OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Akbar Qo‘shali (1973)

Akbar Qo‘shali 1973 yilda tug‘ilgan. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1998). "O‘limlar narisi" nomli she’r kitobi mashhur. Qozog‘istonda nashr qilinadigan "Oqin" jurnalining Ozarbayjondagi vakili. "Yoshlar mukofoti" va Shaxmar Akbarzoda nomidagi Xalqaro mukofot sohibi.


KECHMADIM

Harom chiqdi yo‘limdan,
Halolimdan kechmadim.
Bir qayg‘usiz bor edi,
Balolimdan kechmadim.
O‘z qalbimga gul bo‘ldim,
Urug‘, so‘zu ishq edim.
Men o‘zimni unutdim,
Xayolimdan kechmadim.
Aytganing uzoq edi,
Yaqin edi sevinchim.
Men qo‘limda elagan
Malolishan kechmadim.

* * *

So‘z toparman
Bo‘sh beshikka
Cholg‘u chalgan
El qiziga.
Tangrim,
O‘zing sabr bergin
Bo‘sh tobutning onasiga.

* * *

...Men
Toshlarni sevmadim gullardan kamroq,
Toshlar bu dunyoda
Eng go‘zal obida sanalar, balki —
KUNTYeGIN misoli.
Toshlar vatanga qardoshdir —
Timsoli VATANDOShdir.

Alisher Tursunov tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.