OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tumanboy Boyzoqov (1923-1992)

TO‘RTLIKLAR

* * *

Yillar uchar poyga yo‘lin talashib,
Chaeandozday yo‘rtamiz biz yonashib.
Ko‘zin uzmay kuzatadi yulduzlar,
Taqdirlarning tasbeh toshin sanashib.

* * *

O‘riklarni bezamoqda gul o‘rab,
Guldan-gulga o‘tar ari bol so‘rab,
Jovdarzorni yel taroqlab o‘tganda,
Kunga boqar kipriklari yaltirab.

* * *

Xonaga sig‘may qoldim, sirtga chiqdim,
Bulbulning havolagan kuyin uqdim.
Bog‘-rog‘lar gul ko‘ylagin kiygan ekan,
Bamisoli bir kosa ifor yutdim.

* * *

Qay kimsaning o‘t bo‘lmasa dilida,
Bilarmikin otash ham kul bo‘larin?
Yolg‘iz yursa kimki hayot yo‘lida,
Bilarmikin sevgining gul bo‘larin?

* * *

Men yo‘qotdim o‘zimni — izlagayman,
Dog‘ qo‘nmagan yuragim tig‘lagayman.
Kaklikka o‘z uyasi keng ko‘rinsa,
Men keng olam bag‘riga syg‘magayman.

Husniddin Sharipov tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.