Ko‘ngil, Majnun kabi yoyil tog‘larga,
Egil, bu lolaning butog‘idan o‘p.
Parvonadek aylan yorning boshida,
Sochlarini sila, qobog‘idan o‘p.
Olib bo‘lmas ne najibning qizini,
Chekib bo‘lmas ishvasini, nozini,
U yuzini, bu yuzini, ko‘zini,
Tilidan, tishidan, dudog‘idan o‘p.
Jamoling ko‘rmoqqa oyna yaxshidir,
Barmog‘ingda yongan xino yaxshidir.
Man dedim: «O‘pmoqqa siyna yaxshidir».
Ko‘ngil ham yolvorar: «Bo‘qog‘idan o‘p!»
Bog‘chalar titrashar borga yetsin deb,
Olmadan, behidan, nordan yetsin deb,
Abbos yig‘lar erding yorga yetsin deb,
Tur, shohimardondan oyog‘ini o‘p.
Karim Bahriyev tarjimasi