OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bobooxun Salimov (1874-1929)

http://ziyouz.com/images/stories/bobooxun_salimov.jpgDavlat va siyosat arbobi, ma’rifatparvar Bobooxun Salimov 1874 yili Gurlan bekligida qozikalon Salimoxun oilasida dunyoga keldi. Asli ismi Muhammad bo‘lib, unga hurmat yuzasidan Bobooxun deb taxallus berilgan. U boshlang‘ich ta’limni olgach, Xiva shahridagi Olloqulixon madrasasida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, rus tillarini o‘rganadi, she’rlar mashq qiladi. 1910—1918 yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon saroyida otasi o‘rnida shayxulislom lavozimini ado etadi. 1917 yil Xivadagi inqilobiy voqealarida ishtirok etib, parlament sifatida tashkil etilgan Majlis a’zoligiga saylanadi. 1918—1920 yillarda To‘rtko‘lda yashab, "Yosh xivaliklar" partiyasiga a’zo bo‘lib kiradi. 1920 yili xalq vakillarining Butunxorazm I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Adliya noziri lavozimiga saylanadi. Keyinchalik u Xorazmdagi maktab, maorif ishlarida qatnashadi. 1924 yilda Xorazm ruhoniylarining 1 qurultoyi chaqirilishi va o‘tkazilishiga rahbarlik qildi.

B.Salimov islom g‘oyalari asosida yangilikka intilishga, shariatda tenglikka erishishga, xon amaldorlarining huquqlari bilan o‘sib kelayotgan savdogarlar va sanoatchilar, hunarmandlar va ziyolilar huquqlarini tenglashtirishga intildi. Dastlab u xonlikda mayda huquqiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan taraqqiyotga erishish mumkin, deb hisoblagan.

Bobooxun Salimov 20-yillar oxirida kommunistik totalitar tuzum tomonidan ziyolilarning ta’qib qilinishi natijasida davlat ishlaridan chetlashtiriladi. Uning qarashlari, maqsad va g‘oyalari bolshevistik siyosatga zid edi. Shuning uchun u 1929 yil 10 may kuni kechqurun sovet hokimiyati tomonidan sudsiz, so‘roqsiz otib o‘ldiriladi.

Bobooxun Salimov qabrining qaerdaligi noma’lum.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.