OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nozimaxonim (1870-1924)

Nozimaxonim (1870 – Toshkent — 1924) — shoira. O‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini o‘rgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan. O‘zbek va fors mumtoz adabiyotini, ayniqsa, Sa’diy, Hofiz asarlarini o‘qigan.

She’r va maqolalari 1900 yildan matbuotda bosilgan. 20 yoshlarida shoira «beshyog‘ochlik Nozimaxonim» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Taraqqiyot, ma’rifat va madaniyatni tashviq etuvchi she’r va manzumalari, jaholat, bid’at-xurofotni fosh etuvchi asarlari, zamonasidagi ijtimoiy tengsizlik va avj olgan milliy istibdoddan keskin norozilik bayon qilingan o‘tkir hajviy she’rlari «Shuhrat», «Sadoyi Turkiston», «Taraqqiy» kabi gazetalarda muntazam chiqib turgan. Shoira mehnatkash xalqning milliy ozodlik harakatini qo‘llab-quvvatlagan, xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va o‘rni haqida asarlar yozgan, jaholat va zulm poymol etgan o‘zbek ayolining milliy, insoniy haq-huquklarini talab qilib chiqqan («Insonga qancha erk darkor?», «Ilm va maorif borasida bir-ikki so‘z», «Xotinlar huquqiga oid» va b.).

Nozimaxonim she’riyati 1905—17 yillar o‘zbek adabiyotining yetakchi tamoyillarini aniklashda, 20-yillar o‘zbek she’riyatining xarakterli xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.