G‘ulom Dastagir Panjshiriy - afg‘onistonlik shoir.
KURASH TARONASI
Sher yigitlar elga yor xizmat bilan,
Yashnagay mardum dili rag‘bat bilan.
Mard yigitlar to‘lqini — mavji zamon,
Yovga qarshi qo‘zg‘alur g‘ayrat bilan,
Qancha hushyor bo‘lsa el, yurtdosh ulus,
Do‘st bo‘lurmiz shuncha yurt, millat bilan.
Xalq kurashga qancha moyil, shuncha soz,
Shuncha dushman daf bo‘lur g‘orat bilan.
Qalq oyoqqa, erktalab o‘g‘lonu qiz,
To xarob bo‘lsin zulm g‘urbat bilan.
Gar g‘azab qoningda junbish aylasa,
Eskilik mahv o‘lg‘usi sur’at bilan.
Bil, kurash — erkin hayot timsolidir,
Baxtga yetgay mard elim qudrat bilan.
Asrimiz yorqin charog‘i, shu’la soch,
Xalq yo‘lin yorit, kurash zulmat bilan.
Ishchilar! Siz bu jahonning ustuni,
Yayrangiz bu dahr aro hurmat bilan.
Jumaniyoz Jabborov tarjimasi