Robert Shekli (Robert Sheckley) Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Nyu-York universitetini bitirgan. 1951 yildan professional yozuvchilik faoliyatini boshlagan. Birinchi asari 1952 yili "So‘nggi tekshiruv" nomi bilan chop etilgan. 70-yillar oxirida «Omni» jurnalining nasr bo‘limi muharriri bo‘lib ishlagan.
Uning asarlari asosan hajviy va fantastik hikoyalardan iborat. "Inson qo‘li bilan ushlanmagan" (1952), "Fikr hidi" (1953), "Mutaxassis" (1953), "Forma" (1953) "Qayiqlar qo‘zg‘oloni" (1955), "Mening o‘xshashim - robot" (1973), "Robot Reks", "Qush-qorovul" (1953) "Vaqt o‘g‘risi" (1952), "Jang" (1954) "Shayton" (1953), "Buxgalter" (1953), "Ideal ayol" (1954), "Yer ziyorati" (1956), "Sevgi tili" (1957) kabi asarlari mashhur.