bilgani shunday qilgan edim, natijada, sening chinakam taqvodorligingga ishondim. Egamga qasam ichib aytamanki, bu koqeadan keyin qulog‘ing xafa qiladngan narsani mendan eshitmaydi.
U shu daqiqada bir kunmas-bir kun o‘z qasamini buzishini va aldash niyati borligini yashirib turardi. Xotin eriga aytdi:
— Men ukang Ibsolni yigitlar ayni yetilayotgan paytda sinaladigan yo‘l bilan sinadim. Uni nomusli ekanini bilsam, singlimni olgin, deb aytmoqchi edim; singlim bilan birga juda ko‘p sep ham yubormoqchi edim. Uni sinab ko‘rib, ma’qul topdim, endi singlimni unga nikohlab bermoqchiman. Zora bu ish tangrimga xush kelib, doimiy osoyishtalik baxsh etsa.
Keyin xotin o‘z singlisiga kengashib aytdi:
— Agar sen oldingga kelgan Ibsoldek mehmoningga sevilib qolsang, menga ham u bilan birga bo‘lishga ruxsat berasanmn? Men buni unga aytmayman, o‘zi ham sezmaydi. Men uni o‘zimga kerak bo‘lgani uchungina senga tanlayapman. Agar xohlasang, shunga rozi bo‘lasan, xohlamasang buni sendan qaytaraman, yana o‘zing bilasan.
Xotin kelib Ibsolga aytdi:
— Singlim uyatchan, hali er ko‘rmagan, sen uni xursand qil, oldiga tim-qorong‘u kechada kir; to tanishib, bir oy o‘tmaguncha, undan bir og‘iz ham so‘z so‘rama.
Xotin darrov snnglisi yotadigan joyga borib yotdi.
Ibsol, hali ko‘nglidagi shubhasi ketmasdanoq, qorong‘u kechada xotin oldiga kirgan zahoti yanga uni bag‘riga bosishdan o‘zini tiyolmadi.
U: «Hey»,— deb qattiq baqirib yubordi, keyin unga aytdi:
— Agar sen uyatchan qiz bo‘lganingda eding, er kishidan oldin talpinmasding, sen boshqa bo‘lsang kerak.
Ana shu paytda chaqmoq chaqadigan tizma bulutlardan bir qismini paydo qildik. U bulut chaqmoq chaqib Ibsolga xotin yuzini ko‘rsatdi. Ibsol norozi bo‘lganicha u yerdan qochib chiqib ketdi.
Ibsol juda dovyurak, pahlavon yigit edi. U biron askar ustiga yurish qilganida uni nesu nobud qilmay qo‘ymasdi. U askarlari ko‘p lashkar ustiga bostirib kelganida ularni yer bilan yakson qilar, ularni tevarak-atrofga tumtaraqay qilmasdan qo‘ymasdi.
Uning o‘zini dovyurak, xulqi atvorini raso va o‘zini esa yashirin ilmlarga oshno qilgan edik. U o‘sha yashirin ilmlarni ochdi.
Ibsol, xotin meni unutar, degan umidda akasi va yangasi dargohini bir qancha vaqt tashlab ketmoqchi bo‘ldi, keyin borib akasiga aytdi:
— Senga Mashriqdan tortib Mag‘ribgacha bo‘lgan o‘lkalarni fath qilib, tangri dinini kofirlarga yoysam, nima deysan? Zora, tangrim menga yordam bersa.
Salomon ukasining gapini ma’qul ko‘rib, rozi bo‘ldi.
Keyin Ibsol Qutb tomondagi o‘lkalarga yurish qildi. Undan keyin Sharq tomondagi o‘lkalarni bosnb olishga jazm etdi. U eng izzatli va eng kuchli xalqni qidirib borib, ular ustidan hukmdorligini o‘rnatmoqchi bo‘ldi. Keyin Qay o‘lkalariga, undan keyin to Chingacha bo‘lgan, uning orqa tomonlariga va bu o‘lkaga yondash Hind o‘lkalariga yurdi. Keyin akasining o‘lkalari chegarasiga yetib, akasi egallayolmagan o‘lkalarni to Rofidongacha fath qildi. Keyin kemaga minib, dengizga tushadi. Keyin ortga qaytib, kunchiqish tomonga qarab yo‘l oladi. Qator orollarga duch keladi va qirg‘oq bo‘ylab yuradi. Shunday qilib, kunchiqish orollarini olib bo‘lgach, yana boshqa tomonga burilib, u yerda ham o‘shanday ish qildi. Nihoyat, Humr o‘lkalariga yetib, dengizdan quruqlikka chiqadi va u ba’zi guruhlarni birin-ketin qo‘lga olish uchun ularning yerlarini axtaradi. Keyin Tayho cho‘llarga kirib, to chuqur dengizga borguncha yo‘llarni ulardan tozaladi. Ular bilan urishib, podshohlarini asir oldi. Undan keyin sohil bo‘ylab chuqur dengizni Ahzomgacha yorib o‘tishdan oldin Sabta mamlakatlariga yo‘l oldi. U tekisliklarda toshqin bo‘lib, undagi mamlakatlarni bosib o‘tdi. Keyin shimol dengizlari bo‘ylab sharq tomonga uzoq yo‘l yurdi va nihoyat, ketgan joyiga qaytib keldi. U o‘zicha, endi xotin meni unutgan bo‘lsa kerak, hatto eslamasa ham kerak, deb o‘ylagan edi.
Ibsol Hofiqonga ega qilganimiz Zulqarnayn podshohlarning eng avvalgisi edi. So‘ngra Ibsol akasining oldiga yo‘l oldi. Ibsol butun ufqni tim-qorong‘ulik bosganda akasi oldnga qaytib keldi.
U akasiga aytdi:
— E, aka, senga fath qilib bergan o‘lkalarim ko‘zimga tuproqdan ilashgan bir gardcha ham emas. Menga uni mutloq qadri yo‘q. Men fath qilgan mamlakatlarga ega bo‘lgan toifa ahvolidan xabardor bo‘lgan kishi yerni va yerda bor narsalarni nazar-pisand qilmaydi.
Xotin Ibsolning safardan qaytib kelganini eshitgach, ustomonlik qilib, quchoqlamoqchi bo‘lib unga qulochini yozdi. Bu harakati bilan u go‘yo unga ishqivozlik qilmayotganday bo‘lib ko‘rinmoqchi edi.
Ibsol xotinga aytdi:
— Salom, tangrim seni pok saqlasin, menga yaqinlashma! Men o‘sha bilganing Ibsolman. Tangrim rabb ul-olamiyn o‘z panohida asrasin, barcha yomon kirdikorlarni o‘zi aritsin. Egamga tavakkul qilaman.
Salomon xonadoniga bobilliklardan dushman chiqib, ularning qo‘ri qutlarini tugatadigan bo‘ldi. Ularning jazosini bermoq uchun akasi Ibsolni o‘sha tomonga yubormoqchi bo‘lib, unga askar to‘plab berdi. Xotin esa Ibsolni unutib, unga yaqinlasha olmasligiga ko‘zi yetdi. Natijada xotin Salomon askar boshliqlariga xazinadan pora berib, Ibsolni boshi berk ko‘chaga kirgizib, dushmanga ro‘para qilishga va o‘zlari uning ko‘ziga ko‘rinmay ketib qolishlarini tayinladi. Ibsol qochib ketishi mumkin bo‘lgan har bir yo‘l dushman askarlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak edi. Xotin lashkarboshilarga shularni shart qilib qo‘ydi; Ibsol askarlarga qarshilik qilmoqchi bo‘lsa, ular uni qiyma-qiyma qilib tashlashlari kerak.
Xotin askarlarga nima buyurgan bo‘lsa, ular o‘shani qildilar.
Agar biz uning boshidan baxtsizlikni ko‘tarmaganimizda, qilichlar Ibsolni bo‘lib tashlab, sog‘ qo‘ymagan bo‘lar edi. Ular Ibsolni qonga bo‘yab tashlab ketishdi. U xo‘rlanib qoldi. Biz ularni Ibsol ahvolidan bexabar qoldirdik. Keyin ular ustiga juda ham ivitadigan yomonlik yomg‘irini yog‘dirdik. Unga vahshiy hayvonlarning eng g‘amxo‘ri bo‘lgan — oq kiyikni emizuvchi qilib yubordik. Kiyikning unga mehri kelib, Ibsol og‘ziga o‘z emchagini soldi va shunday qilib u birmuncha vaqt kiyikni emdi.
Ibsolning akasi dushmanlar tomonidan o‘rab olinib, uning hukmronlngi kuchsizlanib qolgan va ukasi Ibsolni yo‘qotganidan qayg‘u-hasratda rangi somon bo‘lgan edi.
Ibsol o‘ziga kelib, duch kelgan kishidan so‘rab-surishtnrib boshiga tushgan kulfatlardan ogoh bo‘ldi, uni qiyin ahvolga tashlab ketgan askarlar to‘dasining ketib qolganini bilgach, juda ham afsuslandi.
— E, tangrim, o‘zing menga ko‘mak ber. Sen menga mehribonsan, menga bergan ne’matingni sanab tugatolmayman; menga cheksiz mehribonlik qilding!—deb tangriga nolidi, uning mehribonligiga shukrona bildirdi.
Shundan keyin u akasining o‘lkasi tomon yo‘l olib, nihoyat, akasiga dushman qo‘llari yetayozganda yurtiga yetib keldi. Shunda Ibsol akasiga mehribonlik qilib:
— Men ukang Ibsolman, sen giriftor bo‘lgan baloni sendan daf qilishim va baloga to‘g‘anoq bo‘lishnm uchun tangrim meni oldingga yubordi,— dedi.
Salomon Ibsolga parokanda bo‘lgan qavmlarni kerakli oziq-ovqatlari bilan yig‘ib berdi. Ibsol shahar chekkasiga, askarlar oldiga chiqib aytdi:
— Mana men, xizmatingizga tayyor o‘sha Ibsolman. Tangrim meni sog‘aytirdi. U eng karomatli va rahmdil. U va’dasiga eng sadoqatli va eng vafoli yordamchi va qodir, mehribon va shifo beruvchi. Har qanday maxfiy narsalar ham unga ayondir.
Ibsol odamlarining yuraklari dovlanib, dushmanlar bilan kurashish uchun to‘plandnlar, dillarida hech bir xavf qolmadi. Dushmanni o‘z yerlaridan surib chiqardilar, dushmanlar qochisha boshlagach, ularning ro‘paralaridan chiqib qarshilik qildilar, nihoyat, ularni yengnb, ularga qattiq shikast yetkazdilar. Hali yetilmagan ekinlarni o‘rgandek qirib tashladilar.
Ibsol urushga shunday kirishdiki, o‘z qo‘li bilan hatto dushman to‘dalarnning ulug‘ini asir qilib oldi. Keyin u Bobilga qarab yurdi. Bobil Ibsolga darhol muyassar bo‘ldi. Kon va boyliklarining hammasi Ibsol qo‘liga kirdi va hamma tomonlarga Ibsol ovozasi tarqab, shonu shavkati zo‘raydi. Ibsol sadoqatli, taqvodor va nomusli podshoh edi.
Shunday qilib, Ibsol o‘z akasi oldiga qaytib kelsa, xotin uni ochiq-oydin aldash payiga tushib, bu ishga qattiq kirishadi. Nihoyat, Ibsolni alday olmasligiga ko‘zi yetgach, xotin endi hind sunbuli dorisidan yoki zarab ul azraqdan Ibsolga ichiringlar, deb oshpaz va dastyorga buyuradi. Ikkovi xotinning buyrug‘ini bajo keltirib, unga miqdoridan ko‘proq zahar ichirishadi. Bu tadbir sabrli kishilarni ham besabr qildi, ko‘pchilikni musibatga cho‘mdirdi. Bundan hatto yer titrayozdi; yer yuzidagi har bir jonli narsa Ibsolning halok bo‘lishidan g‘amu hasratga tushib, hatto Ibsolning o‘zi egalik qilgan mamlakatlardagi va qilich bilan qo‘lga olgan yurtlardagi kishilar ham hasratlanib, bu ish sodir bo‘lganidan g‘azabga kelishdi. Chunki Ibsol har bir jonlining nazarida eng olijanob, asl inson, bilim-ma’rifatli ulug‘ kishi timsoli edi.
Shundan keyin akasi butun qullarndan voz kechdi. U qullarini ozod qilib, ularga xuddi o‘z qarindosh-urug‘laridek iltifot qildi...
Shunday qilib, tangri Salomonga bir hukm orqali xotinining bu qilgan ishini oshkor qildi. Natijada unga xotin, oshpaz, ovqat tashuvchilar tomonidan qilingan maxfiy ishlar ma’lum bo‘ldi. Ular zulm qiluvchi kishi uchun bizdagi bor bo‘lgan azobu uqubatlarni bilmadilar. Ularning uchalasiga ham Ibsolga ichirilgandek ho‘plab zahar ichirildi. Ularning uchalasi ham o‘lib, o‘z joylaridayoq chirib ketdilar. Bundaylarning har bir qilgan ishlariga yarasha jazoimiz ham bor. Biz kichik va katta gunohlardan bexabar emasmiz. Aniq hisoblanmagan hech bir narsa yo‘q. Qaysi bir do‘stimizni huzurimizda bor hukmlardan istagani bilan imtihon qilsak, u sabr qilsa, shunga yarasha mukofotga sazovor bo‘ladi. Ozmuncha kishilar o‘ldirilmaganmidi-yu, ozmunchasi shahid qilinmaganmidi?!
Har bir jon egasi uchun ma’lum muddat bor. Dahrga qazo chiqarishdan oldin biz har bir jon uchun ma’lum bir muddat o‘lchab berganmiz va buni qazo kitobida yozganmiz. Bu o‘sha o‘lchab bergan muddatdan ortiqcha bo‘lmaydi. Endn rabbingga tavakkul qil! Rabbing sen eshitgan va bilgan kishilardan hech biriga qilmagan in’omlarini senga qilmadimi?! Sen o‘rganishing kerak bo‘lgan har bir joyda haq nima ekanini ochib ko‘rsatdi. Seni haq yo‘lga yo‘lladi va senga hamma yordamini ko‘rsatdi*.
__________
* Birinchi shaxsda nomidan aytilayotgan so‘zlar Tangri nomidan gapirilyati.