Ismoil Bo‘zqurt 1940 yili Kiprning Larnaka shahrida tug‘ilgan. Namiq Kamol litseyi hamda Anqara universitetining siyosat fakultetini tamomlagan.
Kiprdagi fuqarolar urushidan so‘ng 1967 yili u siyosatga kirdi va Turk-Kipr jamoa palatasi a’zosi va keyinchalik prezidenti bo‘ldi. 1974 yildan so‘ng u Turk-Kipr parlamentida uch muddat ishladi. Prezidentlik saylovida ikkinchi bo‘lgach, siyosatdan ketdi va ijod bilan jiddiy shug‘ullanishni boshladi. Shuningdek u Sharqiy O‘rta Yer dengizi universitetining Kipr tadqiqotlari instituti direktori lavozimida ishladi va o‘sha yerda chiqadigan jurnalga muharrirlik qildi.
Ismoil Bo‘zqurtning "Qizil maydonda bir uchoq", "Yusufchilar o‘ldimi?" romani (1991), "Managal" romani (1995), «Bir kechada» asarlari mashhur.