OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Rasmiya Sobir (1973)

Rasmiya Sobir (Ashrapova Rasmiya Sobir qizi) 1973 yilda Masalli tumanining Erkivan qishlog‘ida tug‘ilgan. Inshoot muhandislari universitetida iqtisodchi-muhandislik ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan. Hozirda Ozarbayjon Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot universitetida ilmiy xodim. Rasmiya Sobir Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
"Qamalgan sukunat" "Rangsiz ko‘z yoshlar", "Unutding meni", "Sohilsiz odam" nomli shs’riy kitoblar muallifi. She’rlari bastalanib, kuyga solingan va "Seni izladim" nomi bilan to‘plam holiga keltirilgan. Shoiraning she’rlari Turkiya, Iroq, Olmoniya kabi xorijiy mamlakatlarda chop etilgan.


* * *

Ozodlik!
Manim abadiyatim.
Xayol qadar uzoqsan,
Fojea qadar yaqin.
Ozodlik!
Yengilmas mag‘lubiyatim.
Ozodlik!
Eh... Har ondagi
Yarim g‘alabam.

* * *

Umr
Bu dunyoga
Kirish bileti

* * *

Yuragimni maktubga solib
Yo‘lladim Senga.
Qo‘llaring titramasin ochar vaqtingda...

DUSHMANIMGA

U ham mening kabi,
Ikki qo‘lli, ikki ko‘zli.
Faqat yo‘qdir yuragi...

MAHBUS QUVONCHI

Qo‘llarimni qo‘llaringga qamagin
Qo‘llarim sevinsin.
Qo‘zlarimni ko‘zlaringga
Qamagin
Ko‘zlarim sevinsin.
Yuragimning eshigini ochgin sen
Chang bosgan xotiralar
Sevinsin...

* * *

Biz ketgan yo‘lning
Keldik so‘ngiga.
Ammo
Senga "ket", demoqqa
Chidolmas hech yuragim.
Shuning-chun
Yashagin ko‘zlarim tubida.

Alisher Tursunov tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.