OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdurahmon al Homisiy (1920-1987)

Abdurahmon al Homisiy – misrlik shoir va yozuvchi.

ISYONKOR UMID

Agar
Misr,
Mavval* kuylari go‘yo,
Qalbimda yashaysan zabun, nolavor,
Misoli tuganmas alam va g‘ubor...
O, alam yoshlari, koshki bebaho
Obihayot bo‘lib bersangiz mador!

Bilaman, g‘am-sitam chekilmas bekor,
Sen kutgan tong otib kelmoqda alhol!
Mening Vatanim ham, ana, mardona,
Uzib kishanlarni bahodirona,
Tong sari yurmoqda ko‘rgazib viqor.

O, Vatan!
Ko‘zyoshu alam-armondek
G‘arib-g‘urabolar tutmish baringdan.
Tumanli ufqlar yorishur tongdek
Sening hur shu’lavor umidlaringdan!

Bitsin zulm, marzalar bo‘lganday yakson
Isyon omochining tig‘i tekkan on.
_________
* Mavval - arab klassik she’r shakli.

Turob To‘la tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.