Abdulmajid Majdud binni Odam Sanoiy XII asrda yashagan buyuk shoir va allomadir. U Xurosonning G’azni shahrida tug‘ilgan va shu yerda vafot etgan.
«Agar muslimiyat Sanoiyning ulug‘ligini ko‘ra bilsaydi, jamiki mo‘minlarning boshidan qalpog‘i tushardi», - degan edi Jaloliddin Rumiy.
Sanoiyning «Hadiqul haqiqat», «Tariqul tahqiq», «Ishqnoma», «Aqlnoma», «G’aribnoma», «Afvnoma» asarlari tasavvuf adabiyotining yetuk va yorqin iamunalari hisoblanadi.
Hakim Sanoiy ruboiylarida abadiy ishq va haqiqat tarannum etiladi, abadiy ishq va haqiqatga intilgan inson qalbining orzulari yangraydi.
Hakim Sanoiy ruboiylari o‘zbek o‘quvchilariga birinchi marta taqdim etilmoqda.
1
Shu lahza senga fidoyi jon lozim emish,
Ruhingga nisor ruhi ravon lozim emish.
Kim qolgay ekan jahon aro bilmasmen,
Ey do‘st, chunonsanu chunon lozim emish...
2
Yod etmasa yorni mard dilin shod etmas,
Yor, der yuragi o‘zgaga faryod etmas.
Ishq yo‘lida oshiq degani andoqdir,
Do‘zax neyu jannat nimadir, yod etmas...
3
Yuzingga boqish rohati joni jovid,
Tunlarda o‘zing oysenu kunduz xurshid.
Kunlar qoraysinu oqarsin ko‘zlar,
Diydoriigni bir ko‘rarga yo‘q ersa umid...
4
Yuzing, malagpm, qiblai jondin ravshan,
Ko‘zim to‘la yosh, bo‘yla firoq etmishsen.
Ishqing bila men bo‘yla cho‘zibman qo‘lni,
Sen sabr ila bo‘yla oyoq tortmishsen...
5
Ishqing bila, ey sanam, ko‘zimda yoshim,
Shamdek yonamen, yonar sabr-bardoshim.
Tunlar uzanib, o‘ylaki, tong otguncha
Jonim kuyadir, nuqul kesuvda boshim...
6
Ul orazp gulpo‘shi sumanposhint xush,
Ul ko‘zi xumoringu qalam qoshing xush,
Ul tun kabi, sumbul kabi zulfing xushdir,
Oshiqqa jahllar ila ayloshing xush...
7
Sen menga xayot erursan, chun elga nafas,
Yo‘lingda hama shu dinu dunyoyi havas.
Har kimsaga mehring-la harorat yetmish.
Ul barcha sovuqlik menga qolmishdir, bas...
8
Ol jomni qo‘lingga, may ila o‘ldirgil,
Qo‘y ikki jahonni, g‘am yemay o‘ltirgil.
Gar ikki jahonga sohib ermassen, bas,
Do‘zax aro mast, bihishtda hushyor yurgil...
9
Gar ko‘nglim aro mulki muhabbatdirsan,
Voy, buncha rahmsizu beshafqatdirsan.
Qoshing chimirib, qo‘y meni holimga, dema,
Ey ta’bi baland, sen menga qismatdirsan...
10
Qoch nodon esa boy-badavlat kishidin,
Tuban turadir o‘shal zamon darvishidin.
Ul molu bisoti ila ko‘p xursand erur,
Bul xursand erur o‘z ilmiyu donishidin...
11
Ko‘z ochdi bahor va ochdi darvozasini
Olam aro yoydi so‘ngra ovozasini.
Sen ham, malagim, olam aro yuz ochgil,
Ko‘rsin, tanisin bahor o‘z andozasini...
12
Ishqing bila, ey toshyurak, kofirkesh,
Otashda yonib, kezar jahonni darvesh.
Sen bo‘yla tabiatli erursan, shahring,
Tong yo‘qki, shahidlar qabriga to‘lgan emish...
13
Yondirdi sanam, chu shamchiroq etdi meni,
Sarg‘aytdi yuzim, bandi firoq etdi meni.
Yongan mahalim yonida tutdi shamdek,
So‘ng tashladi, o‘zidin yiroq etdi meni.
14
Ishq ichra meni olovga solding andog‘,
Vasling tilabon dilimda dog‘ ustiga dog‘.
Ko‘nglim kuyadir o‘ylaki hijroning ila,
Do‘stingni qatl etuvchisan misli charog‘...
15
Ko‘rganmi birovki aql ila to‘lgay ishq,
Rahbar agar aqlu xush eea, so‘lgay ishq.
Oshiqqa shu ishq yo‘lida o‘lmoq afzal,
Ey xo‘ja, bilurmisen, nechuk bo‘lgay ishq?
16
Harchand yuribon ko‘yingda men xoru xijil,
Yuz dardu alam yurakda bo‘lmish hosil.
Yo‘q, sendin emas shikoyatim, sha’mi Chigil,
Bois bariga, voh, shu ko‘ngildir, shu ko‘ngil.
17
Har kimsaga ochma ruhi xandon, ey gul,
Gul qiymatinn aylama arzon, ey gul.
Hoy, qiynama o‘zni, etma ranjon, ey gul,
Oshiqqa jafo aylama, ey jon, ey gul...
18
Ey garchi sening uchun sovuqmen, sardmen,
Lsk ranju balo jangiga tushgan mardman.
Bir kun senga gar sidqu vafo aylamasam,
Shul kun, sanamim, ishq yo‘lida nomardmen.
19
Ishqingda g‘amu g‘ussa chekib, oshiqmen,
Hajringda tunimni tong etib sodiqmen.
Qismat menga ranji dil va ko‘z yoshi emish,
O’lsam o‘lamenki, ishq aro sobitmen...
20
Har lahzada sabr ila qarorim sensan,
Bazm aylar esam, avji bahorim sensan.
Parvona erurman, evrulib boshingdin,
Chun avvalu oxir ustivorim sensan...
21
La’ling, sanamim, may erur, ayshu tarab,
Nordonligi bor bir oz, bor bunga sabab.
Yolg‘iz may emas, labingda tuz ham bormish,
Tuz mayga qo‘shilsa, bo‘yladir ta’m, ne ajab...
22
Shodlik pgu jahonda dili shoding bo‘lsin.
Har lahzavu on yurakda yoding bo‘lsin.
Bedodlik etarsen menga, dod istarmen,
Ey sadqa shu jon o‘shal bedoding bo‘lsin!..
23
Devoring soridin qo‘zg‘olib to‘zon, bas,
Boshimga yog‘ib, ko‘zim ochishga qo‘ymas.
Ko‘yingda g‘aming ila xiradmandlar xush,
Har kim senga shod ermas esa, shod o‘lmas...
24
Har kimsa ko‘yingda zoru asru bo‘lgay,
Bor davlatidin bir yo‘la ayru bo‘lgay,
Ishqingda yuzim-ku sarg‘ayib, zar bo‘ldi,
Hijroning ila erib-erib, suv bo‘lgay...
25
Bildimki, harorat sababi — otashi tab.
Dil o‘t sari burdimu sovuqlik sari lab.
Tunlarda firoqing ichra o‘lmay qoldim,
Sen birla bo‘lib o‘larmen endi, vo ajab...
26
Har kimsaki domingga giriftor o‘lmish,
Ey jonu jahon, ssnga o‘shal xor o‘lmish.
Har dilki senga jon-la xaridor o‘lmish,
Ey do‘st, o‘shal munisu g‘amxor o‘lmish...
27
Chun ko‘rdi meniyu gul ochdi mayin.
Uyquli, xumor ko‘zlarini yumdi keyin.
G’am chekma, dedi, yori vafodoring o‘zim,
Shul so‘zni degan labingga qurbon bo‘layin...
28
Aflok meni ishq o‘qi-la etdi afgor,
Ofoq shu tanim surdi, supurdi takror.
Ishq birla ko‘ringki men qayon yetmishmen?
Bir pashsha ko‘ziga jo bo‘lar holim bor...
Hakim Sanoiy (?-1150)
Jamol Kamol tarjimalari