Shunisi borki, insonga umidvorlik hissi xosdir. Men ham bir adabiyot muxlisi sifatida o‘tmishda yaratilgan, ammo turli sabablar bilan yo‘qolgan asarlarning «mo‘’jiza ro‘y berib» topilib qolishiga hamisha umidda bo‘laman. «Amir Umarxonning kanizagi» romani, «Kecha va kunduz»ning ikkinchi qismi... «Temur sag‘anasi», «O‘g‘uzxon» dramalari ana shunday asarlardir. Imkonim bo‘lganda o‘tgan asrning birinchi choragida chiqqan gazeta-jurnallarni, risolalarni titkilab, bu asarlar haqida nimadir topish ilinjida bo‘laman.
Atoqli adib Fitratning tarixiy shaxslar nomi bilan bog‘liq dramatik asarlari XX asrning birinchi choragidagiyoq o‘zbek sahna san’ati mavqeining yuqori ko‘tarilishida munosib rol o‘ynagan. «Temur sag‘anasi», «O‘g‘uzxon», «Abulfayzxon» dramalari o‘z vaqtida katta adabiy hodisa bo‘lganidek, hozir ham tadqiqotchilarning doimiy e’tiboridagi asarlar sanaladi. Abdulhamid Cho‘lpon 16-17 yoshlaridayoq yozgan «Adabiyot nadir?» sarlavhali maqolasida shunday bir fikrni bildirgandi: «... o‘zining shavkat va g‘ayrati ila zamonasida butun dunyoni xavf va dahshatga solg‘on jahongirlarning o‘tkazgan kunlarin va davrlarin tarixlarda ko‘rsa va eshitsa, har kishi yuragida bir botirliq va bir fidokorlik his etar va qahramonona umidlarda bo‘linur». Darhaqiqat, tarixda o‘tgan buyuk ajdodlarga, taniqli shaxslarga ijodkorlar bejiz murojaat qilishmagan. Ularning timsollari, tarix oldidagi xizmatlari vositasida o‘zlari ilgari surmoqchi bo‘lgan g‘oyaga mustahkam zamin hozirlaganlar.
1917 yil fevral to‘ntarishidan so‘ng Rossiyada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat milliy zulm asoratidagi millat va elatlar vakillarining milliy istiqlol harakatiga kirishishlari uchun bir omil bo‘lgandi. Ular muxtoriyat, ya’ni avtonomiya tuzish bo‘yicha turli loyihalarni o‘rtaga tashladilar. Volga bo‘ylaridagi turkiy qavmlar ham o‘zlarining mustaqil davlatchiligini tiklash fikriga tushib, bu yo‘lda turli rejalarni tuzdilar. Jumladan, tatarlarning atoqli siymosi Sadri Maqsudiy Edil-Ural shtatlari g‘oyasini ko‘targan bo‘lsa, Mirsaid Sultongaliev Boshqird-tatar jumhuriyatini barpo etish rejasini ilgari surdi. Boshqa bir turkum tatar istiqlolchilari o‘lkalari jug‘rofiy jihatdan Rossiyaning o‘rtasida bo‘lgani sababli muxtoriyat jumhuriyati uchun xorij bilan tutashish kerakligini anglab turk-tatar saltanati tuzish g‘oyasiga berildilar. Bu Tatariston va Turkiston birlashib, yagona bir davlat bo‘lishi kerakligini anglatardi. Bunday fikrni o‘rtaga tashlasharkan, ular mazkur g‘oyaga qo‘llaydigan tarixiy shaxslarni ham izlab topishga urindilar. Jumladan, XX asr 10-yillarida Turkistonga kelgan tatar yozuvchisi va publitsisti No‘shiravon Yovushev bu g‘oyani tarqatish uchun sahna minbaridan foydalanmoqchi bo‘lib, «Chingizxon» dramasini yozgandi. To‘rt pardadan iborat bo‘lishi mo‘ljallangan bu pesa muallifning 1917 yil 23 noyabr
(5 dekabr)da zotiljam kasalidan vafot etishi tufayli to‘la nashr qilinmagan. O‘sha davr gazetalarida mazkur dramaning sahnalarda namoyish qilingani to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Bizga uning birinchi pardasigina kitobcha holida yetib kelgan. Ushbu pardadan uning g‘oyasi shundoq ayon ko‘rinib turibdi. Chingizxon sahnadan xitob qiladi: «Hukumat! Turk, tatar va mo‘g‘ul xalqi birlashkan buyuk Chingiz hukumati. Bir zamonlar turk, tatar va mo‘g‘ul hukumati buyukligi, xalqining qahramonlig‘i bilan butun dunyog‘a tanilg‘on edi».
(5 dekabr)da zotiljam kasalidan vafot etishi tufayli to‘la nashr qilinmagan. O‘sha davr gazetalarida mazkur dramaning sahnalarda namoyish qilingani to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Bizga uning birinchi pardasigina kitobcha holida yetib kelgan. Ushbu pardadan uning g‘oyasi shundoq ayon ko‘rinib turibdi. Chingizxon sahnadan xitob qiladi: «Hukumat! Turk, tatar va mo‘g‘ul xalqi birlashkan buyuk Chingiz hukumati. Bir zamonlar turk, tatar va mo‘g‘ul hukumati buyukligi, xalqining qahramonlig‘i bilan butun dunyog‘a tanilg‘on edi».
Albatta, bu gaplarning haqiqatga qanchalik yaqin yoki yaqin emasligi tarixiy-ilmiy asarlarda aniqlashtirilgan. Gap bu yerda pesa muallifining, Cho‘lpon yozganidek, tomoshabin yuragida muayyan bir hisni alangalatish uchun tarixiy shaxsga murojaat qilganida. Tarixning keskin burilish davrlarida vatandoshlarining «yuragida bir botirliq va bir fidokorliq» tuyg‘usini uyg‘otmoqchi bo‘lgan Fitrat ham buyuk ajdodlarimiz timsoliga murojaat etgan.
«Temur sag‘anasi» spektakli haqida o‘z davrida yozilgan taqrizlardan hamda asarning o‘zidan bizgacha yetib kelgan kichik bir parchasidan uning mazmuni, g‘oyaviy maqsadi to‘g‘risida, tili va uslubi kabi badiiy vositalari haqida muayyan tasavvur hosil qilish mumkin. Mazkur pesa fevral to‘ntarishidan so‘ng yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, bir paytlardagi o‘zbek davlatchiligini tiklash g‘oyasini tomoshabinga singdirishi kerak edi.
«Abulfayzxon» dramasining matni to‘la saqlanib qolgani uchun uning falsafiy xususiyatga egaligi – insoniyatning jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlarida katta tarixiy kashfiyot bo‘lgan podsholik tuzumining XX asr boshlariga kelib o‘z umrini tugatgani, yangi zamon, yangi voqelik boshqacha tizimga ehtiyoj tug‘dirayotgani, monarxiyaning kishilik taraqqiyotiga mudhish to‘siq bo‘lib qolayotgani haqidagi mulohaza asar hujayralariga singdirilgani yaqqol ko‘rinadi. «O‘g‘uzxon» dramasida-chi? Taassufki, undan na biror parcha saqlanib qolgan, u haqda na biror tafsilotli taqriz bor, deb yozishadi fitratshunoslar. Professor H. Boltaboev Abdurauf Fitratning «Tanlangan asarlar»iga yozgan so‘zboshisida bu asar haqida shunday fikr bildiradi: «Ayrim tadqiqotchilar Fitratning «O‘g‘uzxon», «Qon» nomli asarlari umuman sahna yuzini ko‘rmagan, deydilar. Ushbu asarlar taqdiri qanday bo‘lganidan qat’i nazar, bizgacha matni to‘la yetib kelmagan besh sahna asari... Fitratning dramaturg sifatidagi iste’dodining qanot yozganini, keyinroq yaratilgan mashhur sahna asarlarining tug‘ilishida o‘ziga xos tajriba maktabini o‘taganini qayd etmaslik mumkin emas». Shunisi borki, insonga umidvorlik hissi xosdir. Men ham bir adabiyot muxlisi sifatida o‘tmishda yaratilgan, ammo turli sabablar bilan yo‘qolgan asarlarning «mo‘’jiza ro‘y berib» topilib qolishiga hamisha umidda bo‘laman. «Amir Umarxonning kanizagi» romani, «Kecha va kunduz»ning ikkinchi qismi... «Temur sag‘anasi», «O‘g‘uzxon» dramalari ana shunday asarlardir. Imkonim bo‘lganda o‘tgan asrning birinchi choragida chiqqan gazeta-jurnallarni, risolalarni titkilab, bu asarlar haqida nimadir topish ilinjida bo‘laman.
Fitrat «O‘g‘uzxon» dramasini «Temur sag‘anasi» bilan deyarli yaqin bir muddatda yaratgan. U XX asrning
18-21-yillarida turli teatr havaskorlari tomonidan namoyish etilgani haqida gazetalarda ma’lumot qolgan. Bularning ichida «Ishtirokiyun» gazetasining 1919 yil 4 sentyabrdagi sonida «Ishchi»ning «Navoiy kechasi» sarlavhali jajji taqrizi «O‘g‘uzxon» haqida qisqa bo‘lsa-da, ma’lumot beradi. Unda 1919 yil 16 avgust kuni Toshkentdagi «Rohat» sahnasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy sharafiga adabiy kecha bo‘lib o‘tgani yoziladi. Kechada G‘ulom Zafariyning «Bahor», Fitratning «O‘g‘uzxon» va «Temur sag‘anasi» pesalaridan bir pardadan namoyish qilingan. Taqriz mazkur asarlar spektakliga yozilgan bo‘lib, unda «O‘g‘uzxon» asarining yo‘nalishi haqida bor-yo‘g‘i shunday ma’lumot bor: «Ikkinchi pardada o‘ynalgan «O‘g‘uzxon» Toshkandda bir necha qatla qo‘yulg‘on tarixiy piesa bo‘lub, adabiy qalam birla yaxshi tasvir etilgan bir asar bo‘lub, O‘g‘uzxon rolini atoqli aktyorlarimizdan Uyg‘ur afandi tarafindan o‘ynalub, xalqning hissiyotin uyg‘otdi. Chol rolini o‘ynovchi O‘ktam afandi o‘z rolini o‘rta hamda zararsiz chiqardi». Taqriz muallifi Vaqqos Sunchalay («Ishchi») pesaning mazmuniga mutlaqo to‘xtalmagan, undan biror parcha ham keltirmagan.
18-21-yillarida turli teatr havaskorlari tomonidan namoyish etilgani haqida gazetalarda ma’lumot qolgan. Bularning ichida «Ishtirokiyun» gazetasining 1919 yil 4 sentyabrdagi sonida «Ishchi»ning «Navoiy kechasi» sarlavhali jajji taqrizi «O‘g‘uzxon» haqida qisqa bo‘lsa-da, ma’lumot beradi. Unda 1919 yil 16 avgust kuni Toshkentdagi «Rohat» sahnasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy sharafiga adabiy kecha bo‘lib o‘tgani yoziladi. Kechada G‘ulom Zafariyning «Bahor», Fitratning «O‘g‘uzxon» va «Temur sag‘anasi» pesalaridan bir pardadan namoyish qilingan. Taqriz mazkur asarlar spektakliga yozilgan bo‘lib, unda «O‘g‘uzxon» asarining yo‘nalishi haqida bor-yo‘g‘i shunday ma’lumot bor: «Ikkinchi pardada o‘ynalgan «O‘g‘uzxon» Toshkandda bir necha qatla qo‘yulg‘on tarixiy piesa bo‘lub, adabiy qalam birla yaxshi tasvir etilgan bir asar bo‘lub, O‘g‘uzxon rolini atoqli aktyorlarimizdan Uyg‘ur afandi tarafindan o‘ynalub, xalqning hissiyotin uyg‘otdi. Chol rolini o‘ynovchi O‘ktam afandi o‘z rolini o‘rta hamda zararsiz chiqardi». Taqriz muallifi Vaqqos Sunchalay («Ishchi») pesaning mazmuniga mutlaqo to‘xtalmagan, undan biror parcha ham keltirmagan.
Bu drama o‘sha paytda boshqa shaharlarda ham o‘ynalgan, albatta. «Byulleten» degan gazetaning 1919 yil 19 sentyabr sonida qurbon hayitining ikkinchi kuni Namangandagi «Vatan» maktabi jamoasi tomonidan adabiyot kechasi uyushtirilgani, unda Fitratning «O‘g‘uzxon» asari namoyish etilgani yozilgan. Demak, bu paytga kelib «O‘g‘uzxon» dramasi anchagina dovruq qozongan ekan.
«Chig‘atoy gurungi» adabiy tashkiloti tomonidan 1919 yili 32 sahifalik «Bitim (imlo) yo‘llari» degan risola nashr etilgan. Tabiiyki, uning yuzaga kelishida Fitrat asosiy rol o‘ynagan. Risolaning so‘z qo‘shimchalari imlosiga bag‘ishlangan qismida misol tariqasida «O‘g‘uzxon»dan quyidagi parcha keltirilgan ekan:
Yiqilsunmi shunday buyuk o‘rmondag‘i yog‘ochlar,
Yulunsunmi shu yam-yashil butoqdag‘i yaproqlar?
Bor-yo‘g‘i ikki misra. Shunday bo‘lsa-da, ushbu parcha bizga pesaning tili va uslubi haqida muayyan tasavvur bera oladi.
«Izlagan topadi» deganlaridek, XX asrning 20- yillarida Buxoroda chiqqan gazetalarni ko‘rayotganimda, «Buxoro axbori» gazetasining 1921 yil 14 dekabr sonida «Qalandar» imzosi bilan Cho‘lpon tomonidan yozilgan bir taqrizga duch keldim. Unda 10 dekabrda «Azimjon» sahnasida Sharq cholg‘u maktabi jamoasi tomonidan adabiyot kechasi uyushtirilgani, dastlab sozandalar mumtoz kuylar ijro etishgani, she’rlar xitoba qilingani, so‘ngra esa sahna asari namoyish etilgani yozilgan. «... Ikkinchi pardada o‘ynalg‘on Fitratning she’r va qo‘shuqlar bilan yozilg‘on bir pardali «O‘g‘uzxon» tamoshosi, — deya bayon qiladi taqriz muallifi, — tamoshochilarg‘a yaxshi, hatto, ortiq darajada chuqur sezgi bag‘ishladi. Ham o‘zi-da o‘yun emas: bosh rulda (Boboy) Fitrat, O‘g‘uz rulida yana o‘zbakning tug‘ulg‘uchi, ya’ni yangi adabiyot olamida zo‘r hissasi bo‘lg‘on V. M. o‘rtoq edi. Dunyog‘a ko‘b shodlik bilan kelib-ketmakda bo‘lg‘on bir kishi «O‘g‘uz»dan so‘ng menga «Umrimda men muncha yig‘lamag‘on edim» dedi. Asarning tamoshochilarg‘a bo‘lg‘on ta’sirini men shu o‘lchav bilan o‘lchasam, yonglishqon bo‘lmasam kerak. Boboy rulida Fitratning titrakligi, sekin qimirlashi, qarashlari va so‘z vaqtida ko‘rsatkan hayajonlari to‘g‘ri va tuzuk edi. O‘g‘uzning tovushi ko‘b haybatli chiqsa-da, shu haybatli tovushg‘a kelishmayturg‘on «harakatsizligi» bir tan va bir kishida qiziq bir «qarshiliq» chiqara edi. «Zotan, o‘lik shundog‘ bo‘lur» dedilar, lokin bu «o‘lik» tirilgan o‘lik; o‘zining kuchlar sarf etib tuzugan yurtining butkul xaroblig‘ini ko‘rub turg‘on bir o‘likdir». Shuning uchun shunga yarashar harakat, qimirlash kerak edi. Cholg‘u ko‘b buzuq va qo‘pol chalindi. Bolalar qo‘shug‘i ham sezilarlik ravishda bir qatla buzulub oldi. «Shu asarda cholg‘u bo‘lmasa yana yaxshi edi», demakka jur’at qilaman».
Pesa haqida bor-yo‘g‘i shugina yozilgan. Shunday bo‘lsa-da, «O‘g‘uzxon» dramasi to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. Har holda, bizning qo‘limizda endi qat’iy dalillar bor: «O‘g‘uzxon» sahnalarda namoyish qilingan. Buxoro sahnasida namoyish qilinarkan, unda, Cho‘lpon ta’biri bilan aytganda, rollarni ijro etganlar «o‘yin emas», birini kimsan, atoqli dramaturg Fitratning o‘zi, ikkinchisini 20-yillarning taniqli adabiyotshunosi Vadud Mahmud (V.M.) o‘ynagan. Pesa tarixning burilish davrida vatandoshlarimizni buyuk turk xoqoni siymosida erk, istiqlolga da’vat etgan, o‘zbek davlatchiligini tiklashga chaqirgan. Shu bois u o‘ta ta’sirli, his-hayajon uyg‘otadigan darajada chiqqan.
Umidvorlik — yaxshi xislat. Hozircha topilmagan asarlar ham bir kuni «lop» etib chiqib qolsa, ajab emas.
Boybo‘ta DO‘STQORAYEV
"Hurriyat" gazetasidan olindi.