OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Ahmad Vasliy (1870-1925)

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim o‘g‘li) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — o‘zbek va tojik shoiri, ma’rifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Ko‘kaldosh madrasalarida o‘qigan.

Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). Ulug‘bek madrasasida yangicha usul maktablari uchun muallimlar tayyorlash kursida dars bergan, adabiy to‘garak ochib, unga homiylik qilgan (1918—22).

Vasliy milliy matbuotning shakllanishida faol qatnashgan. Maqola va she’rlari maorifni isloh qilish, millat ravnaqi kabi masalalarga bag‘ishlangan. Vasliy ijodiy merosidan 12000 misra she’r va «Armug‘oni do‘ston» (1909), «Asos ul-islom» (1904), «Tuhfat ul-ahbob» (1912), «Ta’lim va bildurmakning foydaluv o‘lmoqi» (1914) kabi 25 risolasi yetib kelgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.