Nyu-Yorkda vabo epidemiyasi quturgan paytda bir qarindoshim ikki haftacha Gudzon daryosi sohilidagi hashamatli kottejida yashashni taklif qildi. Bu yerda har-har zamonda shahardan kelib turadigan noxush xabarlarni aytmaganda, maroqli hordiq chiqarish, sayr qilish, baliq ovlash, cho‘milish, musiqa tinglash, xullas dam olish uchun barcha sharoit muhayyo edi. U yoki bu tanishimizning mudhish kasallik domiga ilingani haqidagi xabarlar tez-tez quloqqa chalinib turardi. Axiyri, yaqinlarimizdan birovining o‘limi haqidagi shumxabarlarga ham qulog‘imiz ko‘nikib qoldi. Pochtalonni ko‘rishimiz bilan yurak xovuchlaydigan bo‘lib qoldik. Janubdan esayotgan shamol bizga o‘lim nafasini keltirayotgandek bo‘lardi. Bu haqdagi fikrlar yuragimni muzlatib yuborardi go‘yo.
Men bu haqda o‘ylayverib, hatto kechalari uxlolmay chiqa boshladim. Uy sohibi biroz beparvoroq odam bo‘lsa-da, u ham mening ahvolimdagi o‘zgarishlarni payqab dalda bera boshladi. Uning jiddiy, falsafiy idroki asossiz tasavvurlardan yiroq edi. Garchi noxush yangiliklar uni ham befarq qoldirmagan esa-da, ularning ta’sirida tahlikaga tushmasdi.
Meni qarindoshimning daldalari emas, uning kutubxonasidagi turfa kitoblar sal bo‘lsa-da, xalos eta olardi. Men ko‘pincha bu kitoblarni undan yashirincha o‘qib o‘tirar, shuning uchun u mening ruhiyatimga ina boshlagan xotirjamlikdan taajjubda edi. Xalqlarning udumlari men uchu3n eng qiziqarli mavzu edi. Men bu xususda og‘zimdan ko‘pik soat istalgancha bahslashishga tayyor edim. Uy sohibi bu udumlar, irim-sirimlarning barini bo‘sh-bayov narsalar deb hisoblar, men esa, asrlar sinovidan o‘tgan bu udumlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini, ular zamirida haqiqat zarralari borligini uqtirashga urinardim.
Aytish joizki, men bu yerga kelganimdan bir necha kun o‘tib, shunday bir tushunarsiz va qo‘rqinchli hodisa yuz berdiki, uni bemalol biror falokat darakchisi deb xisoblash mumkin edi. Bu meni shu qadar qattiq qo‘rquvga va tahlikaga soldiki, bir necha kun o‘tib, men bu haqda do‘stimga og‘iz ochishga majbur bo‘ldim.
Xullas, o‘sha kuni men ochiq dereza qarshisida kitob o‘qib o‘tirar, tashqaridan qirg‘oq bo‘yida qad rostlagan baland va tqir tepalik bor bo‘y-basti bilan ko‘zga tashlanib turardi. Daf’atan xayolim dahshat va o‘lim talvasasi ichida qolgan shaharga ko‘chib, kitobni tamomila esimdan chiqardimShu choq parishon nigohlarim yalang tepalikka tushib, dahshatdan don qotdim. Tepalikdan allaqanday qo‘rqinchli maxluq tezlik bilan o‘rmalab tushayotgan edi. Mana, bir lahzada itepalik poyidagi qalin o‘rmonga yetganida ko‘zda yo‘qoldi. Men avvaliga ko‘zlarimga ishonmadim. Axir bunday bo‘lishi mumkin emasdi. Nahotki aqldan ozgan bo‘lsam? Balkim ko‘zimga shunday ko‘ringandir? Yo tush—push ko‘rdimmikin? Hatto ayni damda bu bitiklarni o‘qviyotgan kitobxonning tasavvurida ham mening aqlan sog‘lom ekanimga shubha tug‘ilishi mumkin. Ammo men bu maxluqning qanday o‘rmalab tushayotganini ochiq-oydin o‘z ko‘zlari mbilan ko‘rganman.
Men uzoqdan tepalik va uning poyidagi daraxtlar hajmidan kelib chiqib bu mavhum jonzotning haqiqiy kattaligini tasavvur qildimu, yanaada dahshatga tushdim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, uning kattaligini hozirgi yetmish to‘rt zambarakli kuemalarning korpusi bilan baravar kelardi. Eng ajablanarlisi uning tashqi tuzilishi edi. Bahaybat og‘zi maxluqning 60-70 fut keladigan uzun xartumi uchida joylashgan edi. Xartum to‘liq jun bilan qoplangan bo‘lib, buncha chunni ikkita buyvoldan ham qirqib olishning iloji yo‘q Xartumning ikki tarafadan yana allaqanday uzun, shoxsimon , shaffof a’zo o‘sib chiqqan bo‘lib, unda quyoshning qizg‘ish yog‘dulari aks etardi. Tanasi yerga qoqilgan kattakon ponani esga solardi. Ikki biqinidan to‘rtta uzun va keng qanotlar o‘sib chichqandi. Nazarimda katta va kichiki qanotlar biriga mustahkam zanjir bilan biriktirib qo‘yilgandek tuyuldi.
Hammadan ham uning keng ko‘kragi har qanday odamni dahshatga sola olardi. Uning qop-qora gavdasida ko‘kraklari xuddi o‘zidan nur taratayotgandek alohida ajralib ko‘rinardi. Men bu maxluqning allatovur ko‘kragiga qo‘rquv bilan tikilib turarkanman, xartum uchidagi vahshiyona og‘zi ochilib, nechukdir vizillagan tovush etildiki, u mening qulog‘imga xuddi dafn marosimidagi chalinadigan qo‘ng‘iroqdek eshitildi. Maxluq o‘rmon ichiga kirpib g‘oyib bo‘lganida, men ham \ushimni yo‘qotib, polga ag‘anab tushdim.
O‘zimga kelganimdan so‘ng, miyamga urilgan birinchi fikr bu mash’um hoisa xusuida og‘aynimga yetkazish bo‘ldi. Ammo, yana qandaydir kuch meni bu niyatdan qaytardi.
Oradan uch kuncha o‘tirib, kechga yaqin biz xuddi o‘sha xonada, men dahshatldi maxlukqni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rgan deraza yonida gaplashib qoldik. Zamon va makonning muvofiq kelishi meni oshnamni o‘sha kungi hodisadan ogoh etishga undadi. U avvaliga so‘zlarimni bo‘lmay eshitdi, ke yin to horib-tolguncha miriqi kuldi, keyin esa, mening dovdirligimga ishonch hosil qilmoqchidek ko‘zloarimga diqqat bilan tikilib qoldi. Xuddi shu fursatda men derazadan yana o‘sha dahshatli maxluqning jirkanch qiyofasini ko‘rdimu, qichqirgancha uni do‘stimga ko‘zrsatdim. Avaliga u tepalikda hech narsa ko‘rmayotganini aytdi, men esa, erinmasdan maxluqning ko‘rinishi va qay tartibda harakatlanayotganini tushuntirib berdim.
Og‘aynim yelka qisdi. Men esa, yanada dahshatli hislar qurshovida qolgandim. Nahotki, bu meni o‘z izmiga solmoqchi bo‘lgan mudhish kasallik, yaqinlashayotgan o‘lim yoki \telbalikning ilk nishonasi bo‘lsa? Men asabiylik bilan o‘zimni kursi suyanchig‘iga tashladim va yuzimni kaftlarim bilan berkitib oldim. Men yuzlarimni ochganimda maxluq ko‘zdan yo‘qolgandi.
Bu paytda uy sohibi ham avvalgi sovuqqon ko‘rinishga qaytgan edi va mendan yana bir bora maxluqning ko‘rinishini erinmay surishtira boshladim. Menn uning hamma savollariga javob qaytarganimdan so‘ng, u xuddi jismidagi yovuz kuchlarni haydab chiqargandek chuqur uf tortdi va boya boshlangan falsafa moddiyligi haqidagi baxsni davom ettira boshladi. Darvoqe, u tadqiqotlardagi xatolar tadqiq etilayotgan predmetning ahamiyatini to‘g‘ri anglamaslik, yetarlicha baho bera olmaslik va haddan ortiq bo‘rttirish natijasida kelib chsiqadi, degan fikrda qat’iy qolgandi.
Keyin u o‘z fikrini isbotlash uchun kitob javonidan “tabiat tarixi” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasini oldi va kichiki harflarni yashilab o‘qiy olishi uchun yorug‘hroqqa, men o‘tirgan kursiga kelib o‘tirdi. Biz o‘rin almashdik.
-Agar siz menga maxluqning tashqi tuzilishini aniq tasvirlab bermaganingizda, ehtimol men gap nimada eaknini o‘la qolsam tushunmagan bo‘lardim, - dedi u kitobni varaqlay turib. – Siz avval menga darslikdagi hasharotlar sinfi, pardaqanotlilar turkumi, ishratparastlar oilasiga kiruvchi bir jonzot haqidagi ushbu misralarni o‘qishimga ijozat bersangiz.
“Uning ikki juft mayda qanotlar shaffof, matalrang ko‘rinishga ega, og‘iz a’zolari spiralsimon xartumcha uchida joylashgan, Xartumchaning ikki tomonida qo‘shimcha, ingichka paypaslagichlari bor, Old qanotlar orqa qanotlar bilan maxsus to‘qimalar orqali birikib ketgan, qadimda bu jonzot o‘ziga xos qo‘qinchli ko‘rinishi bilan ko‘pgina elatlarda o‘lim va qo‘rquv ramzi bo‘lib kelgan...”
Shundan so‘ng u kitobni yopib, sal oldinga siljidim va men o‘sha mash’um maxluqni ko‘rgan paytimdagi holata kirdi.
-Ha, man bu yerda ekan, - deya qichqirib bordi u. – Mana, yana tepalikka o‘rmalikka chiqmoqchi. Uning ko‘rinishi chindan ham g‘alati. Biroq, u siz o‘ylagandek u qadar bahaybat ham unchalik uzoqda ham emas. U tepalik ustida emas, derazaning orqa tomonida solingan o‘rgimchak to‘ri bo‘ylab harakatlanyapti. Garov o‘ynab aytishim mumkinnki, uning kattaligi bir dyumning 16 dan bir qismicha keladi. Bu maxluq va mening ko‘zim o‘rtasidagi mafofa ham nari borsa bir enlik keladi, xolos.
Rus tilidan Rustam Jabborov tarjimasi