OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1860-1957)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/eshon_boboxon.jpgEshon Boboxonibn Abdulmajidxon (1860 — Toshkent —1957) — muftiy, shayx. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxoning otasi. Ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ilmni bobosi shayx ul-islom Ayubxon ibn Yunusxondan olgan. Keyin Buxoroda Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan.

Aqoid, fiqh, tafsir va hadis bilimlarini chuqur egallagan va naqshbandiya tariqatining namoyandasi sifatida tanilgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan biri va uning birinchi raisi, muftiy (1943—57).

Eshon Boboxonibn Abdulmajidxon (1860 diniy boshqarma rahbari sifatida dindorlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olish bilan birga boshqarma faoliyatini fashizmni tor-mor etish uchun frontga har tomonlama yordam ko‘rsatish, xalqaro tinchlikni himoya qilish ishlariga yo‘naltirgan.

Eshon Boboxonibn Abdulmajidxon (1860 Toshkentdagi Qaffol Shoshiy maqbarasi yoniga dafn qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.