Abdulla Badriy (1893, Samarqand — 1936) — o‘zbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi o‘zbek teatrining shakllanishiga hissa qo‘shgan. O‘zining drama truppasini tashkil etdi.
1914—16 yillarda «Juvonmarg», «Ahmoq», «O‘gay ota», «Boyvachcha» kabi pesalarini yozdi. Ularda o‘zbek xalqining o‘tmishi va o‘sha davrdagi kechmish hayoti aks ettiriladi. Xususan «Nomoz o‘g‘ri» (1920) pesasida o‘zbek xalqining rus bosqinchilariga qarshi kurashi yoritiladi. Pesa boshqa Abdulla Badriy truppasi kuchi bilan sahnalashtirilgan.