OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdulla Qodiriy. Birinchi may (1923)

Birinchi may kuni bizning basharamiz irjaygan, ikkinchidan boy, ulamo, ashqiyolarning basharasi tirjaygan kundir.

Birinchi may biz o‘ynag‘an, kulgan; mustamlakachi «mushfiq mehribonlarning» qon yig‘lag‘an, kuygan kunidir.

Birinchi may butun dunyo mehnatkashlarining birlashkan bayrami, butun dunyo ifloslarining bir-birlari bilan it-mushuk bo‘lub ajrashqan kunidir.

Birinchi may ishchi dehqon xalqi uchun baxt-saodat kuni, burjuaziya va uning qullarig‘a baxtsizlik keltiradirg‘an kundir.

Birinchi may bizning kelgusimiz uchun muayyan bir chiziq qoldiradir. Qarshimizdag‘i baynalmilal to‘ng‘uz qo‘pqurlarg‘a achchiq-tizziq qoldiradir.

Birinchi may bizni shod va xandon qiladir. Butun dunyo jahongirlarini xonavayron qiladir.

Birinchi may bizga huquq berganda, dushmanlarimizga xo‘rliq va huquqsizliq beradir. Eng qisqasi bizga yaxshiliq, ularga yomonliq; bizga fazl[1], ularga hazl[2] bizga insof, ularga noinsoflik beradir.

Birinchi may mehnatkashlar birligi kunidir. Bu kun butun dunyo mehnatkashlari bayram etadirlar.

G‘arb ishchisi Sharq ishchisiga, Sharq ishchisi G‘arb ishchisiga salom yuboradir. Demak, bu kun butun dunyodag‘i ishchilarda samimiylik hissini qo‘zg‘atadir. Bu kun butun dunyo och-yalang‘ochi bayram etadir, ham butun kuch-quvvatlari bilan kapitalga qarshi kurashish uchun so‘z biriktiradir.

Har holda Birinchi may o‘zgarish hasadginlarining ko‘zini qamashtiradir, hiqildog‘idan xippa bo‘g‘adir.

Birlashingiz, butun dunyo yo‘qsullari!

Mushtum

“Mushtum”— 1923 yil, 7-son, 2-bet

[1]Fazl - ustunlik, ortiqlik.

[2]Hazl - mazharalik.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.