OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ashurali Jo‘rayev (1956)

Ashurali Jo‘rayev 1956 yil 8 avgustda Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Jaloyir kishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1999). Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutini tamomlagan (1978).

«Tashselmash» zavodida yig‘uvchi-chilangar, Toshkent texnologiya bilim yurtining kechki bo‘limida tarbiyachi, o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi masteri, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bo‘lim mudiri (1983—1996), Respublika Prezidenti devonida, «Mushtum» jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlagan.

Ashurali Jo‘rayevning publitsistik maqolalari, ilmiy va muammoli ocherklari gazetxon e’tiborini qozonadi. Jumladan, «Iltimosga kuning qolmasin», «Qayta qurish va san’atdagi muammolar» turkum maqolalari o‘zining dolzarbligi, keskinligi va hujjatliligi bilan farqlanadi.

«Toshbaqalar poygasi» (1986), «Yurak bo‘ronlari» (1989), «O‘q uzgan kim?» (1994), «Senga ko‘ngil bersam» (1999), «Dil gavhari» (2001), «Tanimading-a?» (2005) kabi kitoblari nashr etilgan.

Uning «Yurak bo‘ronlari» nomli hujjatli qissasida Botir Zokirovdek noyob san’atkorning fojeaviy taqdiri, buyuk va takrorlanmas san’atkorligi ishonchli tarzda badiiylashtirilgan. U shu asarlari uchun Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.