OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abu Abdulloh Muhammad

Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid - O‘rta osiyolik arabnavis shoir

1

Havas qilgan esang har neni, bu asno muhayyodir,
Izohat aylamak-chun zo‘r zafar ham bo‘ldi tez zohir.

Topolmay istagan narsangni armon qilmagaysan hech,
Falakning senga qilmish xizmati a’lodan a’lodir.

Saodat senga hamrohdir halovat sen bilan oshno,
Bo‘lib qadring buyuk har ne buyursang bunda paydodir.

G‘animlar uzra ot solsang, muzaffar tug‘ bo‘lur ra’ying,
Sanoqsiz yot qo‘shinlar haybating oldida rasvodir.

Etilgan ersa bul on ikki quyon bandi, shodlankim,
Xiyonatkor bo‘lur mag‘lub, degan bu yaxshi ma’nodir.

2

May ajoyib narsa, lekin lanj bo‘lur kayfdan odam,
Sevgi ham avval halovat, so‘ngra keltirgay alam.

Ahli oshiq asta-asta hurligin qurbon qilur,
Tan olib qullikni, mahbubiga so‘ng bo‘lgay qaram.

Ey ayollar, taxtda — siz, bizning yurak sizlardadir,
Qul bo‘lib qolgay u hatto yo‘l yiroq bo‘lganda ham.

Bul jamoat ichra bir oy borki, nozik ham nafis,
Har tishi bir dona do‘ldir, chehrasin deyman sanam.

Husniddin Sharipov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.