OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vasiliy Shukshin. Oydindagi suhbatlar (hikoya)

Marya Selezneva bolalar bog‘chasida ishlardi, lekin undan allaqanday bir xas-talik tarqatuvchi tayoqchalar topishdi-da, o‘zingizga boshqa ish toping, qayta ixtisos-lashing, deyishdi 
 - Qaerdan ish topaman? - achchig‘landi Marya. - Pensiyaga bor-yo‘g‘i bir yarim yil qolgan bo‘lsa. «Boshqa ish top», deyish oson - og‘izning bir chetidan chiqib ketadi. Nima men sizlarga to‘ng‘izmanmi… u yonimdan bu yonimga ag‘darilgani? – u «qayta ixtisos-lashing»ni « u yoningizga qayta ag‘dariling» tarzidagi hazil deya tushundi.
 Maryaning ustidan bir kulishdi-bir kulishdi... Va keyin qishloq magazini - «sel-mag»ga qorovullik qilishni taklif etishdi Marya o‘ylab ko‘rgach, bunga ko‘ndi.
 Ana shunday qilib u selmagni qo‘riqlay boshladi.
 Baev degan bir chol tunlari uning oldiga kelishga o‘rgandi. Baev umrini idoralar-da g‘imirsish bilan o‘tkazdi – bir qarasang qishloq jamoatida, undan keyin teri tayyor-lash idorasida, yana bir ko‘rsang, kolxoz boshqaruvida – qaerda bo‘lmasin, cho‘t soqqa-larini shiqillatardi, butun hayoti davomida uning u yon-bu yon surgan soqqalari jamlan-sa, katta bir uydan ham balandroq bo‘lar. U ko‘zga tashlanmaydigan bir odamgina edi, hech qachon safning oldiga chiqmagan, biron-bir marta bo‘lsin, odamlar og‘ziga tushadigan ah-moqlik qilmagan, lekin bir umr biron aql talab etiladigan foydali ishni ham eplama-gan. 
 Shunday qilib na katta-yu na kichik qadam tashlab, oltmish uch yoshgacha yetib keldi, ana shunday odam edi u. Ikki qiz, bir o‘g‘il o‘stirdi, tuzukkina uy qurib oldi… Borib-borib, bunday qarashsa – bu Baev deganlari aqlli ekan! Qaranglar-a, shuncha yoshga yetib bir mar-tagina «oh» chekmabdi, hamma narsaga erishibdi, bari joyida va yaxshi. Baev aslida kal-lasi tupa-tuzuk ishlaydigan erkakligiga o‘zi ham ishonib qoldi va turli suhbatlarda o‘zining aqlli ekanligiga ishora qila boshladi. Lekin u xoh aqlli erkaklar bo‘lsin, xoh aqlli ayollar bo‘lsin, esini tanigandan buyon ularni yoqtirmasdi, hech qachon ular bilan bahslashmasdi, bu odamlarning o‘zidan har taraflama ustunligini xotirjamgina tan olardi. Lekin mana endi uning yuragi g‘alati tepa boshladi – bundan biron xavf ko‘rmay qoldi va yurak tepishi kech bo‘lsa-da, uni bir fikrga boshladi - u noyob bir aql egasi.
 Keyingi paytlarda Baevga uyqusizlik azob berardi, shundanmi, u magazin qoro-vuli Maryaning oldiga suhbatlashish uchun borishga odatlandi. 
 Marya tunda sartaroshxonada o‘tirardi. Ya’ni Marya tunda kunduzi soch-soqol Oli-nadigan uychada o‘tirardi, chunki uning oynalaridan selmag kaftdagiday ko‘rinardi. 
 Sartaroshxona joylashgan uychada o‘tkir atir hidi anqir, xona issiq va qandaydir bir o‘ta qulay edi. Yana qo‘rqinchli emasdi. Selmag va uycha orasidagi maydon boshdan-oyoq yop-yorug‘, tunlari esa oydin edi. Ajib bir go‘zal tunlar edi - oy ko‘kdan arg‘amchida tortib tushirilgandayin – u ana shunday yaqin va katta edi. Kunduzi qor erir, tunga borib esa, tosh qotardi. Muz atrofga yoyilgan moviy nurda g‘oyatda chiroyli yaltillardi.
Uychada chiroqni yoqishmasdi, faqatgina devor va shiftda pechkadan yonayotgan o‘tdan taralayotgan nur dog‘lari o‘yinga tushardi. Va bu tez oqayotgan yorug‘ chehralar bir-biriga qorishib ketar, ajralar, tebranar va shivirlashardi. 
 Ana shu tarzda bu ajoyib tebranayotgan kashtali dunyochada o‘tirish ham, suhbat-lashish ham maroqli edi. Derazadan tashqarida katta bir hayot kechayotganini va uning qo‘y-nida o‘zing ham borligini his etayotganday bo‘larding. Va ertaga yana bir kun boshlanadi, sen unda ham borsan va balki biron-bir yaxshi voqea sodir bo‘ladi. Agar aqlli yashasang, yaxshilikka ishonishing mumkin. 
 - Odamlarchi, ular faqat bugungi kunni o‘ylab yashashadi, Baev mulohaza yuritardi. –Hayotda esa hech bir narsani nazardan qochirmaslik kerak. Qat’iy reja!.. – Baev qiyofasiga ma’noli tus berdi, bunda uning yuqori labi qaergadir, burni tomonga qarab tortildi, ko‘zi esa qisildi - go‘yoki hozir u «nim-ma» deydiganday tuyuldi. – Reja! Qaysi bir aql-li xo‘jayin oldindan nimasi borligini va qancha turishini bilmasdan uy buzishga tusha-di. Hisob-kitob ishida buni reja deydilar. Birda yashab turgan kulbamizni buzishga shaylandim – ko‘ngil kengroq, kattaroq uyda yashashni tusab qoldi, lekin bunday kallani ishlatsam, yarmiga kuchim yetadimi-yo‘qmi? O‘ttiz yoshinggacha olovday yashaysan, undan keyin – daming chiqib qolibdi. 
Marya quvvatlab bosh chayqadi. 
 Chindan ham Baev aqlliga o‘xshaydi, idoralarda o‘tirib kuchini behuda sarflama-gan, uni bir umr uchun saqlagan – ana shundan u hozirda to‘q, tiqmachoqdek, yana kamida yigirma besh yillik umrni mo‘ljallab turibdi. 
 - Abjirlar ham ko‘p-da ! Men birda bemorxonada yotgandim … meni u yerga Neverov olib borgandi, urush paytida ijroqo‘mga rais edi, esladingmi? 
 - Yo‘q. Unaqalardan nechtasi … 
 - Neverov, Vasiliy Ilich. O‘shanda sut yetkazib berishni eplasholmaganmi - u nima qilishini bilmay qolgan, tiriklay go‘rga ko‘mishsa ham mayli edi. Men bir marta uning kabinetiga kirdim va dedim: "Vasiliy Ilich, sut yetkazib berish topshirig‘ini bajarish-ni o‘rgatishimni istaysizmi?" - "Qani", - dedi u . " Bizda-chi kolxozchilar hammasini topshirishdimi?" - " Hammasini topshirishgandayin , - dedi u. - Nimaydi?" Men so‘zim-da davom etdim: "Siz tekshirib ko‘ring, ha, tekshirib ko‘ringchi, hammasini topshirishgan-mikan?"
 - Eh, o‘shanda qancha sut eltib topshirardik ! – esladi Marya. – He, shunday sigirni sog‘ishing bilanoq topshirgan paytlarimiz bo‘lgan. Bolalarga bir piyoladan berarding, qolganini sut olib ketuvchilar idishiga quyarding. Haligi reja deganlari ham qanday edi-ya… qip-qizil ahmoqona! 
 - Sen gaplarimni eshit! - Baev olis yillardagi kashfiyotini eslarkan jonlanib ketdi. - " Hammasini topshirishganmi? Yo yo‘qmi?" U bir qizni chaqirdi: " Ma’lumotni, - dedi , - olib kel". Ko‘rib chiqdik: deyarli hammasini topshirishgan, gapirishga arzimagani qolgan ." Mana, - dedi, - deyarli hammasi". - " Endi bunday qilamiz, - bu gapni men unga aytdim, - keling, mulohaza yuritamiz: davlat topshirig‘iga mana shuncha yetmaydi, hozir qanchaligini eslolmayman, shundaymi? Kolxozchilar o‘zlarida deyarli borini topshi-rishgan ... Sutni qaerdan olamiz?" U menga: "Sen, - dedi, - mening miyamni… eshit-ganing, bo‘ladigan gapni gapir!" U olamda yo‘q so‘kong‘ich edi. Men qo‘limga cho‘t oldim : keling, bir hisoblaylik. Aytaylik, sen sut yig‘adiganlarga besh yuz litr topshirishing kerak. - Baev xayolidagi cho‘tda xayolidagi besh donani surdi, Maryaga toqat bilan va mulo-yim boqdi. - Shundaymi? Bu sening sigiring sutida yog‘ shuncha-shuncha bo‘lishi hisobidan. – Baev xayolidagi yana bir necha soqqani oldingilaridan balandroqda surdi. – Lekin sigiringni sutidagi yog‘ besh yuz litrga yetadigan darajada emasligi, undan pastligi aniq bo‘ldi. Tushunyapsanmi? Unda sen besh yuz litr emas, aytaylik, besh yuz yetmish besh litr olib borishing zarur. Tushundingmi? 
 Marya hozircha tushunib yetmadi. 
 - O‘shanda u ham tushunmadi : menga qarab ko‘zlarini pirpiratdi : tushunmayapman, nima demoqchisan. Hammadan, dedim, bir foizdan yog‘lilikni olib tashlang - ana sizga - qo‘shimcha sut. Siz bu sutni kolxozchilardan olinayotgan davlat topshirig‘idek ko‘rsatasiz. Sut bo‘lsa bo‘lgani, uni qog‘ozda istaganingcha o‘zgartirish mumkin. Eh, u o‘shanda xursand-ligidan o‘tirgani joy topolmay qoldi. Og‘zingga siqqanini so‘ra, deydi. Bilasanmi, nima dedim: meni shahar bemorxonasiga yotqizishga olib bor. Olib bordi.
 Marya davlat topshirig‘ini bajarishdagi qiyin ahvoldan qanday chiqa olishgan-larini haligacha hech aqliga sig‘dira olmasdi.
 - Yo Xudo-ya! – hayajonlandi Baev. – Mana sen besh yuz litringni olib bording, keyin senga grajdanka Selezneva hali yana yetmish besh litr gardaningda turibdi, deyisha-di. Sen albatta, nega ekan, deysan. Menga o‘xshagan qo‘lida cho‘t, qandaydir bittasi keling birga hisoblaymiz, deydi… Yog‘ga kelganda xatoga yo‘l qo‘yilibdi-da. Xodim qaramagan-da… Men bo‘lsam – bemorxonadaman. Hozirdayam u yerga qishloqdan borganlarni yaqin yo‘latishmaydi. Men esam qanday bir paytda bemorxonada yotdim.
- Nega endi?.. Og‘rib qoldingmi, niyma? 
 - Senga nima desamikan... Yo‘q. Menda bir qusur boridi: o‘shandayam ko‘zim… deyar-li ko‘r edim. Anna shuning uchun urushga olishmagan. Lekin men bemorxonaga buning uchun emas… qanday ifodalasam ekan… Shahar bemorxonasida yotishni ko‘nglim tusab qoldi. Esimdan chiqqan emas, unda yosh yigit edim, lekin bir narsani o‘ylaganim-o‘ylagan edim: shahar bemorxonasiga qanday qilib yotsam ekan? Ana shunda o‘sha voqea qo‘l kelib qoldi. Ha. Bemorxonaga bordim, demak, menga koyka ajratilgan, hamma narsa yog‘ tushsa, yalagudek, choyshablar, koyka oldida javoncha ... Palatada tag‘g‘in beshta jo‘rttaga inqillagan yotibdi, har qaysi har xil sabab bilan, bittasining qo‘li mayib, boshqasining boshi o‘rab tashlan-gan, bitta traktorchini kuragining yarmi kuyib ketgan, benzin yongan yerga o‘zini uribdi-chi. Anna shunnaqa. Ha, mayli, deb o‘ylayman, mening orzum amalga oshadi. 
 - Han nimma, hech bir sababsiz yotishmi, bo‘lgani shumi? - Maryaning aqli yetmasdi.
 - Bo‘lgani. Qani, bu yerda menga qanday qarasharkin, deya o‘ylayman. Boshqacha qarashadi deya eshitganim bor-da. Hech qanday bir maxsus qarashni ko‘rmadim - faqat "Nimadan bezovtasiz? Qaeringiz og‘riyapti?" deb so‘rashgani-so‘rashgan. Yuragim og‘riyapti, kel, qo‘lingdan kelsa, unga davo topgin, deyman. Hamma yerimni mushtlab chiqishdi, quloq tutishdi, biron-bir natija yo‘q.. E, bemorxona haqida gapirib nima, odamlarga kelay-lik… Demak, men palataga kirganimda o‘sha mollar yotishgandi… Men ularga yaxshilikcha 
«Xo‘sh, salom, yigitlar!» dedim. Va yo‘l charchog‘i yengib, birpasgina mizg‘imoqchi bo‘ldim: yo‘l uzoq edi-da, arava chayqab tashlagandi. Birpasgina mizg‘ib olay, dedim.
Ko‘zim ilinibdi, demak, u qo‘tir echkilar menga nima deyishdi de: "Analiz olish zarur". - "Qanaqa analiz ?" - " Najas, - deyishdi, - to‘qqiz yuz gramm va yana haligi ko‘pik-langan ter". Men taajjubga tushdim, albatta, lekin ...
 Ana shunda Maryaning ich-ichidan kulgi otilib chiqdi, qo‘zlaridan yosh tirqirab otilgancha kuldi. Baev ham avvaliga «hm-hm»lab turdi, lekin keyin Maryaning kulgidan to‘xtatishini kutib qiyofasi jiddiylashdi. 
 - Ha, nima bo‘ldi keyin? - Marya ko‘zini jun ro‘moli uchi bilan artgancha so‘radi . -
Aytganlarini to‘plab berdingmi?
 - Avvaliga ular terlarini to‘plashga, ha, artishga tushishdi, - Baev davom etdi, u hikoyasi masxaraga aylanganidan norozi edi, u saboq chikaradigan xulosa topishga intil-di. – Ustimga to‘shaklar yopishdi, ustidan ikkita ko‘rpa tashlashdi, ko‘pikni bo‘lsa qo‘l-tig‘im ostidan siqib chiqarishga urinishdi, nimaymish, ter tomchilarmish. Qaragin, odam-larning kallasini nima egallagan: kasallikka solyapti, deyishadi-da! Qaragin, o‘ylab ko‘rsalar bo‘lmasmidi – dahshatli urush ketayotgan bo‘lsa, ularni, mexanizatorlar kabi hozircha bronda tutib turishibdi: bunday paytda so‘lib-sarg‘ayganlikka olgin-da bu dunyo-da yo‘kdayin og‘zingga tolqon sol. Yo‘q, ular qayoqdagi jin urgur gaplarni o‘ylab topisha-di. U yotganicha o‘ylaydi, hayoti oldinda, uni qanday qilib bo‘lsada rejalashtirish, izmi-da bor narsani hisoblashi kerak, aytishlaricha?.. Sen nima! U tish qayraydi va o‘ylanib o‘tirgandan ko‘ra yotgancha qotib-qotib kulgan ma’qul deydi. 
 Marya to‘qqiz yuz gramm haqida eslab qoldi va yana xoxoladi. U Baevning hozirgi-dayin jiddiy gaplaridan so‘ng kulish yaxshi emasligini tushunardi, lekin baribir o‘zini kulgidan to‘xtata olmasdi. 
 - Shunnaqqa, qanday qip … anovini ?.. Yig‘ib beroldingmi? - ayol yana ko‘zlarini artdi. - Nima qilayin, o‘zimga kuchim yetmayapti, Nikolay Ferapontich, sen meni kechir, lekin rosa kulgili-da, To‘qqiz yuz grammni yig‘ib berdingmi-yo‘qmi? 
 - Nima-nima, biz shunaqamizda – o‘zimizga kuchimiz yetmaydi-da, - Baev ranjidi, - Entak-tentak yashaymiz – o‘zimizga kuchimiz yetmaydi, ichamiz- sayoq yuramiz - o‘zimizga kuchi-miz yetmaydi, fosiq ishlarga qo‘l uramiz – yana o‘zimizga kuchimiz yetmaydi. Ana mening kuyovim, ishni ajralishgacha olib bordi, yaramas so‘yloq, o‘ziga kuchi yetmaydi. Ayg‘irlar. Razillar. - Baev jahli chiqqanidan qizarib-bo‘zardi. – Bir katta mixni olsang-da, ular-ning klubiga borsang, hammasini qatorlashtirib mix bilan teshsang. Qah-qahlashni o‘r-ganishibdi-da? Oyoqlari tuproq sochishni o‘rganishibdi-da?.. Ana endi boshingni eggin, men senga yashashni o‘rgataman! Sassiq takalar.
 O‘rtaga sukunut cho‘kdi. Marya og‘ir uh tortdi: unda-da qizi bor, uning oilaviy hayoti ham bo‘lmagan.
 - Sen ularga qanday yordam berasan ? – dedi ayol - . Mayli, ko‘ngling taskin topsin, lekin aytgin, qanday yordam berasan? 
 - Hech qanday, - Baevning baqirishiga sal qoldi. - Masalalarini o‘zlari hal qilib olishsin. 
 Ular yana jim qolishdi. 
 Baev hidlanadigan tamaki solingan shishacha oldi, burun kataklariga tortdi – birinchisiga, ikkinchisiga, - xiralashgan kichkina ko‘zlarini pirpiratdi va ro‘molchaga maza qilib aksa urdi. 
 - Ko‘zingga foydasi bormi o‘zi? - Marya tamaki halqachalariga ishora etib so‘radi.
 - Agar bu bo‘lmaganda allaqachon ko‘r bo‘lib qolardim. Faqat shu tamaki ushlab turibdi-da. 
 - Ko‘zing qachon xiralashib qoldi, qaerda? Urug‘laringda hammaning ko‘zi o‘tkir edi-ku. 
 - O‘tkir... – Baev nafasini ichiga yutdi. – Hammasining ko‘zi o‘tkir, lekin hammasi ham aqlli emas. – Baev shishachani cho‘ntagiga yashirdi, o‘ylangancha jim qoldi. - Marhum otam meni nima qilganini na qalam bilan yozib bo‘ladi, na…nima deydilar?.. Mening maktabga bormasligim uchun u o‘ylab topgan ishlarni aqlingga sig‘dira olmaysan. Men esa o‘lgiday o‘qishni istardim. O‘shshanda diniy maktab edi… Ruhoniy otaxon otamning ol-diga kelib, qobiliyatli bola, maktabga borsin, dedi. Keyin! Mening otamga faqat… Yomonlikni eslash gunoh, lekin … tag‘in… Men qanchalik iltimos qilmadim, oyog‘ining tagiga yotib oldim, nola qilib, ko‘z yosh to‘kdim – maktabga borishga ijozat bering! U Piy-mani tokchaga otadi va tamom. Pech yonida o‘tir, oyog‘ingni issiq qilgin – otamning topgan gapi shu. Eh-h!.. - Baev achchig‘langancha yana jim qoldi. - Shunaqqa, hamma uyquga ketgach, qorachiroqni yoqamanda, pech burchagiga tiqilaman va o‘qiyveraman-o‘qiyveraman. Tun bo‘yi o‘qib chiqaman – ana shunda ko‘zimdan nur qochgan-da.
 - Shunaqqa qilib, nega otang seni bunday?..
 - Buni o‘zidan so‘ragin! O‘qish erkaklarning ishi emasmish.O‘jar, savodsiz odam edi. Bir umr men uning qilguliklarini yuragimda saqlab keldim.. Esimda turibdi, o‘la-yotganda: "Kechir, Kolka, o‘qishingga to‘sqinlik qildim ...", dedi. Bunday paytlarda nima deyish kerakligini yaxshi bilaman, lekin til aylanmaydi. "Mayli, - deyman, - o‘tganni qaytarib bo‘larmidi." Ana shunday yuragim tosh qotdi! Chunki uning tili achchiq edi! Mening kallam esa joyida edi! Ba’zan, she’rni ikki marta o‘qisam, hech bir tutilmasdan yoddan sharillataverdim. 
 - Ko‘rdingmi, agar «kechir» degan bo‘lsa, keyin tushunib yetibdi-da.
 - Ha, keyin- keyin-da ... Mening oldimga kelishadi-da, " Xudo haqqi, ariza yozib bergin», deyishadi yo boshqa bir narsani iltimos qilishadi, qup-quruqqa emas, bitta tovuqmi yo o‘nta tuxummi, ba’zan yung… ikki funtcha olib kelishadi... Men o‘tiramanda, yozishga tushaman, iltimosnoma yozish men uchun tupurgandek bir gap: bir joyida qattiq olaman, boshqa yerida bo‘yoqni quyuqlashtiraman, zarur bo‘lsa, o‘zingni uvolgina ko‘rsatasan, yo bo‘lmasa, yuqori tashkilotlar haqida gap qistirib o‘tasan… Buni katta bir ilm deydi-lar. Yozib bo‘lib, iltimoschining qo‘liga tutqazasan: "Ma, oyog‘ingni qo‘lingga olib, yo‘lga tush". Bu inson og‘zi qulog‘iga yetib ketyapti. Bir soatmi-yarim soatdami tovuqlik bo‘lib olganingni ham sezmaydi. Otam esa buni ko‘rib turadi, burnini tortadi - albatta o‘zi-ning aybini biladi-da. Ha, seni-ya, o‘ylayman, o‘qigani qo‘yganingdami, men hozir… Mayli. Unda tovuqning o‘zi nari tursin, hidi bormidi! Axir, men hammasiga o‘zim o‘qib-o‘rganib erishdim - avval hisobchi, so‘ng buxgalter bo‘ldim. Hozirgi dangasalarni o‘qit-gandek meni o‘n yil o‘qitganlarida, men nimalar qilmagan … bilmadim. Eh-h! Mayli. – Baevga chindan ham alam qilayotgandi, hatto ko‘zlari yoshlandi, u bukilgan ko‘rsatkich bar-mog‘i bilan artib oldi. - Hozir nimasini aytasan. Albatta, alam qiladi… Mana endi hammasi o‘tdi-ketdi - bu qo‘llarimdan qancha ish o‘tganini bir tasavvur qilib ko‘rgin! Axir meni boshqa tumanlarga revizor qilib jo‘natishdi! Boryapman, xayolimdan ketmaydi: kattalar mening bizda bittasi hazillashgandayin – cherkov diniy maktabi – ChDB da bor-yo‘g‘i bir yarim sinf o‘qiganimni bilishgandami. Bor-yo‘g‘i bir yarim qish bordi-keldi qildim, sizlar bo‘lsangiz, boshqalarni taftish qilishga jo‘natyapsiz! Indamadim-qo‘y-dim… 
 - Xudo senga o‘qish uchun bir intilish baxsh etgan ekan-ku! - Marya chinakamiga hur-mat bilan so‘zladi. - Bu intilish qaerdan paydo bo‘lgan? 
 - Kuzatuvchanlik, - Baev tushuntirdi. – Men esimni taniganimdan buyon bir narsani bilaman – har doim kuzatuvchan edim. Do‘mboqqina bolaligimda tizzamgacha suvga kirib turgan paytim ko‘p bo‘lgan. Esingdami, qishloq yaqinida ko‘l bor edi? Ramenskoe deb ata-shardi- suvga tushardim va turaverardim. Yarim kungacha harakatsiz turardim – suvda nimalar bo‘layotganini kuzatardim. Bu Xudo tomonidan beriladi. Bu hech qachon odamlar tomonidan emas. Men otamdan aqlli maslahat o‘rniga tepki olardim, xolos. 
 - Qaranglar-a, - Marya yana hurmat bilan so‘zladi. - Menga esa, nima bo‘lsa, bari-bir! Ko‘chada o‘ynab to‘ymasdim. Kun bo‘yi ko‘chadan uyga kirgim kelmasdi.
 - Men gunoh ish deb o‘ylayman... – Baev atrofga qarab oldi va ovozini pasaytirdi. - Men o‘ylayman: marhum onam meni boshqa birontasidan orttirganmi yo? 
 - Yo Xudoyim! – Marya hayajonga tushdi, lekin u ham past ovozda so‘zlandi va at-rofga alanglashiga oz qoldi. – Anisya xolla-ya! Ferapontich, nimalar deyapsan...
Xudoyim! Senmi, sen otangga o‘xshaysan. Faqat sen to‘laroq va soqoling yo‘q, bo‘lmasa… Nima bo‘ldi senga, Xudoni o‘yla! U bu ishni … kim bilan qilishi mumkin?
 - Endi-ii!.. - Baev yana shishachani qo‘liga oldi. - Mening kallamni ishlashi kimga tortgan ekan? Men bir narsani o‘ylayman : amerikaliklar-chi o‘shshanda bizda hammayoqni qazib tashlashgandi – tog‘larda nimadir qidirishardi... E, it biladimi! Ular-chi… anovi… tinib-tinchimas xalq… 
 - Shunaqqa, o‘xshaysanmi o‘zi?
 - Endi-ii!.. O‘xshayman! Kichikligingdan bir odam atrofida uymalashaversang, o‘xshab qolasan. Ana it xo‘jayiniga o‘xshab boradi-yu, odam-chi… E, it biladimi! Balki, bo‘ynimga gunoh yuklarman. Lekin otam ikkovimizning qarashlarimiz osmon bilan yercha. 
Yuragim sezib turadi: mening xamirturushim dehqoncha emas. Tug‘ilganimdan buyon na shudgorlashga, na ekishga… biron-bir dehqonchilikka havasim yo‘q.. Sharobga ham hech qachon ko‘ngil qo‘ymaganman - Baev dehqon zotidan emasligini isbotlash uchun qattiq tirishmasdan, ko‘proq mulohaza yuritar va ikkilanardi. - Agar bunday o‘ylab qaraganda, nega bu narsalar menda yo‘q? Men yer olish uchun intilishim kerak edi yo bayram kunlari… olishib-solishib yurishim. Yo‘q! O‘zimning polizimizda g‘imirlashni yoqtirmayman. Men idorada o‘tirish uchun yaratilganman …
 - Shunaqqaqip, o‘tirib kelishgan - issiqqinada va hurmatda,- Marya o‘rnidan turdi.
 - O‘tir ! - Baev hayajonlanib baqirdi. - Nega sen erkak o‘rniga tun bo‘yi ishlab chiqasan? Idorada o‘tir va vaqt o‘tkazaver.
 - Vaqt o‘tkazaver...
 - An-na! Kalla bo‘lishi kerak? Mana men kalla to‘g‘risida gapiryapman. Agar kelib chiqishim dehqon bo‘lsa, bu kallani qaydan olganman? 
 - Nima, seningcha, dehqonlardan katta odamlar chiqmaganmi? Ana urushda…
 - U-u-urushda! – Baev ayolning gapini bo‘ldi. - nagan ko‘tarib va tomoq yirtib chopib yurish – bu hali eng buyuk donolik emas. Tomoqyirtarlar bizda ko‘p bo‘lgan emas. Birgina Vanya Kisani olgin... Bolaligidan qo‘lida pichoq edi. Boshi turmadan chiqmasdi, yurakkasal. Ana shuyam botirlarning botiri sanalardi…
 - O‘xshatishni qoyillatding-da!
 - O‘xshataman-da? Botirlikda Kisadan o‘tadigan bo‘lganmi?.. Bironta shunaqasi bormi?
 - Kisa - qaroqchi. Qaroqchi, bo‘lgan-turgani qaroqchi. Men yaxshi erkaklar haqida gapiraman. Ana Ivan Kozlovni olgin... Oddiy askar edi, komandir bo‘ldi. Ordenining sanog‘iga yetmaysan, o‘shshanda fotosuratini yuborganda butun qishloq tomosha qilishga chopgandik. 
 - Bu ... shunchaki bir, - Baev chuqur nafas oldi. U chalasavod Maryaning o‘ziga teng emasligini yashirmasdi, u bilan bahslashib nima, baribir o‘zining kalta o‘yi bilan biron nimaning tagiga yetmasa. – Albatta, komandir, ordenlar … shaqar-shuqur, g‘archillaydigan etik…Bularning hammasi ta’sir ko‘rsatadi. Lekin baribir boshni hech qanday orden bilan almashtira olmaysan. Balki bosh degani bordir, balki … shunday - shapka kiyadi-gan bir narsadir.
 Baev Marya bilan ana shunday suhbatlashardi. Uchgacha, to‘rtgacha o‘tirishardi. Ko‘pincha nimagalardir kelisha olishmas, gaplari qochib qolib, qizishishar, lekin tinch-gina xayrlashishardi. Baev maydon orqali jo‘nab qolardi, to‘g‘ri kesib chiqsa – uyi, Marya esa divanga cho‘zilib, tong otguncha xotirjam uxlardi. So‘ngra – sershovqin, sertashvish, samarasiz kun boshlanardi... Va so‘ng yana tun yer uzra qora chodirini yozar, yana suhbat, o‘yga cho‘mish, eslash – turmushning tinchgina, zo‘rg‘a ilg‘ab qolinadigan shodliklariga sho‘ng‘ish istagi yetaklab ketardi. 
 ... Birda Baev Marya bilan tungi uchlargacha suhbatlashib o‘tirishdi. Baev xushbo‘y ermagi – tamakining oxirgi qismini valeryanka tomchilariga qo‘shib burniga tiqdi-da, ketishga chog‘landi. Ana shunda Marya, do‘kon ayvonchasiga bir kishi kirib borayotganini ko‘rdi.... Kirdi, qulfni tortdi va ortiga o‘grildi. Marya kursiga qapishib ketdi. 
 - Ferapontich, - Marya dahshatga tushib shivirladi, - qaragin!
 Baev tikilib qaradi va qo‘rquvdan yuzi burishib ketdi. 
 Ayvonchadagi odam depsindi, yana qulfga qo‘l cho‘zdi… Temirning sharaqlagani eshitildi. 
 - Ot! - Baev Maryaga pichirladi. - Ot!.. To‘g‘ri derazadan o‘q uz!
 Marya qimirlamadi. U derazadan ko‘z uzmasdi..
 - Ot! - Baev yana undadi.
 - Men qanday qip otaman?! Tirik odamga... "Ot!" Qanday?! Nima demoqchisan?
 Ayvonchadagi odam uycha derazasi tomon qaradi, pastga tushdi va to‘g‘ri Maryalar tomon yo‘naldi. 
 - Yetti olam xo‘jayini, o‘zing asragin, - Marya shivirladi, - qiyomat yaqinlashyapti. Xudoyim, gunohkor bandangni o‘zing kechir…
 Baev bo‘lsa shivirlashga ham majol topolmas, faqat barmoqlari bilan miltiqqa va derazaga imo qilar – otgin, dermidi.
 Deraza tagida qorni g‘archillatgan qadam tovushi eshitildi... Notanish odam to‘x-tab, derazadan tikildi. Ana shunda Marya uni tanidi. Shodon qichqirdi:
 - E, bu Petka-ku! Petka Sibirsev!
 - Nimaga hech kim yo‘q ? – so‘radi Petka .
 - Kir, kiraqol! - Marya qo‘l silkidi. – Makkor, yaramas! Hozir naq yuragim yorilib ketadi, deb qo‘rqdim. Yarim tunda tentirab yuradigan shayton! Boshog‘riq tutib qolib kun bilan tunning farqiga bormay qolgan u. 
 Petka ichkari kirdi.
 - Nima hozzir tunmi? – so‘radi u.
 - Qip-qizil tentak-ku bu! - Marya yana koyindi. - Sen nima do‘konga choraktalikka keldingmi? 
Petka tunligini hayrat va alam bilan angladi. 
 - Uxlab qolibman ...
 Nihoyat Baevning qo‘l-oyog‘i harakatga keldi, bir-ikki marta tamaki hidladi, ak-sirmadi, ro‘molchaga burun qoqdi. 
 - Ha-a, - dedi u. - Esini yo‘qotganicha ichadimi odam, tun bilan kunning farqiga bormay qolsa-ya… 
 Petka Sibirsev uzun taxta «eshak»ka o‘tirdi, boshini ushladi. 
 - Shunchalikka boradimi! - Marya haligacha hayratlanardi. – Otib qo‘yganimda nima bo‘lardi?
 Petka boshini ko‘tardi, Maryaga qaradi - yo uning nima deyotganini tushunmadi, yo gapiga tuzuk ahamiyat bermadi. 
 - Uning boshi og‘riyapti, - Baev kuyinganday so‘zlandi. - Eh-h... Odamlar! - Baev ro‘molcha bilan lablaridan tamaki changini qoqdi, ko‘zlarini artdi. - Nabiram menga bir kitobchani o‘qib beryapti: Aleksandr Nevskiyning rus yerini himoya qilganini... Yaxshi yozilgan, lekin men undagi bironta so‘zga ishonmayman.
 Marya va Petka cholga o‘girilishdi. 
 - Ishonmayman! - Baev bor kuchini jag‘iga to‘plab baqirdi. - Yozgan odam o‘ylab top-gan... va jaraq-jaraq pul olgan .
 - Qandayiga? – Marya tushunmadi.
 - Yolg‘onni eshvorgan! Nima, aldashmaydimi?
 - Axir bu tarixiy voqea-ku - dedi Petka. – Qanday qilib yolg‘on to‘qishi mumkin? Albatta, u o‘t-betini bo‘yagan, lekin bu bo‘lgan voqea. 
 - Bo‘lmagan.
 - Shundaymi! – Petka og‘riyotgan boshini tebratdi. - Hm...
 - Xo‘p, unda kimlar bilan birga himoya qilgan? Senga o‘xshagan jangchilar bilan-mi?
 Petka yana cholga qaradi ... Lekin indamadi.
 - Agar sizlar bilan biron nima qila olmayotgan bo‘lishsa – to‘rt tomonda turib tarbiya qilayotgan, aqlingizni o‘stirayotgan … har tomonlama kurashayotgan bo‘lishsa, - u paytda ongni qanday o‘stirish mumkin bo‘lgan?
 Petka cho‘ntagiga qo‘l tiqdi - chekishga bir nima izladi, lekin na papiros, na gugurt topdi. 
 - Gazetaga yoz - maslahat berdi u. – Inkor et.
 Shunday dedi-da, o‘rnidan shartta turib uychadan chiqib ketdi. 
Marya va Baev derazadan Petkaning yurishini kuzatib turishdi. Yigitning oyoq-lari ostida tungi ayozda muzlagan qorning shisha sinayotganday qarsillashi eshitildi, birozdan so‘ng do‘kon muyulishi tarafda burilgach, uning qadam tovushi yanada qattiqroq eshitildi. 
 - Ular to‘y qilishmoqda, shekilli, - dedi Marya. – Petkaning singlisi anovinga… anovinga… oti nimaydi… o‘shanga tegyapti. Akasi agronom qizimiz deb kelgandi-ku… Oti nimaydi?
 - Men ularni qaerdan taniyman? Tanishniyam istamayman… Qayoqdagi qalang‘i-qasang‘ilar . – Baev birdaniga bo‘shashib ketganini, ayniqsa oyoqlari bo‘shashayotganini – xuddi paxtaga o‘xshab qolganini his qildi. Nima bo‘lganda ham u qattiq qo‘rqqandi, - Shunaqayam ichadimi odam, tun bilan kunni ajratolmasa!
 - Qaragin, tunlar ham qanday yop-yorug‘. Balki uyqusidan sapchib turgandir, qarasa, atrof yorug‘ va do‘konga chopgan. 
 - Bu ey-y... u oyni quyosh deb o‘ylaganmi?
 Marya kuldi:
 - Qattiq maishat qilishgan ko‘rinadi.
Baevning qorni tatalab qoldi, u shosha-pisha tamaki shishachasi og‘zini yopdi-da, cho‘ntagigi yashirib, qo‘zg‘aldi. 
 - Men borayin. Sen navbatchilikni tinchgina o‘tkazib olgin.
 - Salomat bo‘l, Ferapontich. Ertaga kelgin, men kartoshka olib kelaman, pishira-miz
 - Pishiramiz, pishiramiz, - dedi Baev. Va tezda tashqariga chiqdi.
 Marya uning maydonni kesib o‘tganini va ko‘cha tarafga yurganini ko‘rdi. U oyoq-lari ostiga qaragancha shoshib-pishib borardi. Uning oyoqlari ostida ham muz g‘archillar-di, lekin yumshoqqina – Baev valenka kiyib olgandi. 
 Atrof esa musaffo, shundayin sokin va musaffo edi - kichkina bir narsa bo‘lsa-da, ko‘rishing, past ovoz bo‘lsa-da, eshitishing mumkin edi. Lekin negadir xotirjam emas edi. Ko‘krakdanimadir bezovta qilayotgandayin. Xuddi yuragingga qaynoq bir narsani tegizishayotganday, tovoningga ham, chakkangga ham ohista urishayotgandayin. Va quloq-laringda siltab-siltab qon shang‘illaydi. Bo‘lgani shu, yerda esa, boshqa hech narsa eshitil-maydi. Oy bo‘lsa arg‘amchiga osilib turadi.

 Ruschadan O‘rinboy Usmon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.