OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Karimbek Kamiy (1864-1923)

Kamiy (taxallusi; asl ism-sharifi Karimbek Sharifbek o‘g‘li) (1864— Toshkent — 1923) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar. Toshkentdagi «Beklarbegi» madrasasida o‘qigan (1880 yildan). 1916 yil gacha shu madrasada mudarris. 1890 yillardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan.

Sidqiy Xondayliqiy, Xislat, Miskin, Tavallo kabi ko‘pgina shoirlar K.ning shogirdlaridan bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishidan keyin «Turon» kutubxonasida, savodsizlikni tugatish kurslarida ishlagan.

Kamiy mumtoz she’riyatning ko‘pgina janr va mavzularida ijod qilgan. Muqimiy, Furqat bilan yaqin aloqada bo‘lgan, mushoiralar qilgan. K. ijodi murakkab, dunyoqarashi ziddiyatli. Ko‘pchilik she’rlarida xalqni ma’rifatli bo‘lishga da’vat etgan («Temir yo‘l xususida», «Dilki millat g‘amida qon o‘ldi...», «Soldi beilmlik xatolarg‘a va boshqa).

19-asr oxiri, 20-asr boshlarida Toshkentda nashr etilgan bayozlarning deyarli hammasida Kamiy she’rlari uchraydi. Ijodidan namunalar «Turkiston viloyatining gazeti» va boshqa vaqtli matbuotda e’lon qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.