TUT
Mehnatkashim, tutginam, sen, yolg‘izim,
Ona yerning shirasini shimasan.
Jon bag‘ishlab, pilla qurtin to‘yg‘izib,
Ipak bo‘lib xonalarga kirasan.
Mevang pishsa tatib ko‘rgan har odam,
Rohatlanar, ayt-chi, bizga ne baxtsan.
Sen azaldan chayir, butab — qirqsa ham,
Quloch yozib, barg chiqargan daraxtsan.
Dala-dashtda soqchimizsan qoyaday,
Ipak bo‘lib turmushimiz bezading.
Sen beshiksan, sen o‘tinsan, soyangda —
Hordiq olgan o‘zin yengil sezadi.
Goh ketaman xayollarga berilib,
Tutning bo‘yi gohi baland, gohi past.
Ammo ketmas teraklardek kerilib,
Kerakligin tanib yashar har nafas.
Safar Barnoyev tarjimasi.