Arkadiy Averchenko (15 (27) mart 1881, Sevastopol, — 12.3.1925, Praga) – rus yozuvchisi. 1908 yildan «Satirikon» hajviy jurnali xodimi, keyinchalik muharriri, 1913 yildan «Yangi satirikon» jurnali muharriri.
Hajviy hikoya va feletonlarida o‘sha davr holatini ayovsiz fosh qilgan. 1917 yildan muhojirlikda yashagan.
Kitoblari: «Hajviy hikoyalar. 1-2-jild» (1910,1911), «Qabrtoshlar: Hikoyalar» (1911), «Quvnoq ustritsalar» (1911), «Davolovchi hikoyalar» (1912), «Suvdagi aylanalar» (1912), «Qoraga oq bilan» (1913), «Begona o‘tlar» (1914), «Panjaradagi mo‘‘jiza» (1915), «Bo‘ri o‘rasi» (1915), «Shumtakalar» (1915), «Tovonbaliq va cho‘rtanbaliqlar» (1917), «Inqilob beliga pichoqlar» (1920), «Iflos kuch» (1920), «Bolalar» (1922), «Qaynayotgan qozon» (1922), «Rossiyaning eng mashhur kishilarining 20 portreti» (1923), «Chayongulda hordiq», (1924), «Hayosizning hikoyalari» (1925).