BOSHIMDA YOQILGAN SHA'M
Bu kecha ko‘l bo‘ylab kezarkan ko‘rdim
yulduzlar cho‘milib yuvinayotir
cho‘kmasinlar deya qo‘riqlab turdim
har biriga boqib titradim dir-dir.
Sindi ko‘l oynasi
yonardi bir sha’m
oyog‘im olti bo‘p qochdim o‘sha dam
uyimga berkinib
hushim yo‘qotdim
ko‘ldan chiqqan kabi qon terga botdim.
Ko‘rdimki boshimda bir sha’m yonardi...
Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi