Shveysariyalik mashhur adib Maks Frish (Max Frisch) ning nomi adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish. U 1911 yilning 15 mayida Syurixda tug‘ilib, roppa rosa 80 yildan keyin 1991 yilning 4 aprelida ayni shu shaharda vafot etgan. Mana shu ikki sana orasida kechgan vaqt mobaynida adibning o‘nlab roman va pesalari dunyoga keldi. Ayniqsa, uning qalamiga mansub 3 roman: «Shtiller» (1954), «Homo Faber» (1957) va «O‘zimni Gantenbayn atayman» (1964) Maks Frish nomini dunyoga mashhur qildi.