OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdulpattoh Rauf (1910-1963)

SO‘NG NAFASIMDA VATANIM

Tunga aylandi yo‘lingda necha kunduzlarimiz,
Tong otar deb kutdiyu so‘ndi necha ko‘zlarimiz.

O‘lar ersamda agar so‘ng nafasimda vatanim
Ishqiyu mehri bilan yangrasa so‘ng so‘zlarimiz.

Na kafan istagimiz yo na go‘zal maqbaradir,
Endi kimga qoladir kimsasiz o‘ksuzlarimiz.

Ey buyuk o‘tmish, sening cho‘ng haybating aldamasin,
Tog‘ nadur, voh, toshchalar bo‘lsak agar o‘zlarimiz.

...Bir bahor ishqi bilan qish demadik, yoz demadik,
Hech tuganmaydi biroq qishlarimiz, kuzlarimiz.

Ming tikan bostik-ku, ey xoliqi kull, bir gul uchun,
Bunga bir shohidi odil qonagan yuzlarimiz.

Bu quling dardini so‘ylarga makon topmadi hech,
Senga ravshan ne erur so‘zlarimiz, izlarimiz...

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.