OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mirzakalon Ismoiliy (1908-1986)

Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yil 15 oktyabrda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga keldi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng u bolalar uyida tarbiyalandi. Toshkentga kelib, Erlar bilim yurtida ta’lim oldi. 1928— 1930 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.

Toshkent kinostudiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Qizil O‘zbekiston», «Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda O‘zbekiston Davlat nashriyotida xizmat qildi. U rus adabiyoti namoyondalaridan M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, M. Gorkiy, M. A. Sholoxov kabilarning 200 dan ortiq asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalaridan ko‘plarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Uning tarjimalari o‘zbek tilining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.

Yozuvchining 1927 yilda bosilgan «8 Mart» pesasida o‘zbek xotin-qizlarining ozodlik uchun kurashi aks etgan. U 1942—1947 yillarda Armiya safida xizmat qilib, fashizmga qarshi kurashda jonbozlik ko‘rsatgan.

Adib urushdan keyingi yillarda yaratilgan «Farg‘ona tong otguncha» (1958, 1967) trilogiyasida Oktyabr to‘ntarilishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining og‘ir hayoti va ma’rifat sari intilishini tasvirladi. Roman o‘zining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan 60-yillar o‘zbek nasri ravnaqiga munosib hissa qo‘shdi. M. Ismoiliy Bizning roman» (1962), «Inson husni» (1969) va «Odamiylik qissasi» (1972), «Qizlar daftari» (1980), «O‘zingdan ko‘r» (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuvlik va o‘zaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan.

U 1986 yil 5 mayda Toshkent shahri vafot etgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.