Qoraqalpoq bolalarining ardoqli shoiri Xolmurod Safarov 1932-yilda Jomboy tumanidagi Abad qishlog‘ida tugilgan. 1952-yilda Nukus shahridagi pedagogika oliygohining filologiya fakultetini tugatadi.
Xolmurod Safarov bolalar matbuotida ishlash bilan birga, kichkintoylarga atab she’rlar yozadi. Uning „Nihol“, „Yosh usta“, „Oyga uchib borganda", „Mening kunlarim“, „0ltin davron“, „Tabiatga sayohat“ kabi o‘ttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqqan.
X. Safarov Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Berdaq nomidagi Respublika mukofotining sovrindori.
QANOTLI MUSHUK
Oqshom ham cho‘kib,
Qorong‘u tushib.
Daraxtga qo‘ndi
„Qanotli mushuk“.
Ko‘zi dumaloq,
Nafarmon — qizil.
Qirg‘iyga o‘xshab,
Tirnog‘i uzun.
Serhadik, ziyrak,
Yumshoq parlari.
Tumshug‘i keskir,
Boqar sar-sari.
Sichqon uyasin,
Kuzatar ziyrak.
Oijaga chaqqon,
Tashlanar tiyrak.
Xuk-ku, Xuk-ku-xuk
Qo‘shig‘i, sozi.
Ovulni tutar,
Tunda ovozi.
„Qanotli mushuk“,
Bu Ukki demak.
Ko‘p bola bilmas,
Asramoq kerak.
Ukki foydali,
Sichqonni dovlar.
Kalamushni ham,
Qo‘ymasdan ovlar.
ANOR
Chayqalib o‘sar,
Bog‘imda anor.
Avji pishganda,
Guldayin yonar.
Qalamcha qilib,
O‘stirgan dadam,
O‘g‘itlar solgan,
Ariq bir qadam.
Qoiimda go‘yo
Zo‘r mitti fonar.
Sharbatin ichib,
Chanqogim qonar.
Dardga shifoni,
Anordan topdim.
Qushdayin yengil,
Quyunday chopdim.
Otamga rahmat,
Barq urar anor.
Halol mehnatning
Zavqiga qonar.
SOG‘INDIM
Tong sahardan shaqillagan,
O‘rdak-g‘ozlar g‘aqillagan,
Qurbaqalar vaqillagan,
Orolimni sogindim.
Shovullagan qamishlarni,
Jiyda buroq — xush islarni,
Uchqur tulpor govmishlarni,
Marolimni sogindim.
Pag‘alayga oziq bo‘lgan,
Oq chorloqday nozik bo‘lgan,
Dasturxonday yoziq bo‘lgan,
Balig‘imni sog‘indim.
Biriksa qush, biriksa el,
Bir-biriga bo‘ladi bel.
Suvlar, qochma, dengizga kel,
To‘lqinlami sog‘indim.
SAVOLLARGA JAVOBLAR
— Til nimaga berilgan?
Qizlar bilan bolaga.
— Tongda salom aytgani
Ota bilan onaga.
Xafa bo‘lib gohida,
Qovog‘ini uyganda,
Shu payt shirin so‘z kerak,
Qalbiga nur quyganda.
— Qo‘l nimaga berilgan?
— Yerga don-dun sochgani.
Erta bahor kelganda,
Bog‘ jamolin ochgani.
Turli hunar o‘rganib,
Turfa kasbni bilishga.
Yiqilganni turg‘azib,
Savob ishlar qilishga.
— Quloq nega berilgan?
— Yaxshi gapni uqishga.
Ota bilan onaning
So‘zin yodda tutishga.
Donolar nasihatin,
Ilib olsa qulog‘ing.
Ishing kelib o‘ngidan,
Chopqir bo‘lar oyog‘ing.
— Aql nega berilgan?
— Halol mehnat qilgani,
Nafsga qul bo‘lmasdan,
Poklikka intilgani.