OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Azim Hojiyev (1933-2012)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/azim_hojiev.jpgAzim Hojiyev (1933.18.12, Toshkent viloyati Toshkent tumani - 2012) — tilshunos. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (2000), filologiya fanlari doktori (1968), professor (1977).

O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik, katta ilmiy xodim (1959-69), bo‘lim mudiri (1969-90), direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (1969-73; 1985-90), bosh ilmiy xodim (1998 yildan), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tilshunoslik institutining direktori (1991-98), ayni paytda «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

Azim Hojiyevning ilmiy ishlari o‘zbek tili grafikasi va imlosi, morfologiyasi (xususan fe’l turkumi) va so‘z yasalishi, leksikologiyasi va leksikografiyasi, terminologiyasiga, hoz. o‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan. O‘zbek tilshunosligi tarixida alohida o‘rin tutadigan «O‘zbek tili grammatikasi» (1—2 jildlar, 1975—76), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism» (1980), 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (1981), «O‘zbek tili leksikologiyasi» (1981) va boshqa ilmiy asar, darslik, lug‘atlar Azim Hojiyev ishtirokida tayyorlangan.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunlarini amalga oshirish maqsadida yangi alifbo asosida yaratilgan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» va «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (1995) ham Azim Hojiyev rahbarligi va ishtirokida tuzilgan. Azim Hojiyev 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ning asosiy tuzuvchilaridan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.