OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Varlen Aleksanyan (1942)

XOTIRALAR

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan Shaum hamda Vachagan Minoyanlar xotirasiga

Kirlarga o‘ralgan so‘qmoqlarga,
Boshoqlarga chirmashgan shamollarga,
O‘rilgan dalaga — angorlarga,
Kuzdagi betinim yomg‘irlarga,
Bahorgi kurtakka
Va saratonga
Qorishib bormoqda
Xotiralar, oh...

Endi ular qaytmas hech qachon.
Tumanli kunlarda
Qirga tirmashib,
Tong saharda
Ketganlariyu
Choshgoh chog‘i
Ketganlari ham.

Shudgorlangan dalalar bo‘ylab
Qaytmagaylar
Tong saharda ham,
Qaytmagaylar
Choshgoh chog‘i va
Tun kelsa-da, hech qaytmagaylar.

Tepaliklar yomg‘ir ichida,
Pichan ichra g‘ivirlar shamol.
Yo‘qotishlar dardu g‘amidan
Xira tortgan ko‘zlarda ba’zan
Yosh qalqiydi... —
Ularga ayon:
Yomg‘irli kun
Ketganlari ham,
Quyoshli kun
Ketganlari ham
Qaytmagaylar endi hech qachon.

Ruschadan Usmon Azim tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.